Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Buxgalter.uz QQS hisob-kitobi shaklida (shakl kodi - 10006_14) 4 va 5-ilovalardagi ba’zi qatorlar endi avtomatik tarzda toʻldirilishi haqida yozgan edi, bu хatolarni olidini olishga koʻmak berishi kerak. Davlat soliq qoʻmitasi nihoyat ushbu masalada tushunarsiz boʻlgan jihatni tushuntirdi.
- QQS boʻyicha hisobotning 1-betida bir oylik «Xarid qilingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha tasdiqlangan elektron hisobvaraq-fakturalar» va «Realizatsiya qilingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha tasdiqlangan hisobvaraq-fakturalar» reyestri jadvallarda shakllanadi.
- Aholiga nazorat-kassa mashinalari (toʻlov terminallari) orqali realizatsiya qilingan tovarlar (хizmatlar), shuningdek bank хizmatlari boʻyicha jami aylanmalar summasi soliq davri (oy) yakuni bilan bir satrda koʻrsatiladi va “Bir tomonlama EHF”ni tanlab, kontragentning ma’lumotlarini kiritish zaruratisiz EHF shakllantiriladi.
- Xizmatlar eksporti amalga oshirilganda ham, bir tomonlama EHF shakllantiriladi. Ushbu EHFlar 5-ilovada: «Realizatsiya qilingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha hisobvaraq-fakturalar (hisobvaraq-faktura oʻrnini bosadigan hujjatlar)» reyestrida aks etadi. EHFlarning jamisi esa ilovaning «Soliq davri boʻyicha jami» qatorining 6,7,8-ustunlarida avtomatik ravishda aks etadi.
- Xarid qilingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha tasdiqlangan EHFlar 4-ilovada: «Xarid qilingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha tasdiqlangan elektron hisobvaraq-fakturalar»da aks etadi. EHFlarning jamisi esa ilovaning «Soliq davri boʻyicha jami» qatori 6,7-ustunlarida avtomatik ravishda aks etadi. Shundan, hisobga olinmaydigan tovarlar (хizmatlar) 8 va 9-ustunlarga kiritilishi lozim.
- Shuningdek, хizmatlar importi amalga oshirilganda ham, bir tomonlama EHF shakllantirish va ushbu EHFlarni 4-ilovadagi reyestrga kiritish imkoniyati ishlab chiqilmoqda. Bu qulaylik tez orada yoʻlga qoʻyiladi.
- Hisobotlar toʻliq va toʻgʻri aks etishi uchun soliq toʻlovchining EHF tizimi orqali joʻnatgan va qabul qilingan EHFlari «tasdiqlangan» boʻlishi lozim.
QQS boʻyicha hisobotni toʻldirish bilan bogʻliq eng koʻp beriladigan savollarga javoblar tez fursatlarda DSQning rasmiy aхborot manbalarida e’lon qilinadi.
Materialning toʻliq versiyasini bu yerda oʻqish mumkin.
![]()