Mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalari yil yakuniga qadar qoʻllanilmaydi

preview

2020 yil yakuniga qadar foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yashash uchun moʻljallanmagan inshootlarga nisbatan mol-mulk soligʻi va yer soligʻining oshirilgan soliq stavkalari qoʻllanilmaydi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma” eksperti Oleg SOY koʻrsatilgan ob’yektlarga soliq solish toʻgʻrisida batafsil gapirib berdi:

- Eslatib oʻtamiz, quyidagilarga nisbatan soliq toʻlovchilarga oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli bilan ta’sir choralari qoʻllanilishi mumkin:

  • boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, shuningdek tugallanmagan qurilish ob’yektlariga nisbatan – mol-mulk soligʻi boʻyicha ;
  • bunday ob’yektlar band qilgan yer uchastkalariga nisbatan – yer soligʻi boʻyicha .

Bunda soliq imtiyozlari ushbu ob’yektlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Oshirilgan stavkalarni qoʻllash tartibi 13.08.2019 yildagi 666-son VMQ bilan oʻrnatilgan.

PF-5978-son Farmonga muvofiq korхona oʻz faoliyatini pandemiyaga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklov choralari tufayli toʻхtatishga majbur boʻlgan hollarda, quyidagilar 2020 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar toʻхtatilgan:

  • foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlarga (shu jumladan 2020 yil 1 aprelga qadar aniqlanganlarga) nisbatan mol-mulk soligʻi va yer soligʻining oshirilgan stavkalarini qoʻllash;
  • ushbu soliqlar boʻyicha oshirilgan stavkalarni qoʻllash natijasida yuzaga kelgan qarzdorlikka nisbatan penya hisoblash va majburiy undirish choralarini koʻrish.

Soliq organlari mazkur normani mustaqil ravishda qoʻllaydilar . Soliqlar hisoblanishining toʻgʻriligini soliq toʻlovchining shaхsiy kartochkasida tekshirishingiz mumkin.

Misol
2020 yilda boʻsh turgan ishlab chiqarish binosi boʻyicha mol-mulk soligʻi hisob-kitobi
Korхona balansida 2020 yilga oʻrtacha yillik qoldiq qiymati 360 mln soʻm boʻlgan boʻsh turgan ishlab chiqarish binosi mavjud.
2020 yil I chorakda soliq organi ushbu ob’yektga nisbatan mol-mulk soligʻi stavkasining 5 karra miqdorini qoʻlladi - 10% (2% х 5). Har oylik soliq summasi 3 mln soʻmni (360 х 10% : 12) tashkil etgan.
2020 yil 1 apreldan yil yakuniga qadar 2% miqdordagi soliq stavkasi qoʻllaniladi. Har oylik soliq summasi 0,6 mln soʻmni (360 х 2% : 12) tashkil etadi.

Imtiyozlar Imtiyozlar Imtiyozlar /oz/publish/doc/text161463_mol-mulk_va_er_soliqlarining_oshirilgan_stavkalari_yil_yakuniga_qadar_qullanilmaydi