Oʻzbekiston tovar va xizmatlarning yagona nomenklaturasini barpo etadi

preview

Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan mahsulotlarning Yagona elektron katalogini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Bu tovarlar va xizmatlar hisobini tizimlashtirish, mahsulotlar harakati va ta’minot zanjiri tahlilini jiddiy osonlashtiradi. “Norma” eksperti Miryoqub HAYDAROV loyiha toʻgʻrisida batafsil gapirib berdi.

- Birlamchi hujjatlarda unifikatsiyalashgan mahsulot (tovarlar, xizmatlar) nomlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash, mahsulotlarning noyob kodlarini (shtrix-kodlarini) mahsulot nomlariga avtomatik ravishda bogʻlashni yaratish rejalashtirilmoqda.

Qaror loyihasiga ilovada TIF TN asosida ishlab chiqarilgan mahsulot, tovar va xizmatlar asosiy turlarining yagona elektron katalogi keltirilgan – jami 885 ta nom. Katalog tartib raqami, tovarlar va xizmatlar guruhi, tasnif kodlari va oʻlchov birliklarini oʻz ichiga olgan. Uni DSQ yuritadi, shuningdek uning vazifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • Katalogga kiritilgan ma’lumotlarni shakllantirish;
  • uni yangilab turish;
  • foydalanuvchilar uchun texnik yordam;
  • Katalogni rasmiy saytda nashr etish.

Shuningdek, hujjat loyihasi Katalogga kiritilgan tovarlar va xizmatlarning standart tavsiflashtirilishi hamda tizimlashtirilishi uchun Tovarlar, xizmatlarning Yagona elektron katalogini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni oʻz ichiga olgan. Asosiy tasniflagichlar va standartlar yangilangan taqdirda Katalogga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar DSQning qarori bilan amalga oshiriladi.

Qarorga ilovada Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning tuzilgan shartnomalarini Yagona shartnomalar axborot platformasida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom keltirilgan. Hujjatda shartnomalarning elektron reyestrini shakllantirish tartibi, ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari, kataloglashtirishning asosiy qoidalari aytib oʻtilgan. 2021 yil 1 fevraldan boshlab elektron hisobvaraq-fakturalarida mahsulotlarning unifikatsiyalashgan nomlari va Yagona elektron katalogda roʻyxatga olingan tovarlar va xizmatlar uchun identifikatsiya kodlarining avtomatlashtirilgan tarzda aks etilishi joriy qilinadi.

Moliya vazirligi 2021 yil va keyingi yillar uchun Davlat byudjeti loyihasini tayyorlashda tadbirkorlik sub’yektlarining xalqaro tizimda shtrix-kodlarni olish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar miqdorini soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlashni nazarda tutishi kerak.

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Norma.uz materiallari asosida

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text163181_uzbekiston_tovar_va_hizmatlarning_yagona_nomenklaturasini_barpo_etadi