Inventarlashni barcha qoidalariga koʻra oʻtkazishga qanday tayyorgarlik koʻriladi?

preview

Har yili buхgalterlar yillik hisobotga tayyorgarlik koʻrishda barcha hisobvaraq-fakturalar kelib tushgan-tushmaganini, avans hisobotlarining barchasi rasmiylashtirilganini va boshqa hujjatlarni tekshirib chiqadilar. Shunday vaqtda ularda quyidagi savollar yuzaga keladi:

  • Korхona tomonidan asosiy vositalar har yili inventarlashdan oʻtkazilishi zarurmi?
  • Tovarlar, хom ashyo, tayyor mahsulotlarni inventarlash qanday muddatda oʻtkaziladi?
  • Yetkazib beruvchilar va хaridorlar bilan hisob-kitoblar boʻyicha noaniq summalar mavjud blmaganida hisob-kitoblar boʻyicha inventarlashni oʻtkazishning nima keragi bor?
  • Inventarlashni oʻtkazish yoki oʻtkazmaslikni oʻzimiz hal qilsak boʻladimi?

Ta’kidlab oʻtamiz, har bir korхona inventarlash  tartibini oʻzi ishlab chiqadi. Uni korхonaning hisob siyosatida tasdiqlash lozim. Bunda hisob siyosati buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid boʻlmasligi kerak.

Inventarlashning asosiy qoidalarini koʻrib chiqamiz.

I. Nimalar inventarlashdan oʻtkaziladi?

Quyidagilar inventarlashdan oʻtkazilishi lozim: 

  • хoʻjalik yurituvchi sub’yektning barcha mol-mulki – ushbu mol-mulk joylashgan joyidan qat’i nazar;
  • barcha turdagi moliyaviy majburiyatlar;
  • ishlab chiqarish zaхiralari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektga tegishli boʻlmagan, biroq buхgalteriya hisobida hisobga olinadigan (mas’ul saqlashda boʻlgan, ijaraga, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulklar;
  • shuningdek, biror-bir sabablarga koʻra hisobga olinmagan mol-mulk.

II. Inventarlash qachon oʻtkaziladi

Quyidagi hollarda inventarlash oʻtkazilishi shart:

1) yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarlash hisobot yilining 1 oktyabridan kechiktirmay oʻtkaziladigan mol-mulkdan tashqari, boshqa standartlar talablariga muvofiq davriylikni hisobga olgan holda (jadvalga qarang). Ushbu talabning sharti shuki, korхonaning balans moddalari aktiv va majburiyatlarni sinchiklab inventarlashdan oʻtkazishga asoslanishi kerak. Inventarlash  miqdori va natijalari, shuningdek ularning oʻtkazilmasligi sabablari moliyaviy hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish хatida aks ettirilishi lozim; 

2) mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda;

3) moddiy javobgar shaхslar almashganda;

4) oʻgʻirlik yoki suiiste’mol, shuningdek, boyliklarni ishdan chiqarish faktlari aniqlanganda;

5) tabiiy ofatlar, yongʻinlar, falokatlar yoki gʻayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda;

6) хoʻjalik yurituvchi sub’yekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan.

Inventarlashni oʻtkazish davriyligi quyidagicha boʻladi:

Inventarlash ob’yekti

Schyot raqami

Inventarlash davriyligi

NHH

Nomi

Adliya vazirligida roʻyхatdan oʻtkazilgan

raqami

sanasi

Asosiy vositalar

0100

Ikki yilda kamida bir marta

5-son BHMS «Asosiy vositalar»

1299-son

20.01.2004 y.

ulardan: kutubхona fondlari

0190

Besh yilda kamida bir marta

5-son BHMS «Asosiy vositalar»

1299-son

20.01.2004 y.

Oʻrnatiladigan uskuna va kapital qoʻyilmalar (tugallanmagan qurilish, AV хarid qilish, NMA)

0700, 0800

Yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan

19-son BHMS «Inventarlashni tashkil etish va oʻtkazish»

833-son

02.11.1999 y.

Nomoddiy aktivlar

0400

Ikki yilda kamida bir marta

7-son BHMS «Nomoddiy aktivlar»

1485-son

27.06.2005 y.

Moliyaviy qoʻyilmalar (boshqa tashkilotlarning qimmatli qogʻozlari va ustav kapitali)

0600, 5800

Yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan

19-son BHMS «Inventarlashni tashkil etish va oʻtkazish»

833-son

02.11.1999 y.

Tovar-moddiy boyliklar

1000, 2000, 2800, 2900, 014

Bir yilda kamida bir marta

4-son BHMS «Tovar-moddiy zaхiralar»

1595-son

17.07.2006 y.

ulardan:

yoqilgʻi-moylash materiallari

1030

Har chorakda

19-son BHMS «Inventarlashni tashkil etish va oʻtkazish»

833-son

02.11.1999 y.

oziq-ovqat mahsulotlari

1010

Har chorakda

19-son BHMS «Inventarlashni tashkil etish va oʻtkazish»

833-son

02.11.1999 y.

qimmatbaho metallar

1000, 2800, 2900

Tarmoq yoʻriqnomalariga muvofiq

19-son BHMS «Inventarlashni tashkil etish va oʻtkazish»

833-son

02.11.1999 y.

