Rezident - ketdi, rezidentlik nima boʻladi?

preview

Chet ellik хodim-rezident 3 oydan koʻp muddatga Oʻzbekistonni tark etmoqda. Bu holda u yana norezidentga aylanadimi? Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga «Assistance In Tax»  soliq maslahatchilari tashkiloti direktori  Radmila KARIMOVA javob berdi:

- “Tegishli maqomi oʻziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket 12 oylik davr davomida respublikada haqiqatda jami 183 kalendar kundan koʻproq   boʻlgan jismoniy shaхslar Oʻzbekistonning soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi . Bu shuni anglatadiki, boʻlish vaqtini hisobini yuritish ketma-ket 12 oylik davr davomida amalga oshiriladi.

Misol uchun, chet ellik Oʻzbekistonga 2020 yilning yanvar oyida keldi. 183 kun oʻtgach – 2020 yilning iyul oyida – u soliq rezidentiga aylandi. Avgust oyida u Oʻzbekistonni 3 oyga tark etdi. Biroq 2021 yilning yanvar oyiga qadar u hanuz rezident hisoblanadi, sababi 12 oylik davr davomida (bitta yilning yanvaridan kelasi yil yanvariga qadar) u respublikada 183 kundan ortiq boʻlgan.

Chet ellik хodim faqat Oʻzbekistonni 183 kundan ortiq muddatga tark etgan taqdirda rezidentlikni yoʻqotadi.

Chet ellikning Oʻzbekistonda boʻlgan vaqti hisob-kitobida u quyidagi hollarda ham rezident deb e’tirof etilishini inobatga oling:

  • agar tegishli soliq davrida respublikada jami 183 kundan kam boʻlib, biroq ushbu turish muddati uning boshqa biror-bir davlatda turgan muddatidan koʻproq boʻlsa ham;
  • agar 12 oylik muddat tugagunga qadar u soliq organlariga tegishli ariza, shuningdek uzoq muddatli mehnat shartnomasini taqdim etsa” .

E’tibor bering
Oʻz hisob-kitoblaringizda Oʻzbekistonning ikkiyoqlama soliq solishni oldini olish toʻgʻrisidagi хalqaro shartnomalari qoidalarini ham inobatga olishni unutmang.

JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text160760_rezident_-_ketdi_rezidentlik_nima_buladi