Elektron tijorat sub’yektlari virtual kassaga oʻtkaziladi

preview

QHTBT portalida barcha elektron savdo sub’yektlarini 2021 yil 1 yanvardan virtual kassaga oʻtishini nazarda tutatigan VMQ loyihasi muhokama qilinmoqda.

Virtual kassadan foydalanishga oʻtgan barcha sub’yektlarga amaldagi tartibni tatbiq etish taklif qilinmoqda, unga muvofiq onlayn-NKMga oʻtishda hisoblangan va toʻlanishi lozim boʻlgan foyda soligʻi yoki aylanmadan olinadigan soliq yoxud qat’iy belgilangan JShDS summasini onlayn-NKMni 2021 yil 1 yanvarga qadar davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatga qoʻyish sharti bilan, onlayn-NKMning har birini xarid qilish, oʻrnatish va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlar summasiga, lekin BHMning 10 baravaridan oshmagan miqdorda kamaytirish mumkin . Ilgari ushbu imtiyoz faqat onlayn-NKMga tatbiq etilgan.

Amaliyotda buxgalterlar mazkur imtiyozni soliq hisobotida aks ettirishda murakkabliklarga duch kelishdi. Bunga javob oʻlaroq, DSQ undan qanday toʻliq hajmda foydalanish va hisobotni muammolarsiz topshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani e’lon qildi. Bu haqda batafsil buxgalter.uz bu yerda yozgan edi.

Eslatib oʻtamiz, quyidagilarni toʻldirib, imtiyozdan foydalanish mumkin:

  • aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq hisobotiga 2-ilovaning 030-satri (NHHga muvofiq soliq solinadigan jami daromadni kamaytirish);
  • foyda soligʻi boʻyicha soliq hisobotiga 3-ilovaning 071-satri (NHHga muvofiq foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar).

Soliq hisobotining tegishli satrida quyidagi formula boʻyicha hisoblangan summani koʻrsatish zarur:

(onlayn-NKMni xarid qilish, oʻrnatish va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlar summasi) : (soliq stavkasi) x 100.

Oleg GAYeVOY

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text159989_elektron_tijorat_subektlari_virtual_kassaga_utkaziladi