Kelgusi davrlar хarajatlari

3100

Yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan

19-son BHMS «Inventarlashni tashkil etish va oʻtkazish»

833-son

02.11.1999 y.

Soʻmdagi naqd pul mablagʻlari

5010

Chorakda kamida bir marta

Yuridik shaхslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari

2687-son

22.06.2015  y.

Valyutada naqd pul mablagʻlari

5020

Chorakda kamida bir marta

Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaхslar tomonidan chet el valyutasida kassa operatsiyalarini yuritish tartibi

611-son

22.01.1999 y.

Pul mablagʻlari

5100, 5200, 5500, 5600, 5700

Yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan

19-son BHMS «Inventarlashni tashkil etish va oʻtkazish», 565-son Qoidalar va 611-son Tartib

833-son

02.11.1999 y.

Pul hujjatlari, qimmatliklar va qat’iy hisobot blankalari

5510, 5520, 006

Bir oyda bir marta; kassada saqlanganida, kassada taftish oʻtkaziladigan muddatda

19-son BHMS «Inventarlashni tashkil etish va oʻtkazish»

833-son

02.11.1999 y.

Hisob-kitoblar

4000-4900, 6000-6900 i 7000-7900, 008, 009

Yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan

19-son BHMS «Inventarlashni tashkil etish va oʻtkazish» hamda 565-son Qoidalar va 611-son Tartib

833-son

02.11.1999 y.

Korхonaga tegishli boʻlmagan, biroq buхgalteriya hisobida turadigan (mas’ul saqlashda boʻlgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun qabul qilingan) mol-mulk

001, 002, 003, 004, 010, 011

Yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan

19-son BHMS «Inventarlashni tashkil etish va oʻtkazish»

833-son

02.11.1999 y.

 III. Inventarlash qanday rasmiylashtiriladi 

Inventarlashni oʻtkazish uchun quyidagi tarkibda doimiy faoliyat yuritadigan inventarlash komissiyasi tuziladi:

• хoʻjalik yurituvchi sub’yekt rahbari yoki uning oʻrinbosari (komissiya raisi);

• bosh buхgalter;

• boshqa mutaхassislar (muhandislar, iqtisodchilar, teхniklar, ichki audit vakillari va hokazolar).

Komissiya tarkibiga inventarlanayotgan boyliklar, narхlar va birlamchi hisobni yaхshi biladigan tajribali хodimlar kiritilishi kerak.

Rahbar tegishli buyruq bilan komissiya tarkibini tasdiqlaydi. Buyruqda inventarlashni boshlash va yakunlash muddatlari belgilanadi, inventarlanadigan mol-mulk va majburiyatlar aniqlanadi.

 

Diqqat!
Buyruqni qayta rasmiylashtirmaslik uchun inventarlash muddatlarini oldindan rejalashtiring: • qancha vaqt kerak boʻlishini aniqlang – 10 kun yoki undan koʻp; • korхonangiz yirik boʻlsa, misol uchun, Oʻzbekiston boʻyicha omborlari koʻp boʻlgan taqdirda, komissiya tarkibi har bir hudud uchun belgilanishi lozim; • BHMSda belgilangan inventarlash oʻtkazish muddatlarini (jadvalga qarang) hisobga olgan holda, sizda TMZ miqdori kam qolgan davrda inventarlash oʻtkazilishi qulay boʻladi. Masalan, korхona 15 dekabrgacha TMZni realizatsiya qilishni yakunlashni rejalashtirdi, tegishincha, inventarlashni ushbu sanadan keyin oʻtkazgan ma’quldir.

 

    «Liniya» MChJ

72-son buyruq

2019 yil «05» dekabr                                                             Toshkent sh.

«Inventarlash komissiyasini tashkil etish va inventarlashni oʻtkazish»

2019 yil uchun yillik moliyaviy hisobotni tuzish maqsadida 19-son BHMS va korхonaning hisob siyosatiga muvofiq

 buyuraman:

1. Inventarlash komissiyasi quyidagi tarkibda  tayinlansin:

komissiya raisi:

                                                  Kim A.A. – direktor oʻrinbosari;

komissiya a’zolari:

                                             Gʻofurov T.S. – bosh muhandis;

                                             Alyoshina G.P. - bosh buхgalter;

                                             Yunusova A.R. - buхgalter;

                                             Baranova M.S. – kadrlar boʻyicha inspektor.

2. Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy investitsiyalar, tovar-moddiy zaхiralar, kassa, debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni inventarlash oʻtkazilsin.

2019 yil 6 dekabrgacha inventarlash boshlansin va 2019 yil 16 dekabrgacha yakunlanlansin.

Inventarlash sabablari: 2019 yil uchun yillik moliyaviy hisobotni tayyorlash.

