Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
23.03.2020 yildagi 176-son VMQ ish beruvchilarni muayyan choralar koʻrishga majbur qildi. Ushbu talablarni qanday bajarish va oʻz xodimlari sogʻligʻini saqlash uchun yana nima qilish maqsadga muvofiqligi haqida buxgalter.uz oʻquvchilari bilan Baykertilly auditorlik tashkiloti rahbari Oleg DAMINOV oʻrtoqlashadi:
- Oʻz ofislarida mijozlarni qabul qilishda davom etayotgan kompaniyalarga quyidagilarni tavsiya qilamiz:
1. Xodimlarni muntazam ravishda koronavirus haqida xabardor qilib turish (kasallikning ilk belgilari, yuqish xatarini kamaytirish boʻyicha tavsiyalar va h.k.).
2. Xodimlardan ular vaziyat toʻliq jiddiyligini tushunishlari va ushbu davrda muayyan qoidalarga boʻysunishlari toʻgʻrisida ariza yigʻib oling.
3. “Yuqori tayyorgarlik rejimini joriy etish toʻgʻrisida” buyruq chiqaring.
4. Xodimlardan ular tomonidan noqulay epidemiologik vaziyat boʻlgan mamlakatlarga tashrif buyurganliklari toʻgʻrisidagi axborotni toʻplang.
5. Birinchi qavatda (kirishda) haroratni oʻlchash uchun maxsus joyni jihozlash, termometr sotib olish, xodimlar va ofisga tashrif buyuruvchilar haroratlari hisobi daftarchasini yuritish.
6. Barcha tashrif buyuruvchilar, jumladan mijozlarga maxsus anketa rasmiylashtirish, unda tana harorati, kasallanganlar bilan aloqa qilinganligi va noqulay vaziyat boʻlgan mamlakatlarga tashrif buyurilganligi toʻgʻrisidagi axborotni koʻrsatish.
7. Barcha hojatxonalarda odatdagi sovun oʻrniga maxsus antiseptik eritmalardan foydalanish.
8. Vaqti-vaqti bilan ishchi yuzalar va eshik tutqichlariga maxsus antiseptik vosita bilan ishlov berish. Doim xonalarni shamollatish.
9. Xohishiga koʻra barcha xodimlar foydalanishi mumkin boʻlgan tibbiy niqoblar sotib olish.
10. Faqat bir martalik idishlardan foydalanish, shu jumladan - mijozlar uchun.
11. Ma’muriyat qaroriga koʻra, agar bu mijozlarga xizmat koʻrsatishga toʻsqinlik qilmasa va biznesning faoliyat koʻrsatishiga xavf solmasa, xodimlarni masofadan ishlashga oʻtkazish.
12. Toʻliq karantin (ofisning yopilishi) joriy etish holatiga kompaniyaning ishlash rejasini ishlab chiqish.