II chorak uchun moliyaviy hisobotni “ming soʻm”da topshiramiz!

preview

Shu kunlarda buxgalter.uz DSQ tomonidan II chorakdan boshlab moliyaviy hisobotni toʻldirish chogʻida ma’lumotlarni soʻm birligida koʻrsatish talabi bilan bogʻliq qator savollarni qoʻygandi. Qoʻshimcha tushuntirishlar olish uchun biz DSQ axborot xizmatiga murojaat qildik. Natijada idora xabar e’lon qildi, undan ma’lumotlarni baribir “ming soʻm”da koʻrsatish zarurligi kelib chiqadi. Toʻgʻrisini aytganda, mamnunmiz!

Idora tushuntirdi:

- “Moliyaviy hisobot shakllari Moliya vazirligining 24.01.2003 yildagi 140-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 1209-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan.

DSQ ma’lumotlariga koʻra, 2019 yil va 2020 yilning I choragi uchun soliq toʻlovchilarning 95%i moliyaviy hisobotni “ming soʻm” oʻlchov birligida toʻgʻri toʻldirishgan, qolgan 5%i xatoga yoʻl qoʻygan.

Tafovutlarning oldini olish uchun 2020 yilning 6 iyun kuni my.soliq.uz da DSQ Yuridik shaxslarga soliq solish boshqarmasining qoʻllanmasi joylashtirilgan, unda hisobot shakllarini toʻldirishda nimalarga e’tibor berish lozimligi koʻrsatilgan.

Shu munosabat bilan, Davlat soliq qoʻmitasi moliyaviy hisobotlarni toʻldirishda qoʻllanmaga qat’iy rioya qilish va ushbu shaklda koʻrsatilgan oʻlchov birliklari boʻyicha, ya’ni “ming soʻm”da toʻldirish zarurligini ta’kidlaydi.

Xabarning aslini bu yerda oʻqish mumkin.

 

Oleg GAYeVOY

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text161140_ii_chorak_uchun_moliyaviy_hisobotni_ming_sumda_topshiramiz