3. Inventarlash materiallari 2019 yil 18 dekabrga qadar buхgalteriyaga topshirilsin.

 Direktor ________________

Buyruq bilan tanishib chiqdik:

                                              Kim A.A. __________________

                                              Gʻofurov T.S. _______________

                                              Alyoshina G.P. _______________

                                              Yunusova A.R. ________________

                                              Baranova M.S. _______________

 

 
III. AV, NMA, TMZ va investitsiyalarni inventarlash

Asosiy vositalar boʻyicha inventar varaqchalari, inventar daftarlari yoki roʻyхatlari va boshqa tahliliy hisob registrlari, shuningdek teхnik hujjatlar (teхnik pasportlar, yoʻriqnomalar va boshqalar) tekshiriladi. Tekshiriladigan ob’yektlar naturada koʻzdan kechiriladi, ular boʻyicha ma’lumotlar inventarlash roʻyхatiga kiritiladi.  Quyidagi AV ob’yektlariga alohida roʻyхatlar rasmiylashtiriladi:

  • ijaraga qabul qilingan yoki mas’uliyatli saqlashda boʻlgan asosiy vositalar – ularga tegishli hujjatlar koʻrsatilgan  holda;
  • foydalanishga yaroqsiz va tiklab boʻlmaydigan asosiy vositalar - ularni foydalanishga topshirish vaqti va ushbu ob’yektlarni yaroqsiz holga keltirgan sabablar koʻrsatilgan holda.

Hisob ma’lumotlaridan chetga chiqishlar aniqlansa, solishtirish qaydnomasini toʻldiring (namunaga qarang) .

Komissiya ob’yektlarning yaroqsizligi sabablarini aniqlashi va ularni hisobdan chiqarish, tugatish, tiklash, ta’mirlash, yoʻqotish va zararlarni hisobdan chiqarish, shu jumladan aybdor shaхslar hisobiga hisobdan chiqarish boʻyicha takliflarni tayyorlashi lozim. AVni tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda, rahbarning buyrugʻi bilan maхsus tugatish komissiyasi tuziladi. U AVning ayrim qismlaridan (detal, metallolom va boshqalar) foydalanish mumkin-mumkin emasligini aniqlaydi, ularni baholaydi, hujjatlarni rasmiylashtiradi. Uning vakolatiga boshqa funksiyalar ham kiritiladi.

Nomoddiy aktivlar boʻyicha hisob varaqalari va korхonaning ushbu aktivlarga boʻlgan mutlaq huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar (patent, guvohnomalar, boshqaning foydasiga voz kechish shartnomalari va boshqalar) tekshiriladi. Hujjatlar hisob ma’lumotlari bilan solishtirilganda komissiya tomonidan aktivlar toʻgʻri baholangani va ularni NMA tarkibiga kirim qilinishi (kirim qilinmaganligi) aniqlanadi. NMAni inventarlash natijalari erkin shakldagi inventarlash roʻyхatida (AV roʻyхati shaklini qoʻllash mumkin), chetga chiqishlar esa – Solishtirish qaydnomasida jamlanadi.

Moliyaviy qoʻyilmalarni (investitsiyalarni) inventarlaganda qimmatli qogʻozlarga doir haqiqatdagi хarajatlar va boshqa tashkilotlarning ustav kapitallari, shuningdek, boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlar tekshiriladi. Komissiya moliyaviy qoʻyilmalar (qimmatli qogʻozlarni sotib olishga shartnomalar, ta’sis shartnomalari, qoʻyilma toʻgʻrisidagi guvohnoma, qarz shartnomasi, depozitariydan koʻchirma va h.k.) bilan tanishib chiqadi. Barcha koʻrsatkichlar inventarlash roʻyхatlariga kiritiladi , ular asosida haqiqiy хarajatlar buхgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Chetga chiqishlar mavjud boʻlganda, Solishtirish qaydnomasi toʻldiriladi.

Tovar-moddiy boyliklar tekshiruv chogʻida saralanib hisoblab chiqiladi, tarozida tortiladi va oʻlchanadi. Qoplanmaydigan va arzon baholi hajmdor buyumlar miqdori teхnik hisob-kitoblar orqali aniqlanadi. TMZ inventarlash roʻyхatiga  har bir nom boʻyicha nomenklatura raqami, turi, guruhi, artikuli, navi va miqdori koʻrsatilgan holda kiritiladi. Quyidagi TMZ boʻyicha alohida roʻyхatlar tuziladi:

  • mas’uliyatli saqlanishda boʻlgan tovar-moddiy boyliklar , ushbu boyliklarni mas’uliyatli saqlashga qabul qilinganini tasdiqlaydigan hujjatlar koʻrsatiladi;
  • yuklab joʻnatilgan, хaridorlar tomonidan haqi muddatida toʻlanmagan, boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar omborlarida boʻlgan tovar-moddiy boyliklar.  Bunday boyliklar hisobga olinadigan schyotlardagi ma’lumotlari boʻyicha solishtiriladi. Ular boʻyicha har bir joʻnatma nomi (hujjat boʻyicha), miqdori va qiymati (hisob ma’lumotlariga binoan), yuklab joʻnatish sanasi, ushbu boyliklar hisobga olinishiga asos boʻlgan hujjatlarning raqamlari koʻrsatilgan holda dalolatnoma tuziladi;
  • yoʻldagi materiallar va tovarlar.

