Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Milliy tashuvchilarni davlat tomonidan moliyalashtirish, turli imtiyoz va preferensiyalar berish orqali xalqaro yuk tashish rivojlantiriladi (7.06.2019 yildagi PQ-4353-son qaror). 
Tashuvchilar moliyalashtiriladi
Yuklarni xalqaro tashish uchun katta yuk transporti, tirkamalar va yarim tirkamalarni sotib olishda milliy tashuvchilar davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. 2019-2021 yillar davrida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi:
a) kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplashga:
- milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha - ular tomonidan belgilangan stavkaning 25%i miqdorida, biroq 5 foizli punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda;
- xorijiy valyutadagi kreditlar boʻyicha - belgilangan stavkaning 40%i, biroq 3 foizli punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda kompensatsiya beradi;
b) banklarning kreditlari boʻyicha - kredit summasining 50%igacha, birok 2 mlrd soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda kafillik beradi.
Koʻrsatilgan maqsadlar uchun belgilangan davrda har yili xorijiy moliyaviy institutlarning kamida $100 mln miqdoridagi uzoq muddatli kreditlari jalb qilinadi.
Garov, amortizatsiya va ekspertiza: yangi qoidalar
Shunday tartib oʻrnatildiki, unga koʻra:
birinchidan, ishlab chiqarilgan paytidan boshlab 4 yildan ortiq muddat oʻtmagan katta yuk avtotransport vositalari, shuningdek, ishlab chikarilgan paytidan boshlab 6 yildan ortiq muddat oʻtmagan tirkamalar va yarim tirkamalar banklar tomonidan ularni kreditga sotib olishda har ikki tomonning roziligi bilan garov ta’minoti sifatida qabul qilinishi mumkin;
ikkinchidan, soliq solish maqsadida:
- yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan yuqori massasi 12 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari (samosvallardan tashqari);
- oʻtirgichli tyagach (shatak), shuningdek, maksimal massasi 10 tonnadan ortiq boʻlgan tirkamalar va yarim tirkamalarning yillik cheklangan amortizatsiya normasi 10%ni tashkil etadi;
uchinchidan, milliy tashuvchilarga sotish uchun katta yuk avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalarni import qilish texnik topshiriqlarni Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazida majburiy ekspertiza qilmasdan va roʻyxatdan oʻtkazmasdan amalga oshiriladi.
Ruxsatnoma arzonlashdi
1 ta avtotransport vositasi hisobiga yuk tashish boʻyicha xizmatlar eksportidan bir yilda $20 mingdan ortiq tushum olgan milliy tashuvchilarga ularning arizasi boʻyicha xalqaro tashishlarda foydalaniladigan har bir avtotransport vositasiga choraklar boʻyicha taqsimlangan ruxsatnomalar soni doirasida xalqaro avtomobilda tashishga aniq bir davlatning 2 ta ruxsatnomasi beriladi. Tashuvchi tomonidan oldingi hisobot yilida xalqaro avtomobilda tashishga olingan xorijiy va/yoki koʻp tomonlama ruxsatnomalar sonining kamida 70%idan foydalanish majburiy shart hisoblanadi.
Bunda xorijiy va (yoki) koʻp tomonlama ruxsatnoma berilganligi uchun yigʻim miqdori EKIHning 1/3 dan 1/4 gacha pasaytirildi.
Valyuta “naqd”, haydovchilarga qoplash – mumkin
Milliy tashuvchilarga (rezidentlarga):
- norezidentlardan Oʻzbekistondan tashqarida naqd xorijiy valyutani transport ekspeditsiyasi shartnomalari (yuklarni tashish) boʻyicha haq toʻlash hisobiga olishga ruxsat berildi. Olingan summa Oʻzbekiston banklarida ochilgan oʻzining xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisob raqamlariga oʻtkaziladi. Xalqaro tovar-transport yuk xati xalqaro tashishlar bajarilganligining tasdigʻi hisoblanadi;
- yuklarni xalqaro avtomobilda tashiydigan haydovchilarga xizmat safarida, shu jumladan, yoʻlda boʻlgan vaqtda ular tomonidan turar joy ijarasi va sutkalik xarajatlarni har bir sutka uchun tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etmasdan umumiy toʻlov shaklida qoplashga ruxsat berildi. Qoplash miqdori Oʻzbekiston hududida boʻlgan vaqt uchun - EKIHning 50%igacha, Oʻzbekistondan tashqarida boʻlgan vaqt uchun - $60 gacha boʻlgan miqdorni tashkil etadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.06.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.