Kameral tekshiruv. Bilish lozim boʻlgan jihatlar

preview

Yangi Soliq kodeksi kameral nazoratni kameral tekshiruvga aylantirdi . Nazorat mexanizmi deyarli soliq toʻlovchidan yashirin edi,  tekshiruv taomili esa ancha ochiq-oshkora. Kameral tekshiruv oʻtkazishning muhim tafsilotlarini advokat, buxgalter.uz ning yuridik masalalar boʻyicha eksperti Eleonora MAZUROVA tushuntiradi.

Kameral nazoratda:

Soliq organiga taqdim etilgan hisobotlardan olingan ma’lumotlar avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi. Barcha soliq hisobotlarining avtomatlashtirilgan arifmetik  nazorati amalga oshiriladi.

Inspektorlar har kuni soliq hisobotlari koʻrsatkichlarining oʻzaro bogʻliqligidagi xatolar bayonnomasini shakllantiradi. Soliq nazoratining ma’lum tadbirlarini oʻz ichiga olgan keyingi tekshiruv kameral tekshiruvlar boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi .

Shuningdek, kameral tekshiruv asnosida quyidagi koʻrsatkichlarning solishtirma tahlili amalga oshiriladi:

  • sizning hisobotingiz koʻrsatkichlarini  oldingi hisobot davri uchun hisobotingiz koʻrsatkichlari bilan;
  • tekshirilayotgan soliq hisoboti koʻrsatkichlarini boshqa soliq turlari boʻyicha hisobotlar va buxgalterlik hisobotlari koʻrsatkichlari bilan;
  • soliq hisoboti koʻrsatkichlarini soliq organida mavjud barcha axborotni tahlil qilish asosida;
  • hisobotlar va boshqa buxgalterlik hisobotlari koʻrsatkichlarini shu kabi soliq toʻlovchilar va oʻrtacha tarmoq koʻrsatkichlari bilan.

Kameral tekshiruvni oʻtkazish chogʻida:

  • soliq organi tomonidan bankka unda hisobvaraqlar, omonatlar mavjudligi va hisobvaraqlarda pul mablagʻlari qoldigʻi toʻgʻrisida soʻrov yuborish ;
  • guvohni soʻroq qilish ;
  • tekshiriluvchining hududlari, binolari, hujjatlari va buyumlarini koʻzdan kechirish ;
  • soliq toʻlovchiga tegishli mol-mulkni inventarlash;
  • tekshirilayotgan shaxsdan hujjatlarni talab qilib olish ;
  • boshqa shaxslardan (tekshirilayotgan bilan bogʻliq) hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish ;
  • ekspertiza ;
  • tarjimon jalb qilish ;
  • mutaxassisni jalb qilish ;
  • chet davlatning vakolatli organlariga soʻrovlar joʻnatish amalga oshirilishi mumkin

Kameral tekshiruv chogʻida tushuntirishlar va hujjatlarni taqdim etish

Agar kameral tekshiruv chogʻida xatolar, ma’lumotlarning mos va toʻgʻri kelmasligi  aniqlangan boʻlsa, bu haqda soliq toʻlovchiga 10 kun ichida zarur tushuntirish taqdim etish yoki lozim darajadagi tuzatishlar kiritish talabnomasi bilan xabar beradi .

Shunigdek, soliq organlari soliq toʻlovchidan yana ikki holatda tushuntirish berishni talab qilishlari mumkin:

  • byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi ilgari taqdim etilgan soliq hisobotiga nisbatan kamaytirilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini tekshirish chogʻida;
  • tegishli hisobot davrida koʻrilgan zarar summasi ifodalangan soliq hisobotini tekshirish chogʻida.

Soliqchilar soliq imtiyozlaridan foydalanuvchi soliq toʻlovchilardan ularga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilib olishga haqli.

QQS toʻlovchilardan soliq chegirmalarini qoʻllash qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilib olinishi mumkin. QQS boʻyicha hisobot va boshqa taqdim etilgan hujjatlarda ziddiyatlar aniqlangan taqdirda  - hisobvaraq-fakturalar, birlamchi va koʻrsatilgan operatsiyalarga tegishli boshqa hujjatlar talab qilib olinishi mumkin .