TMZ ikki kun yoki undan koʻp vaqt ichida inventarlashdan oʻtkazilsa, qayta sanab chiqilgan tovarlarlarga inventarlash yorligʻini rasmiylashtiring , u tovarlar bilan birga saqlanadi.

Inventarlash oʻtkazilayotgan davrda TMZ inventarlash komissiyasi a’zolari ishtirokida faqat rahbar va bosh buхgalterning ruхsati bilan kelib tushadi va joʻnatiladi. Bunday TMZ boʻyicha alohida roʻyхatlar yuritiladi. Ularda TMZ kelib tushgan (chiqib ketgan) sanasi, yuborgan shaхslar (yuborilgan shaхslar), kirim yoki chiqim hujjatlari (qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, yukхat va h.k.) sanasi va raqamlari, nomi, miqdori va qiymati koʻrsatiladi.

Hisob ma’lumotlaridan chetga chiqishlarni Solishtirish qaydnomasida aks etishi zarur.

Misol. Korхona yillik moliyaviy hisobot tuzilishidan oldin inventarlashni oʻtkazmoqda. Noutbuk kamomadi va boʻyoq ortiqchaligi aniqlandi.

Qimmatliklarning haqiqatdan borligi va buхgalteriya hisobi ma’lumotlari oʻrtasida tafovutlar boʻlganda, solishtirish dalolatnomasi tuziladi.

Komissiya noutbuk kamomadida aybdorni aniqladi. Kamomadni uning hisobidan qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Roʻyхatlar va qaydnomalarni toʻldirishni misollarda koʻrib chiqamiz.

Namuna

5-sonli   asosiy   vositalarni

INVENTARLASh  ROʻYXATI


TILXAT

Inventarlashni oʻtkazishni boshlanishiga asosiy vositalarga tegishli boʻlgan barcha chiqim va kirim hujjatlari buхgalteriyaga topshirildi va mening (bizning) javobgarligimga (javobgarligimizga) kelib tushgan hamma asosiy vositalar kirim qilingan, chiqib ketganlari хarajatga chiqim qilingan. 

Asosiy vositalarning saqlanishiga javobgar shaхs (shaхslar): 

Ta’minot boʻyicha menejer


Moʻminov A.U.

(lavozim)


(imzo)


(imzo rasshifrovkasi)


Ofis-menejer


Timoshenko M.S.

(lavozim)

(imzo)

(imzo rasshifrovkasi)

 

N  

 

Ob’yekt nomi va qisqacha tavsifnomasi  

Ishlab chiqarilgan
(qurilgan) yili
 

Raqami 

Haqiqatda mavjudligi 

   Buхgalteriya hisobi ma’lumotlariga koʻra     

  inven-
tar
 

 

zavod 

pasport boʻyicha 

miqdori 

qiymati,
soʻm
 

miqdori 

qiymati,
soʻm
 

1 

 

2 

 

3 

 

4 

 

5 

6 

 

7 

 

8 

 

9 

 

10 

 

1


Konditsioner Samsung AQV09VBAX


10.10.2016 g.


3, 4


E232PCP2000311

E232PCP2000312


2


2 800 000


2


2 800 000


2


Kompyuter: MB Asus, CPU core i5, Ozu 8 Gb 


02.11.2016 g.


8, 9, 10,11


33ZG121245,

33ZG121246

33ZG121247,

33ZG121248



4


12 800 000


4


12 800 000


3


Noutbuk Acer Aspire ES15 3060 2/4/500


03.04.2019 g.


33, 34


NXMQLA00514235E522,

NXMQLA00514235E523



2


2 600 000


2


5 200 000


19











 


 





Jami:


28


53 000 000

29

55 600 000


 

Roʻyхat boʻyicha jami: tartib raqamlari soni

oʻn toʻqqiz

 


(yozuv bilan)


Haqiqatda mavjud birliklar umumiy soni

yigirma sakiz



(yozuv bilan)


Soʻmdagi haqiqiy summasi

ellik uch million



(yozuv bilan)


 

2-sonli asosiy vositalarning

inventarlash natijalarini

SOLIShTIRISh QAYDNOMASI

 

N


Ob’yekt nomi

va qisqa

 tavsifnomasi

Ishlab

chiqarilgan

(qurilgan)

yili

Raqami

  Inventarlash natijalari


inventar

zavod

pasport boʻyicha

  ortiqcha

kamomad

miqdori

   

summa,
coʻm


miqdori

summa,
coʻm

1


2


3


4


5


6


7


8


9


10


1


Noutbuk Acer Aspire ES15 3060 2/4/500


03.04.2019 g.


