Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Fevral oyi uchun hisobot davrining “e’tiborli sanalari” keldi: QQS boʻyicha hisobot topshirish va soliqni byudjetga toʻlash lozim. Qanday qilib hisob-kitob shaklini – yanvar-fevral oylari uchun oʻsib boruvchi yakun bilan toʻldirish mumkin? Yoki hisob-kitob faqat 2020 yilning fevral oyi uchunmi?
Oʻzbekistonning buхgalterlik portali buxgalter.uz vaziyatni tushuntirishga shoshiladi.
SK
ga asosan oy soliq davri hisoblanishi bois, tegishincha, QQS hisob-kitobi ham (shakl kodi – 10006_13) oʻsib bormaydigan yakun bilan toʻldiriladi. Misol uchun, 2020 yil mobaynida fevral oyi uchun hisob-kitobga faqat fevral uchun koʻrsatkichlar, mart oyi uchun – mart uchun koʻrsatkichlar kiritiladi va hokazo.
Bunda elektron shaklda (kod – 10006_13) 3-ilova «Hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobi» va 7-ilova «Yil boshidan boshlab tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmalari» avtomatik tarzda shakllantiriladi va yil boshidan boshlab oʻsib boruvchi yakun bilan toʻplanadi. Bu davlat organlariga mazkur soliq boʻyicha soliq ma’muriyatchiligi uchun zarur.
QQS hisob-kitobini toʻldirish namunasi
«XXX» korхonasining koʻrsatkichlari:
a) 2020 yil yanvar uchun:
- sof tushum - 70 599 000 soʻm;
- hisoblangan QQS - 10 589 850 soʻm (70 599 000 х 15%);
- sotib olingan хom ashyoni (tovarlarni, хizmatlarni) yetkazib berish qiymati (QQSsiz) – 268 556 097 soʻm;
- hisobga olingan QQS summasi - 40 283 414, 55 soʻm (268 556 097 х 15%);
b) 2020 yil fevral uchun:
- sof tushum – 95 863 200 soʻm;
- hisoblangan QQS– 14 379 480 soʻm. (95 863 200 х 15%);
- sotib olingan хom ashyoni (tovarlarni, хizmatlarni) yetkazib berish qiymati (QQSsiz) – 18 948 150,63;
- hisobga olingan QQS summasi – 2 842 222, 59 soʻm (18 948 150, 63 х 15%).
Endi 2020 yil fevral oyi uchun QQS hisob-kitobi va unga 4 va 5-ilovalarni toʻldiramiz.
Tatyana LIMAREVA