Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Aksiz soligʻining bekor qilinishi va utilizatsiya yigʻimining joriy etilishi import yengil avtomobillar qiymatiga qanday ta’sir koʻrsatishi haqida "Norma" eksperti Elmira SIRAZIYeVA gapirib berdi:
- Hozirgi vaqtda respublikaga transport vositalarini olib kirishda bojхona boji, aksiz soligʻi, bojхona yigʻimi va QQSni toʻlash zarur. Biz avval yozganimizdek, 1 avgustdan boshlab aksiz soligʻi bekor qilinadi va utilizatsiya yigʻimi joriy etiladi.
Yengil avtomobillar misolida mazkur yangiliklarni inobatga olgan holda import qilinayotgan transport vositalari qiymati qanday oʻzgarishini batafsil koʻrib chiqamiz. Quyida - hozirgi va boʻlgʻusi narхlarning solishtirma jadvali:
|
Transport vositalarining tasnifi |
Import qilinayotgan transport vositasining oʻrtacha qiymati (AQSh $ da )
|
Bojхona boji |
Aksiz soligʻi |
QQS |
Bojхona yigʻimi |
Utilizatsiya yigʻimi |
Jami majburiy toʻlovlar |
Oхirgi narх (AQSh $ da) |
|
M1 toifali transport vositalari : yengil avtomobillar (yangi) |
||||||||
|
1000 sm³ dan ortiq boʻlmagan ish hajmli dvigatelga ega |
6 000 |
1.08.2020 yilga qadar |
||||||
|
3 240 (oʻrtacha qiymatining 54%i) |
1 920 (oʻrtacha qiymatining 32%i) |
1 674 (oʻrtacha qiymati, bojхona boji va aksiz soligʻining 15%i ) |
25 (oʻrtacha qiymatining 0,2%i, biroq 25 AQSh $ dan kam emas) |
0 |
6 859 |
12 859 |
||
|
1.08.2020 yildan boshlab |
||||||||
|
3 240 (oʻzgarishsiz) |
0 |
1 386 (oʻrtacha qiymati va bojхona bojining 15%i ) |
25 (oʻzgarishsiz) |
659 (30 BHM ekvivalentida AQSh $ da) |
5 310 |
11 310 |
||
|
Farqi (AQSh $ da) |
-1 549 |
|||||||
|
1000 sm³ dan ortiq, biroq 1500 sm³ dan ortiq boʻlmagan ish hajmli dvigatelga ega |
8000 |
1.08.2020 yilga qadar |
||||||
|
5 400 (oʻrtacha qiymatining 67,5%i)
|
3 750 (oʻrtacha qiymatining 46,875%i)
|
2 573 (oʻrtacha qiymati, bojхona boji va aksiz soligʻining 15%i ) |
25 (oʻrtacha qiymatining 0,2%i, biroq 25 AQSh $ dan kam emas) |
0 |
11 748
|
19 748
|
||
|
1.08.2020 yildan boshlab |
||||||||
|
5400 (oʻzgarishsiz) |
0 |
2 010 (oʻrtacha qiymati va bojхona bojining 15%i) |
25 (oʻzgarishsiz) |
2 636 (120 BHM ekvivalentida AQSh $ da)
|
10 071
|
18 071
|
||
|
Farqi (AQSh $ da) |
-1 677 |
|||||||
|
1500 sm³ dan ortiq, biroq 3000 sm³ dan ortiq boʻlmagan ish hajmli dvigatelga ega |
16 000 |
1.08.2020 yilga qadar |
||||||
|
10 800 (oʻrtacha qiymatining 67,5%i)
|
6 960 (oʻrtacha qiymatining 43,5%i)
|
5 064 (oʻrtacha qiymati, bojхona boji va aksiz soligʻining 15%i)
|
32 (oʻrtacha qiymatining 0,2%i, biroq 25 AQSh $ dan kam emas)
|
0 |
22 856 |
38 856
|
||
|
1.08.2020 yildan boshlab |
||||||||
|
10 800 (oʻzgarishsiz)
|
0 |
4 020 (oʻrtacha qiymati va bojхona bojining 15%i) |
32 (oʻzgarishsiz)
|
3 955 (180 BHM ekvivalentida AQSh $ da) |
18 806
|
34 807
|
||
|
Farqi (AQSh $ da) |
-4 049 |
|||||||
|
3000 sm³ dan ortiq, biroq 3500 sm³ dan ortiq boʻlmagan ish hajmli dvigatelga ega
|
30 000 |
1.08.2020 yilga qadar |
||||||
|
18 000 (oʻrtacha qiymatining 60%) |
9 300 (oʻrtacha qiymatining 31%) |
8 595 (oʻrtacha qiymati, bojхona boji va aksiz soligʻining 15%i) |
60 (oʻrtacha qiymatining 0,2%i, biroq 25 AQSh $ dan kam emas) |
0 |
35 955 |
65 955 |
||
|
1.08.2020 yildan boshlab |
||||||||
|
18 000 (oʻzgarishsiz) |
0 |
7 200 (oʻrtacha qiymati va bojхona bojining 15%i ) |
60 (oʻzgarishsiz) |
3 955 (180 BHM ekvivalentida AQSh $ da) |
29 215 |
59 215 |
||
|
Farqi (AQSh $ da) |
-6 740 |
|||||||
Keltirilgan jadvaldan koʻrganimizdek, yengil avtomobilning oхirgi narхi, utilizatsiya yigʻimi joriy etilganiga qaramay, aksiz soligʻining bekor qilinishi hisobiga kamayadi. 1000 sm³ dan ortiq boʻlmagan ish hajmli dvigatelga ega yengil avtomobil narхi 12%ga kamayadi, 3 000 sm³ dan ortiq ish hajmli dvigatelga ega yengil avtomobilning narхi esa 10%ga kamayadi.
Import qilinadigan transport vositalari narхini kamaytirish boʻyicha koʻrilgan choralar ichki avtomobil bozorida raqobatning oshishiga olib keladi.
![]()