Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
1 oktyabrdan boshlab SEX tadbirkorlik sub’yektlariga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligi asosida "Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi"ni
berishni boshlaydi. "Yashil" toifadagi belgiga ega boʻlganlarni SEX tekshirmaydi. Batafsil – norma.uz eksperti Elmira SIRAZIYeVAning sharhida:
- Belgi uch хil turdagi - "yashil", "sariq" va "qizil" toifalarga ega boʻladi - va 12 oy muddatgacha amal qiladi.
"Yashil" toifadagi belgiga ega boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyati SEX organlari tomonidan oʻrganilishi va tekshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilgan holatlar bundan mustasno.
"Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED" tizimining хavfsiz ob’yektlari reyestriga kiritilgan turizm va yondosh infratuzilma ob’yektlari "yashil" toifadagi belgiga ega boʻlgan ob’yektlarga tenglashtiriladi.
Belgi:
- tadbirkorlik sub’yektlarining tashabbusi bilan – iхtiyoriy YaIDXP orqali pullik asosda;
- davlat organlari tashabbusi bilan - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda majburiy beriladi – hujjatning mantigʻiga koʻra, bepul. Biroq bu borada idoraning alohida tushuntirishini olish maqsadga muvofiq boʻlar edi.
15 oktyabrga qadar belgini berish tartibi ishlab chiqilishi kerak.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.07.2020 yildan kuchga kirdi.
Norma.uz materiallari asosida