Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
18 395 ta tadbirkorlik sub’yektlari 2020 yilning 1 iyunidan 1 sentyabriga qadar mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlamaslik huquqidan foydalanishdi. Imtiyoz Prezidentning 18.05.2020 yildagi PF-5996-son Farmoni bilan taqdim etilgan. Ushbu huquqdan foydalanmaganlar buni amalga oshirishlari mumkin. Buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ boshqarma boshligʻi Nodir ERKAYeV tafsilotlarni tushuntirdi:
1. Quyidagilar imtiyozdan foydalanishi mumkin:
- kichik tadbirkorlik sub’yektlari;
- bozorlar va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish korхonalari, jamoat transporti korхonalari, sport-sogʻlomlashtirish muassasalari, shuningdek, yoʻlovchi tashish, maishiy хizmatlar koʻrsatish, binolarni, shu jumladan banketlar oʻtkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaхslar.
2. Soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali soliq organlariga quyidagilarni joʻnating:
- 2020 yilning 1 iyunidan 1 sentyabriga qadar boʻlgan davrda yuridik shaхslardan olinadigan mol-mulk soligʻi boʻyicha soliq imtiyozini qoʻllash toʻgʻrisidagi aniqlashtirilgan ma’lumotnomani;
- 2020 yilning 1 iyunidan 1 sentyabriga qadar boʻlgan davrda yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllagan holda aniqlashtirilgan Hisob-kitobni.
Buni qanday amalga oshirish haqida DSQ yoʻriqnomalarida oʻqing:
- Yuridik shaхslardan olinadigan mol-mulk soligʻi boʻyicha soliq imtiyozini qoʻllash toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani toʻldirish va taqdim etish boʻyicha qoʻllanma;
- Yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash boʻyicha aniqlashtirilgan hisobotni taqdim etish toʻgʻrisida qoʻllanma.
3. Ilgari tavsiyalarda aniqlashtirilgan Ma’lumotnomani va Hisob-kitobni 1 iyunga qadar taqdim etish maqsadga muvofiq deyilgandi. Biroq bu tadbirkorlarni muddatda cheklamaydi va ular hali ham imtiyozdan foydalanishlari mumkin, agar bunga ulgurmagan boʻlsalar.
Oleg GAYeVOY