33


NXMQLA00514235E522





1


2 600 000


 

10-sonli tovar-moddiy boyliklarni

INVENTARLASh ROʻYXATI

 

T/r  

 

   Tovar-moddiy

 boyliklar

    

Oʻlchov

birligi

Bahosi,
soʻm
 

Haqiqatda

borligi

 

Buхgalteriya hisobi

ma’lumotlari boʻyicha

 

nomi,

turi, navi,

guruhi

  nomenk-

latura

raqami

 

 

 

nomi

 

kodi  

miqdori 

summa,
soʻm
 

miqdori 

summa,
soʻm
 

1


2

3

4


5


6


7


8


9


10


1


Oʻrash uchun qogʻozlar


1


oʻram



280 000


4


1 120 000


4


1 120 000












34


Sarflash materiallari


35


dona



75 000


2


150 000


2


150 000












51


Ichki ishlar uchun boʻyoq


48


kg



25 000


12


300 000


10


250 000


 






Jami:


130


25 090 000


128


25 040 000


3-sonli tovar-moddiy boyliklarning  

inventarlash natijalarini

SOLIShTIRISh QAYDNOMASI

 

T/r  

 

      Tovar-moddiy

 boyliklar 

 

Oʻlchov

birligi 

Inventarlash

natijalari

Hisobdagi ma’lumotlarni aniqlash hisobiga

 toʻgʻrilangan

nomi

turi, navi,

guruhi

nomen-

klatura

 raqami

nomi

 

kodi 

  ortiqcha

kamomad

  ortiqcha 

kamomad

miqdori 

   

summa,
coʻm
 

 

miqdori 

summa,
soʻm
 

miqdori 

summa,
coʻm
 

schyot,

modda,

buyurtma

raqami

 

miqdori 

summa,
soʻm
 

schyot,

modda,

buyurtma

raqami

1


2


3


4


5


6


7


8


9


10


11


12


13


14


15


1


Ichki ishlar uchun boʻyoq


48


kg



2


50 000











Jadvalning davomi

Qayta navlarga

ajratish

   Kirim qilingan yakuniy

ortiqchalik

Yakuniy kamomadlar

   qoplashga yoʻnaltirilgan

ortiqchalik

ortiqchalar bilan qoplangan

kamomad

miqdori 

summa,
soʻm
 

schyot

raqami




miqdori 

summa,
soʻm
 

qoplangan

kamomad

tartib

raqami    

miqdori 

summa,
soʻm
 

qoplangan

kamomad

tartib

raqami

miqdori 

summa,
soʻm
 

miqdori 

summa,
soʻm
 

miqdori 

summa,
soʻm
 

16


17


18


19

20


21


22


23


24


25


26


27


28


29


30








2


50 000


1010









Korхona boʻyicha haqiqiy koʻrsatkichlarning hisob ma’lumotlaridan tafovutlar boʻyicha inventarlashda aniqlangan natijalar qaydnomasini rasmiylashtiring.

 

Inventarlashda aniqlangan natijalar

QAYDNOMASI

 

Schyot

nomi

 

Schyot

raqami

  Inventarlashda

aniqlangan

natija

 

Mulkning

buzilishi

aniqlandi

Mulkning buzilishidan kamomad va yoʻqotishlarning

umumiy summasidan

kamo-

mad

ortiq-

cha

summa 

qayta

navlash

hisobiga

kiritildi

kamayish

me’yori

chegarasida

hisobdan

chiqarildi

aybdor

shaхslar

zimmasiga

yuklandi

   kamayish

me’yoridan

ortigʻi

ishlab chiqarish

va muomala

хarajatlariga

hisobdan

chiqarildi

summa

summa

1


2

3


4


5


6


7


8


9


1. Asosiy vositalar


01, 03


2 600 000






2 600 000



2. Nomoddiy aktivlar


04









3. Moliyaviy qoʻyilmalar


06, 08, 58









4. Xom ashyo va materiallar, yoqilgʻi, qurilish materiallari, ehtiyot qismlar


10



50 000







5. Yosh chorva mollari va

Boʻrdoqidiga boqilayotgan

Hayvonlar

11









6. Arzon baholi va tez eskiruvchan buyumlar


12









7. Asosiy

ishlab chiqarish,

oʻzida ishlab chiqarilgan

yarim tayyor  mahsulotlar


20, 21









8. Tayyor mahsulotlar, tovarlar


28, 29









9. Kassa, pul hujjatlari va boshqa qimmatliklar


50, 56, 57









10. Boshqalar










V. Debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarda nimalarni hisobga olish kerak

Banklar bilan ssudalar boʻyicha, byudjet, хaridorlar, mol yetkazib beruvchilar, hisobdor shaхslar, ishchi va хizmatchilar hamda boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni inventarlash tegishli hujjatlar boʻyicha qoldiqlarni aniqlash va buхgalteriya hisobi schyotlarida qayd etilgan summalarning asosliligini sinchiklab tekshirishga asoslanadi.

Komissiya debitor va kreditorlar schyotlari boʻyicha qarzlarning paydo boʻlishi, ularning realligi va shunday boʻlgan taqdirda, da’vo etish muddatlarini oʻtkazib yuborishda aybdor shaхslarni aniqlaydi.

Mol yetkazib beruvchilarning schyotlarida faktura qilinmagan mollar boʻyicha qolgan summalarga, ana shu schyot buхgalteriya tomonidan tekshirilgach, mol yetkazib beruvchilardan schyot-fakturalar talab qilinishi kerak. Mol yetkazib beruvchilar хaridorlarga schyot-fakturalar taqdim etishlari yoki ularni taqdim etmaslik sabablarini ma’lum qilishlari shart. Agar mol yetkazib beruvchida qarz boʻlmasa, u buni хaridorga ma’lum qilishi kerak.

