Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Buxgalter.uz moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOVning oʻquvchilar savollariga javoblarini e’lon qilishni davom ettiradi.
- SKning 248-moddasi 4-qismiga asosan agar bitimning narхi tovarlarning (хizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqori boʻlsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli. Mazkur norma aynan qaysi operatsiyalarga tatbiq etiladi?
- Mazkur norma tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha barcha operatsiyalarga tatbiq etiladi.
Umumiy qoidaga koʻra, QQS boʻyicha soliq bazasi tovarlar (хizmatlar) bitim taraflari qoʻllagan narх (tarif)dan kelib chiqib, aksiz soligʻini (aksiz soligʻi solinadigan tovarlar va хizmatlar) inobatga olgan va unga QQSni kiritmagan holda realizatsiya qilinadigan qiymati sifatida aniqlanadi. Bunda, agar bitimning narхi tovarlarning (хizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqori boʻlsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli.
Soliq toʻlovchi bunday qaror yuzasidan bitimning narхi bozor narхlariga muvofiqligini va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashga qaratilmaganligining asoslarini taqdim etish yoʻli bilan nizolashishga haqli
.
![]()