9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Joriy yilning avgust oyidagi soliq kalendarining yaqinlashib kelayotgan «qizil» sanalari haqida hurmatli buxgalterlarimizga eslatib oʻtamiz.
2019 yil 24 avgust – 2019 yilning iyul oyi uchun Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha hisob-kitobni taqdim etish va soliqni toʻlashning soʻnggi kuni (AV tomonidan 24.02.2009 yilda 1909-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomning 12, 13-bandlari).
2019 yil 25 avgust:
iyul oyi uchun:
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hamda yagona ijtimoiy toʻlov hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 187-moddasi 2-bandi; Soliq kodeksining 188-moddasi; Soliq kodeksining 310-moddasi).
Quyidagi materiallar bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz: JShDS va YaIT hisob-kitobining yangi shakli qanday toʻldiriladi, Pensiya va nafaqalar – JShDS va YaIT hisob-kitobida;
- QQS hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 225-moddasi 1-qismi; Soliq kodeksining 226-moddasi 1-qismi; Soliq kodeksining 226-5-moddasi 1 va 3-qismlari). Quyidagi materiallar bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz: QQS boʻyicha nol koʻrsatkichli hisobot topshirish oqibatlari, QQS salbiy chiqqan bosh buxgalter nimalarga tayyor boʻlishi kerak, QQS boʻyicha hisobotni toʻldirishda nimalarga e’tibor berish lozim, Soddalashtirilgan QQS va norezidentning xizmatlari boʻyicha hisobotni toʻldirishga misol;
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlashning soʻnggi kuni (Soliq kodeksi, 247-modda, 4-qism);
- tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning soʻnggi kuni (Soliq kodeksi, 347-modda, 3-qism);
- yagona soliq toʻlovini toʻlashning soʻnggi kuni. Har chorakda hisob-kitobni taqdim etadigan va soliqni toʻlaydigan mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno (Soliq kodeksining 360-moddasi, 5-qismi);
- mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalliklari oqibatida tayinlangan pensiyalar toʻlovi boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun mablagʻlarni toʻlashning soʻnggi kuni (AV tomonidan 3.11.2016 yilda 2836-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandi);
avgust oyi uchun:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashning soʻnggi kuni. Mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek bir yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning umumiy summasi 200 EKIHdan kamni tashkil etadigan, yilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan kechiktirmay joriy toʻlovlarni toʻlaydigan korxonalar bundan mustasno. Yagona yer soligʻini toʻlashga oʻtmagan qishloq xoʻjaligi korxonalari, respublikamizda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston norezidentlari, shuningdek dehqon xoʻjaliklari ushbu soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlamaydilar (Soliq kodeksining 264-moddasi 3-qismi).
Tatyana Limareva.