Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Soliq kodeksi va «Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi (20.03.2019 yildagi OʻRQ–531-son Qonun).
Soliq kodeksining 96-moddasiga kiritilgan avvalgi tuzatishlar natijasida (24.12.2018 yildagi OʻRQ–508-son Qonun; 15.01.2019 yildagi OʻRQ–516-son Qonunga qarang) ikkita holatda soliq toʻlovchining hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish ham sud tartibida, ham soliq organlarining qarorlari asosida amalga oshirilishi mumkin edi.
Bunda quyidagi asoslar haqida soʻz bormoqda:
- soliq toʻlovchining qayd etilgan manzilda boʻlmasligi;
- soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari boʻyicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmasligi.
Bunday vaziyatlarda soliqchilar qachon sudga murojaat qilishlari, qachon suddan tashqari tartibda oʻzlari qaror qabul qilishlari haqida aniq tasavvur yoʻq edi. Mohiyatan olganda, bu soliq organlarining oʻz ixtiyoriga bogʻliq edi.
Vaziyat oʻzgardi, navbatdagi oʻzgartirishlar oydinlik kiritdi. Soliq organlarining sudga murojaat qilish yoxud suddan tashqari tartibda toʻxtatib turish asoslari qat’iy cheklandi.
|
Davlat soliq xizmati organining murojaati asosida sudning qaroriga koʻra |
Suddan tashqari tartibda |
|
soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilingan yoki soliq toʻlovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish ob’yektini saqlash bilan bogʻliq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish soliq toʻlovchi tomonidan rad etilgan taqdirda
|
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish hollari (tartibga qarang) |
|
soliq toʻlovchi qayd etilgan manzilda boʻlmaganda – davlat soliq xizmati organlarining qaroriga koʻra, vujudga kelguniga qadar operatsiyalar toʻxtatib turiladigan shart-sharoitlarni koʻrsatgan holda |
|
|
soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari boʻyicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmaganda – davlat soliq xizmati organlarining qaroriga koʻra, vujudga kelguniga qadar operatsiyalar toʻxtatib turiladigan shart-sharoitlarni koʻrsatgan holda |
|
|
tovarlar (ishlar, xizmatlar) kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan realizatsiya qilinganda – davlat soliq xizmati organlarining qaroriga koʻra, vaqtincha, 5 bank kunigacha boʻlgan muddatga |
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 21.03.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.