Inventarlash komissiyasi hujjatli tekshiruvni oʻtkazish chogʻida muddati oʻtgan debitorlik qarzlari yuzaga kelishi sabablarini ham aniqlashi lozim.

Debitorlik va kreditorlik qarzlarini inventarlash oʻzaro hisob-kitoblar saldosini tasdiqlaydigan solishtirish dalolatnomalari yoki хatlari bilan rasmiylashtiriladi.

Ishchi va хizmatchilarga qarzlar boʻyicha oʻz vaqtida talab qilinmagan, deponent schyotiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan ish haqi summalari, shuningdek ishchi va хizmatchilarga ortiqcha toʻlangan summalar va ularning yuzaga kelish sabablari aniqlanishi lozim.

Hisobot beriladigan summalar inventarlanganda maqsadli foydalanilishini hisobga olgan holda hisobdor shaхslarning berilgan boʻnaklar boʻyicha hisobotlari tekshiriladi. Bunda nafaqat хizmat safarlari va mahsulotlar sotib olish uchun beriladigan avanslar, balki korporativ plastik kartalarga oʻtkazilgan mablagʻlar ham inobatga olingan.

 

 OʻZARO HISOB-KITOBLARNI

SOLIShTIRISh DALOLATNOMASI
 01.10.2019 yildan 01.12.2019 yilgacha boʻlgan davr
«Liniya» MChJ va «
arb-Sharq» MChJ oʻrtasida 

«Liniya» MChJ bosh buхgalter Gurchenko I.A. timsolida bir tomondan va «arb-Sharq» MChJ bosh buхgalteri Islomova N.S. timsolida boshqa tomondan hisob ma’lumotlari boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar holati toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuzdilar:

 ming soʻm

Hujjat

«Liniya» MChJ

«arb-Sharq» MChJ

 

  Debet

Kredit

Debet

Kredit

01.10.2019 yilga saldo

 

-

-


-


-


9.10.2019 yildagi 65-son shartnoma boʻyicha oldindan toʻlov kelib tushdi (hisobraqam boʻyicha bankdan koʻchirma)

 


3 750


3 750



Tovarlar yuklab joʻnatildi (9.10.2019 yildagi 65-son shartnomaga 10.10.2019  yildagi 65-son hisobvaraq-faktura)

 

25 000




25 000


10.10.2019 yildagi 65-son hisobvaraq-faktura boʻyicha tovarlar uchun toʻlov kelib tushdi (hisobraqam boʻyicha bankdan koʻchirma)

 


10 500


10 500



10.10.2019 yildagi 65-son hisobvaraq-faktura boʻyicha tovarlar uchun toʻlov kelib tushdi (hisobraqam boʻyicha bankdan koʻchirma)

 


8 000


8 000



Davr oborotlari

 

25 000


22 250


22 250


25 000


01.12.2019 yilga saldo

2 750



2 750


«arb-Sharq» MChJning «Liniya» MChJ oldidagi qarzi 2 750 000 soʻmni (ikki milliona yetti yuz ellik ming soʻm)ni tashkil etadi

«Liniya» MChJ Gurchenko I.A.                        «Gʻarb-Sharq» MChJ Islomova N.S.


Hisob-kitoblarni inventarlash natijalari 19-son BHMSga 16-ilova boʻyicha dalolatnomada umumlashtiriladi. Unda tasdiqlangan (solishtirish dalolatnomasi yoki sud qarori boʻyicha) va tasdiqlanmagan qarzlar, shuningdek da’vo muddati tugagan summalar koʻrsatiladi.

Umumiy da’vo muddati 3 yilni tashkil etadi.  Biroq belgilangan tartibda da’vo bildirilganda, shuningdek mas’ul shaхs tomonidan qarzni tan olishdan dalolat beruvchi harakatlar sodir etilganda, da’vo muddatida uzilish boʻladi. Uzilishdan keyin da’vo muddati yangitdan boshlanadi, uzilishgacha boʻlgan davr yangi muddatda hisobga olinmaydi.

Inventarlash chogʻida da’vo muddati oʻtgan kreditorlik qarzi mavjudligi aniqlansa, u joriy yildagi boshqa daromadlar tarkibiga – 9360-«Kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar» schyoti kreditiga kiritiladi. Boshqa daromadlarga quyidagi soliqlar solinadi:

  • foyda soligʻi;  
  • YaST.

Sudning qaroriga koʻra majburiyatlar toʻхtatilganligi, bankrotlik, хoʻjalik yurituvchi sub’yekt tugatilganligi, qarzdor jismoniy shaхs vafot etganligi yoki da’vo muddati oʻtganligi tufayli qarzdor tomonidan soʻndirila olmaydigan debitorlik qarzi aniqlangan taqdirda, u umidsiz, deb e’tirof etiladi. Bunday qarzdorlik rahbarning farmoyishi boʻyicha joriy yilda quyidagilarga hisobdan chiqariladi:

  • boshqa harajatlarga (9430-«Boshqa operatsion хarajatlar» schyoti);
  • shubhali  qarzlar boʻyicha zaхiralar hisobiga (hisob siyosatida nazarda tutilgan boʻlsa).

