Ijtimoiy soliq qayerga kiritiladi

preview

Korxonaning xarajatlari muayyan guruhlar (elementlar)ga kiradi yoki aktivlar qiymatiga kiritiladi. Ijtimoiy soliqni qayerga kiritishni buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA tushuntirdi:

- Korxonaning xodimlar mehnatiga haq toʻlashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning soliq solish ob’yektidir. Shu bois ular mehnatga haq toʻlash xarajatlari singari xarajatlar elementlariga kiradi .

Mehnatga haq toʻlash xarajatlari va ijtimoiy soliq quyidagilarga kiritilishi mumkin:

  • xarid qilinadigan (oʻz ehtiyojlari uchun barpo etiladigan) aktivlar tannarxiga;
  • mahsulotlar (xizmatlar) tannarxiga;
  • davr xarajatlariga;
  • aktivlarning chiqib ketishi boʻyicha xarajatlarga.

1. Xarid qilinadigan (oʻz ehtiyojlari uchun barpo etiladigan) aktivlar tannarxiga kiritiladigan toʻlovlar

Aktivni sotib olishda  tashish, ortish-tushirish, montaj qilish bilan band boʻlgan xodimlarga hisoblangan ish haqi summalari uning boshlangʻich qiymatida hisobga olinadi. Tegishincha, ushbu ish haqidan ijtimoiy soliq ham aktivning boshlangʻich qiymatiga kiritiladi .

Vaziyat
Qurilish materiallarini sotib olish
Korxona 10 000 ming soʻmlik qurilish materiallarini sotib oladi. Ularni tushirish bilan band boʻlgan ishchilarga 2 500 ming soʻm ish haqi hisoblandi, ijtimoiy soliq 300 ming soʻmni tashkil etdi.
Sotib olingan materiallarni tushirish uchun ishchilar mehnatiga haq toʻlash summalari va ijtimoiy soliq materiallar tannarxiga kiritilib, u 12 800 ming soʻmni (10 000 + 2 500 + 300) tashkil etadi.
№ Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa

ming soʻm

Schyotlar

korrespondensiyasi

Tasdiqlovchi hujjatlar
Debet Kredit
1

Yetkazib beruvchidan kelib tushgan

materiallar kirim qilindi

10 000 1050 6010 Yukxati, hisobvaraq-faktura
2

Materiallarni tushirish uchun ish haqi

hisoblandi

2 500 1050 6710 Ish haqi hisoblash qaydnomasi
3

Xodimlar ish haqidan ijtimoiy soliq

hisoblandi

300 1050 6520 Ish haqi hisoblash qaydnomasi

Asosiy vositalarni xarid qilish boʻyicha xarajatlar 0820-“Asosiy vositalarni xarid qilish” schyotida kapitalizatsiya qilinadi. Shu jumladan – kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirishda band boʻlgan xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari va undan ijtimoiy soliq.

Uzoq muddatli aktivlarni barpo etishda ularning qiymati korxona tomonidan ushbu maqsadlar uchun qilingan xarajatlardan shakllanadi. Ular jumlasida – ularni barpo etishda band boʻlgan xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari va ushbu xodimlar ish haqiga hisoblangan ijtimoiy soliq .

Vaziyat
Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish
Korxona oʻzining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqadi. Ishlab chiqishda band boʻlgan xodimlarning ish haqi oyiga 20 000 ming soʻmni tashkil etadi. Ijtimoiy soliq – 2 400 ming soʻm. Ushbu xarajatlar kapitalizatsiya qilinadi. Dasturiy ta’minot tayyor boʻlgan paytda jamlangan qoʻyilmalar nomoddiy aktiv e’tirof etilgan holda uning qiymatiga oʻtkaziladi.
Buxgalteriya hisobi:
№ Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa

ming soʻm

Schyotlar korrespondensiyasi

Tasdiqlovchi hujjatlar
Debet Kredit
1

DT ishlab chiquvchilarga ish haqi

hisoblandi

20 000 0830 6710 Ish haqi hisoblash qaydnomasi
2

Ish haqidan ijtimoiy soliq

hisoblandi

2 400 0830 6520 Ish haqi hisoblash qaydnomasi
3 Nomoddiy aktiv kirim qilindi   0430 0830 Qabul qilish dalolatnomasi

2. Mahsulotlar (xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan toʻlovlar

Ishlab chiqarish xodimlari mehnatiga haq toʻlash xarajatlari, shuningdek undan ijtimoiy soliq tayyor mahsulotlar (xizmatlar) tannarxiga kiradi .