Agar hujjatlar telefon orqali soʻralsa

Amaliyotda koʻpincha inspektor telefon orqali soliq hisoboti boʻyicha savol beradigan yoki kameral tekshiruv doirasida qandaydir hujjatni soʻraydigan vaziyat yuzaga keladi. Bunday qoʻngʻiroqlarga qanday munosabat bildirish mumkin? Ushbu holatda quyidagilardan kelib chiqish lozim:

  • amaldagi qonunchilikka asosan soliq toʻlovchi kameral tekshiruv chogʻida tushuntirish berish zarurati haqida faqat yozma ravishda xabardor qilinishi kerak;
  • koʻpincha soliqchilarda tushuntirishlar taqdim etish toʻgʻrisida rasmiy talabnoma yuborishdan ma’no boʻlmagan hisobotlar boʻyicha uncha katta boʻlmagan savollar yuzaga keladi. Shu bois ular telefon orqali savol berib, ularni hal qilsa boʻladi, deb hisoblashadi.

Soliqchilar bilan muloqotda qanday taktikani tanlashni buxgalter aniq holatdan kelib chiqib, hal qiladi.

Oʻzgarishlar haqida batafsil – solishtirma jadvalda:

 

Ilgari kameral nazorat:

 

 

Endi kameral tekshiruv:

 

  • soliq organiga korxona faoliyatiga aralashish imkonini bermagan. Huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda soliq toʻlovchiga qanday huquqbuzarlik sodir etilganligi va buni qanday bartaraf etish mumkinligi koʻrsatilgan talabnoma yuborilgan;
  • barcha korxonalarda avtonom rejimda buyruq chiqarmasdan oʻtkazilgan;
  • inspektorlar hujjatlarni soʻrab olish va soliq toʻlovchi hududiga tashrif buyurish huquqiga ega boʻlmagan;
  • oʻtkazish muddati cheklanmagandi;
  • talabnomaga javobni soliq toʻlovchining oʻzi taqdim etgan;
  • javob taqdim etilmagan taqdirda hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar toʻxtatib turilgan

 

 

  • hammada ham emas, balki yuqori va oʻrtacha soliqqa oid huquqbuzarliklar xatari mavjud korxonalarda oʻtkaziladi;
  • oʻtkazish uchun buyruq zarur;
  • inspektorlar hisob hujjatlarini talab qilib olishga haqli;
  • muddati cheklangan – 30 kundan koʻp emas;
  • talabnomaga nafaqat soliq toʻlovchi, balki soliq maslahatchisi ham javob berishi mumkin;
  • belgilangan muddatda talabnomaga javob taqdim etilmagan taqdirda hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar toʻxtatib turiladi, biroq soliq auditi tayinlanishi mumkin

 

Kameral tekshiruv natijalari boʻyicha moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi, biroq penya hisoblanishi mumkin .

 

 

QQSni qoplash boʻyicha kameral tekshiruv

 

 

QQS boʻyicha alohida nazorat nazarda tutilmagan edi

 

QQSni qoplashga nisbatan tekshiruv soliqning summasini qaytarish uchun ariza taqdim etilgan kundan e’tiboran 60 kun ichida buyruqsiz oʻtkaziladi. Tekshiruv natijalari boʻyicha soliq hisobotiga tuzatish kiritish toʻgʻrisida talabnoma yozib berilmaydi. Soliq organi summani qoplash yoki qoplashni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. 

 

Kameral tekshiruv natijalarini rasmiylashtirishda nima oʻzgardi

 

 

Kameral nazoratda boʻlgan edi

 

 

 

Endi kameral tekshiruvda

 

Aniqlangan huquqbuzarliklar talabnomalarda aks ettirilgan. Talabnoma shaxsiy kabinet orqali yuborilgan yoki shaxsan topshirilgan.

Agar talabnoma javobsiz qoldirilgan yoki aniqlashtirilgan hisobot topshirilmagan boʻlsa, soliq organi soliqni undirish yoki qoʻshimcha soliq hisoblash talabi bilan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. 

 

Tekshiruv natijalari boʻyicha soliq hisobotida aniqlangan tafovut va xatolar talabnomada aks ettiriladi. Biroq endi soliq maslahatchilari xulosasini javob sifatida taqdim etish mumkin.

 

Agar soliq organi:

  • javobdagi asosnomaga rozilik bersa, u talabnoma bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirish xatini yuboradi;
  • javobdagi asosnomaga qisman rozilik bersa,  soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi aniqlashtirilgan talabnomani yuboradi;
  • javobni olmasa yoki uni yetarli emas deb topsa, soliq auditi oʻtkazish toʻgʻrisida qaror chiqariladi .
Soliq nazorati: soliq hisobi — maslahatlar Soliq nazorati Soliq nazorati (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text158231_kameral_tekshiruv_bilish_lozim_bulgan_jihatlar