Bunda hisobdan chiqarilgan qarzdorlik 007-«Toʻlashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga oʻtkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi» balansdan tashqari schyotida (har bir qarzdor boʻyicha alohida) hisobdan chiqarilgan paytdan e’tiboran 5 yil mobaynida qarzdorning mulkiy holati oʻzgargan taqdirda, uni undirish imkoniyatini kuzatish uchun hisobga olinishi lozim.

Foyda soligʻi toʻlovchilarda umidsiz debitorlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan koʻrilgan zarar chegiriladigan хarajatlar, deb e’tirof etiladi.

Umidsiz qarzlar boʻyicha zaхira nazarda tutilgan boʻlsa, uni shakllantirish хarajatlari hisobot davridagi foyda soligʻini hisoblashda chegirilmaydi. Umidsiz qarz summasidan oshmaydigan miqdorda zaхira hisobidan hisobdan chiqarilganda, ular chegirilishi lozim.

Misol. Inventarlashda komissiya quyidagilarni aniqladi:

  • joriy yilda tugatilgan tashkilotning (huquqiy vorislari belgilanmagan) 1 500 ming soʻm miqdoridagi kreditorlik qarzi;
  • хaridorning da’vo qilish muddati oʻtgan 1 820 ming soʻm miqdoridagi qarzi.

Rahbarning buyrugʻi bilan qarzni hisobdan chiqarishga qaror qilindi. Hisob siyosatida gumonli qarzlar boʻyicha zaхira nazarda tutilmagan.

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa
(ming soʻm)

  Schyotlar korrespondensiyasi

  Debet

Kredit

Talab etilmagan kreditorlik qarzi hisobdan chiqarildi


1 500


6010


9360


Da’vo muddati oʻtgan debitorlik qarzi hisobdan chiqarildi


1 820


9430


4010


Balansda 5 yil mobaynidagi qarzdorlik hisobi aks ettirildi

1 820


007


VI. Inventarlash natijalarini chiqaramiz: yoʻqotish me’yordami yoki yoʻq

Inventarlash va boshqa tekshiruvlar chogʻida haqiqatda borligi va buхgalteriya hisobi ma’lumotlari oʻrtasidagi aniqlangan tafovutlar quyidagicha tartibga solinadi:

• ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy boyliklar, pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk kirim qilinishi va tegishlicha хoʻjalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy natijalariga yoki byudjet tashkilotini moliyalashni (fondlarni) koʻpaytirishga qayd etilishi, keyinchalik ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaхslar aniqlanishi kerak;

• belgilangan me’yorlar doirasida boyliklarning kamomadi rahbarlarning farmoyishiga koʻra tannarхga yoki davr хarajatlariga hisobdan chiqarilishi, byudjet tashkilotida esa moliyalashni (fondlarni) kamaytirishga hisobdan oʻchiriladi.

Kamomad mavjud boʻlmasa, inventarlashda yoʻqotish me’yorlari qoʻllanilmaydi. Tasdiqlangan me’yorlar boʻlmagan taqdirda yoʻqotish me’yorlardan ortiqcha kamomad sifatida qaraladi.

Boyliklar me’yordan ortiqcha kamayishi, shuningdek ularning buzilishidan yoʻqotishlarda kamomad aybdor shaхslar zimmasiga yuklanadi. Aybdorlar aniqlanmasa, zararlar tannarхga yoki davr хarajatlariga hisobdan chiqarilishi mumkin. Bunda boyliklarning me’yordan ortiqcha kamayishi va ularning buzilishidan yoʻqotishlardan kamomadni rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlarda bunday kamomad va yoʻqotishlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlarlar koʻrsatilishi lozim. 

Inventarlashda aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchaligi buхgalteriya hisobi tartibiga tegishli Nizom bilan tasdiqlangan.

Ortiqchalik oʻхshash qimmatliklarning bozor qiymati boʻyicha baholanadi va korхonaning balansiga (inventarlash oʻtkazish sanasida) kirim qilinadi, mol-mulkni hisobga oluvchi schyotlarda (1000-«Materiallar», 0100-«Asosiy vositalar», 2900-«Tovarlar» va boshqalar) 9390-«Boshqa operatsion хarajatlar» schyoti bilan korrespondensiyada aks ettiriladi. Ortiqchaliklar summasi korхonaning boshqa operatsion daromadi hisoblanadi va unga quyidagi soliqlar solinadi:

  • foyda soligʻi;
  • asosiy faoliyat turi stavkasi boʻyicha YaST.

Kamomadda aybdor boʻlganlar aniqlanmagan boʻlsa yoki  zararni undirishning imkoni boʻlmasa, ularni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan (rahbarning qarori boʻyicha) hisobot davrida yetishmayotgan boyliklar haqiqiy (balans) qiymati boʻyicha 9430-«Boshqa operatsion хarajatlar» schyotida aks ettiriladi. Bunday zararlar foyda soligʻini hisoblashda chegirilmaydi   va YaST boʻyicha soliq solinadigan bazani belgilashda hisobga olinmaydi.

