9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Agar chet ellik direktorda diplom boʻyicha mutaxassisligi boshqaruv emas, texnik mutaxassislik boʻlsa, uning daromadlariga JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash mumkinmi? Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
- Korxona direktori – chet ellik, xalqaro e’tirof etilgan oliy ta’lim muassasalarining yuqori 1000 taligiga kiradigan oliy ta’lim muassasasini bitirganlik toʻgʻrisida diplomga ega, diplomda koʻrsatilgan “geofizik” mutaxassisligi boʻyicha 5 yil ishlab berdi. Bosh direktor – boshqaruv pozitsiyasi, diplom boʻyicha mutaxassislik esa – texnik mutaxassislik ekanligiga qaramay, u yuqori malakali mutaxassis sifatida JShDSni pasaytirilgan stavka boʻyicha toʻlash huquqiga egami?
- “Chet ellik fuqaro yuqori malakali mutaxassis hisoblanadi, agar u
:
- xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 oʻrinni egallaydigan oliy ta’lim muassasalarini bitirgan boʻlsa. Ularning roʻyxati Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi;
- e’tirof etilgan mutaxassislik yoki diplomdagi mutaxassislik boʻyicha 5 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega boʻlsa;
- Oʻzbekistonda mehnat faoliyatiga yiliga 60 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan summada ish haqi (mukofot) olish sharti bilan jalb etilgan boʻlsa.
Faqatgina barcha uchta shart bir vaqtda bajarilgan taqdirda siz mutaxassisning daromadlariga JShDSning 50%ga pasaytirilgan stavkasini qoʻllashingiz mumkin
.
Bunda, agar chet ellik geofizik-mutaxassis sifatida emas, faqat bosh direktor lavozimida ishlasa, stavkaning pasaytirilishi unga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Agarda sizning korxonangiz geofizika bilan bogʻliq boʻlib, bosh direktor parallel ravishda yana mutaxassis sifatida ishlasa, bunda uning ish haqi yiliga 60 ming AQSh dollari ekvivalentini yoki undan koʻpni tashkil etsa, siz uning daromadlariga pasaytirilgan stavkani qoʻllashga haqlisiz”.
![]()