Vaziyat
Mahsulotlar ishlab chiqarishga xarajatlar
Ishlab chiqarish xodimlariga oy uchun quyidagilar hisoblandi:
  • Ishbay narxlar boʻyicha ish haqi – 56 000 ming soʻm;
  • Ta’til pullari – 9 000 ming soʻm.
Mehnatga haq toʻlash xarajatlariga 7 800 ming soʻm miqdorida ijtimoiy soliq hisoblandi.
Buxgalteriya hisobi:
№ Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa

ming soʻm

Schyotlar korrespondensiyasi

Tasdiqlovchi hujjatlar
Debet Kredit
1

Ishlab chiqarish xodimlariga ish haqi va

ta’til pullari hisoblandi (56 000 +

9 000)

65000 2010 6710 Ish haqi hisoblash qaydnomasi
2 Ijtimoiy soliq hisoblandi 7 800 2010 6520 Ish haqi hisoblash qaydnomasi

3. Davr xarajatlariga kiritiladigan toʻlovlar

Mehnatga haq toʻlash va ijtimoiy soliq qismida quyidagilar davr xarajatlariga kiradi:

  • mahsulotlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlar ;
  • boshqaruv xodimlariga xarajatlar ;
  • kompensatsiya va ragʻbatlantirish tusidagi toʻlovlarga xarajatlar .
Vaziyat
Ish haqi va ijtimoiy soliq davr xarajatlari tarkibida
Sentyabr oyi uchun xodimlarga 200 mln soʻm miqdorida ish haqi hisoblandi, shu jumladan:
  • ishlab chiqarish xodimlariga – 115 000 ming soʻm;
  • sotish boʻlimi xodimlariga – 25 000 ming soʻm;
  • ma’muriy-boshqaruv xodimlariga – 45 000 ming soʻm;
  • bir yoʻla mukofot – 15 000 ming soʻm.
№ Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa

ming soʻm

Schyotlar korrespondensiyasi

Tasdiqlovchi hujjatlar
Debet Kredit
1 Ishlab chiqarish xodimlari ish haqi hisoblandi 115 000 2010 6710

Ish haqi hisoblash

qaydnomasi

2

Ijtimoiy soliq hisoblandi

(115 000 x 12%)

13 800 2010 6520
3 Sotish boʻlimi xodimlariga ish haqi hisoblandi 25 000 9410 6710
4

Ijtimoiy soliq hisoblandi

(25 000 x 12%)

3 000 9410 6520
5 Ma’muriy-boshqaruv xodimlariga ish haqi hisoblandi 45 000 9420 6710
6

Ijtimoiy soliq hisoblandi

(45 000 x 12%)

5 400 9420 6520
7 Mukofot hisoblandi 15 000 9430 6710
8

Ijtimoiy soliq hisoblandi

(15 000 x 12%)

1 800 9430 6520

 

E’tibor bering

Agar bitta xodim boʻyicha turlicha hisoblashlarni amalga oshirsangiz, mehnatga haq toʻlashga xarajatlarni va ijtimoiy soliqni xarajatlar guruhi (elementlari) boʻyicha toʻgʻri taqsimlang.

Masalan, ishlab chiqarish xodimiga bir yoʻla mukofot hisoblashda uni boshqa operatsiya xarajatlariga kiritish zarur, shu bilan bir vaqtda uning asosiy ish haqi mahsulotlar (xizmatlar) tannarxiga kiritiladi. Ijtimoiy soliq ham tegishlicha taqsimlanadi.

Boshqa misol: ishlab chiqarish va ma’muriy lavozimlarni birga olib borishda xodimning ish haqi va ijtimoiy soligʻi ishlab chiqarish va ma’muriy xarajatlarga taqsimlanishi kerak.

Bu – muhim, sababi aks holda mahsulotlar (xizmatlar) tannarxi buzib koʻrsatiladi, bu hisobot davri uchun moliyaviy natijani notoʻgʻri aniqlashga sabab boʻladi.

 

4. Uzoq muddatli aktivlarning chiqib ketishida toʻlovlar

Asosiy vositalarning chiqib ketishida demontaj qilish va chiqib ketish bilan bogʻliq boshqa amallarni bajarayotgan  xodimlarning mehnatiga haq toʻlashga xarajatlar va ijtimoiy soliq paydo boʻlishi mumkin.

Chiqib ketish boʻyicha xarajatlar aktivni chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natijani aniqlashda hisobga olinadi .

Vaziyat
Uskunani sotish
AV tarkibida boʻlgan uskunani sotishda, korxona uni demontaj qilishda xarajatlar qildi. Shu jumladan – xodimlarning mehnatiga haq toʻlashga xarajatlar – 5 000 ming soʻm, ijtimoiy soliq – 600 ming soʻm.
Buxgalteriya hisobi:
№ Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa

ming soʻm

Schyotlar korrespondensiyasi

Tasdiqlovchi hujjatlar
Debet Kredit
1

Uskunani sotish uchun demontaj qilgan

xodimlarga ish haqi hisoblandi

5 000 9210 6710

Ish haqi hisoblash

qaydnomasi

2 Ijtimoiy soliq hisoblandi 600 9210 6520

Ish haqi hisoblash

qaydnomasi

JShDS va ijtimoiy soliq — maslahatlar JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text163177_ijtimoiy_soliq_qaerga_kiritiladi