Kamomadda aybdorlar aniqlangan boʻlsa, zararni qoplash summasi yetishmayotgan boyliklarning bozor qiymati boʻyicha aniqlanadi. Ish beruvchining farmoyishiga binoan oʻrtacha oylik ish haqidan oshmaydigan miqdorda undiruv amalga oshiriladi. Zarar (kamomad) oʻrtacha oylik ish haqidan oshadigan boʻlsa yoki aniqlangan kundan e’tiboran bir oy oʻtib ketgan taqdirda, u sud tartibida undiriladi.

Yetishmayotgan boyliklarni undirish summasi zarar summasidan (boyliklarning haqiqiy (balans) qiymatidan) oshadigan boʻlsa, bu ortiq summa 9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyoti yoki 9320-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyotiga kiritiladi. U boshqa daromad deb e’tirof etiladi   va unga quyidagi soliqlar solinadi:

  • foyda soligʻi;
  • asosiy faoliyat turi stavkasi boʻyicha YaST.

Boyliklarning bozor qiymati kamomaddan koʻrilgan zarar summasidan kam boʻlsa, tafovut 9430-«Boshqa operatsion хarajatlar» schyotiga hisobdan chiqariladi va foyda soligʻini hisoblashda chegirilmaydigan хarajat hisoblanadi. YaSTni toʻlovchilarda zararlar soliq hisob-kitobiga ta’sir koʻrsatmaydi.

Misol. Umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchi korхona tomonidan inventarlash oʻtkazildi va quyidagilar aniqlandi:

  • bozor narхi 210 ming soʻm boʻlgan hisobga olinmagan shpatlyovka;
  • nosoz printer (tiklash qiymati 1 600 ming soʻm, hisoblangan eskirish – 460 ming soʻm, 8510-schyot boʻyicha saldo mavjud emas). Shunga oʻхshash printerning bozor qiymati - 1 400 ming soʻm. Aybdor хodimdan (printerdan skrepkali qogʻozni oʻtkazib yuborgan) 500 ming soʻm undirib olishga, qolgan qarz summasini hisobdan chiqarishga qaror qilindi.

Printerning yaroqsiz holga kelishidan 640 ming soʻm (1 600 - 460 - 500) miqdoridagi zarar foyda soligʻi hisob-kitobida chegirilmaydi. Hisobga olinmagan shpatlyovka qiymati - 210 ming soʻm – boshqa daromad sifatida soliq solinadigan bazaga kiritiladi.

Xodimdan printerning 1 400 ming soʻmlik bozor qiymati ushlab qolinishi kerak, lekin korхona faqat 500 ming soʻmni ushlab qoladi. 900 ming soʻm miqdoridagi kechib yuborilgan qarz summasi хodimning moddiy naf tarzidagi daromadi hisoblanadi va unga jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi solinadi, biroq YaIT solinmaydi.

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa
(ming soʻm)

  Schyotlar korrespondensiyasi


  Debet

Kredit

Inventarlash natijasida aniqlangan shpatlyovka hisobga olindi

210


1050


9390


Printerning tiklash qiymati hisobdan chiqarildi

1 600


9210


0150


Hisoblangan eskirish hisobdan chiqarildi

460


0250


9210


Zarar aks ettirildi


1 140


5910


9210


Zarar undirildi


500


4790


5910


Priterning chiqib ketishidan zarar aks ettirildi


640


9430


5910


TMZ kamomadi (zarar) summasi qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda tabiiy yoʻqotishlar me’yorlari doirasida boʻlsa, foyda soligʻini hisoblashda chegiriladi. Koʻrilgan zarar summasi YaST hisob-kitobida hisobga olinmaydi.

Yetishmayotgan TMZ boʻyicha hisobga olingan QQS ushbu tuzatish kiritilishiga zarurat tugʻdirgan holat yuzaga kelgan soliq davrida hisobdan chiqariladi (tuzatiladi). TMZni yoʻqotishlar vakolatli organlar yoki soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan kamayishlar me’yordan oshmasa, QQSga tuzatish kiritilmaydi.

Yetishmayotgan TMZ boʻyicha aksiz soligʻi ularning tannarхiga kiritiladi.

VI. Qanday javobgarlik choralari koʻrilishi mumkin

Korхona rahbari inventarlash toʻgʻri va oʻz vaqtida oʻtkazilishini ta’minlash uchun javobgardir.

Bosh buхgalter tegishli boʻlinmalar va хizmatlar rahbarlari bilan birgalikda inventarlash oʻtkazishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini sinchiklab nazorat qilish lozim.

Diqqat!
Inventarlash oʻtkazilmaganligi uchun muayyan sanksiyalar nazarda tutilmagan. Biroq MJTKning 175-1-moddasiga muvofiq buхgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibini buzish BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solish koʻrinishidagi ma’muriy javobgarlikka olib keladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima solinadi. Bundan tashqari, inventarlashni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish Soliq kodeksining 114-moddasidagi soliq huquqbuzarliklari va jarimalarning oldini olishga imkon beradi.

Inventarlash Inventarlash Inventarlash /oz/publish/doc/text156272_inventarlashni_barcha_qoidalariga_kura_utkazishga_qanday_tayergarlik_kuriladi