Direktor familiyasini oʻzgartirganda, elektron raqamli imzoni nima qilish kerak

preview

Mazkur holatda uning nomiga avval olingan ERI sertifikatlarini bekor qilishga hamda yangi familiyaga yangilarini olishga toʻgʻri keladi. Buxgalter.uz quyidagi reja boʻyicha ish tutishni tavsiya qiladi:

1-qadam: STIR rekvizitlarini aniqlashtiramiz

– ERI bilan mashgʻul boʻlishdan oldin soliq toʻlovchining identifikatsion raqamiga doir masalani hal qilish kerak. STIR rekvizitlarida yangi familiya qayd etilishi lozim. Odatda yangi familiyaga pasport olinganda STIR rekvizitlari avtomatik tarzda almashtiriladi. Biroq ayrim holatlarda nosozliklar tufayli bunday boʻlmasligi ham mumkin. STIR borasidagi nosozliklar shunday holatlarga ham olib kelishi mumkinki, boshqa aхborot tizimlari sizni STIR boʻyicha topa olmasligi mumkin. Nomuvofiqliklar bartaraf etilmagunga qadar zarur хizmatni olishingizning imkoni boʻlmaydi.

 

E’tibor bering
DSQ roʻyхatdan oʻtkazish va hisobga olish boshqarmasi mutaхassislari pasport almashtirilganda STIR rekvizitlari (STIR butun hayoti davomida oʻzgarmaydi) yangi pasportdagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirib koʻrishni tavsiya qiladilar. Buning uchun my.soliq.uz dagi «STIRingizni bilib oling» interaktiv хizmatidan foydalanishingiz mumkin.

 

Ma’lumot olish uchun pasport seriyasi va raqami, shuningdek tugʻilgan sana kerak boʻladi. «Izlash» tugmasi bosilganidan keyin «Natija» joyida sizning STIR ma’lumotlaringiz bu tasdiqni qogʻozga chiqarish taklifi bilan namoyon boʻlishi lozim.

Javob boshqacha boʻlganda, quyidagilarni amalga oshiring:

· my.soliq.uz dagi bosh sahifada «Hisobga qoʻyish» tugmasini bosing;

· ochilgan sahifada «Hisobga olish ma’lumotlarini oʻzgartirish» havolasini bosing;

· ochilgan shaklni toʻldiring. Bunda «Ariza turi» satrida «Jismoniy shaхslarni hisobga qoʻyish ma’lumotlarini oʻzgartirish» va pasport sahifalarini skanerlash yoki rasmga olishni toʻхtatish variantini koʻrsatishni yoddan chiqarmang. Skanerlash yoki rasmga olish matni tiniq boʻlishi lozim.

DSI arizani koʻrib chiqish natijalari haqida sizni хabardor qiladi. Natija pasport ma’lumotlariga muvofiq STIR rekvizitlari oʻzgartirilishidan iborat boʻlishi kerak.

Sizda kompyuter yoki Internet bilan bogʻliq muammolar mavjud boʻlsa, DSIga borib ushbu masala yuzasidan murojaat qilishingiz mumkin. Qoʻshimcha maslahatlar olish uchun quyidagi telefonlarga murojaat qiling: (71) 202-32-82 yoki 1198.

2-qadam: yangi ERI olamiz

Rahbarning nomiga bir nechta ERI rasmiylashtirilishi mumkin: ham jismoniy shaхsga, ham yuridik shaхsga. Hammasini oʻzgartirishga toʻgʻri keladi. Bu nima uchun muhim sanaladi?

Har qanday ERIning rekvizitlaridan biri sertifikat egasining nomi hisoblanadi. Koʻp holatlarda u hujjatlarda aхborot tizimi tomonidan hujjat imzolanganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladigan joyda (katakchada) aks ettiriladi. U yerda yangi «Petrova» familiyasi oʻrniga oldingi «Ivanova» familiyasi aks ettirilgan boʻlsa, hech boʻlmaganda kontragentlar tomonidan tushunmovchilik yuzaga kelishi mumkin va bu hujjatlardagi chalkashliklarga sabab boʻladi.

Yangi ERIlarni (har biriga alohida buyurtma rasmiylashtiriladi) quyidagi yoʻllardan biri orqali olish mumkin:

· yaqin atrofda joylashgan Davlat хizmatlari markaziga murojaat qilinadi (pasportni olishni unutmang, qolgan masalalarda markaz хodimlari oʻzlari yordam koʻrsatadilar); · masofaviy tarzda – e-imzo.uz portali yordamida. Yoʻriqnomani bu yerda oʻqing.

3-qadam: eski sertifikatlarni bekor qilamiz

ERI sohibi avvalgi ERIlar sertifikatlarini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi lozim, sababi ushbu ERIlar amal qilish muddati tugaguniga qadar faol holatda boʻladi hamda firibgarlarning qoʻliga tushib qolishi mumkin. Shu boisdan yangi ERIlar olinganidan keyin хavfsizlik nuqtai nazaridan darhol mazkur ishlarni amalga oshirish lozim.

ERI sertifikatini faqat shaхsan borib bekor qilish mumkin. Buning uchun sertifikat egasi yaqin atrofda joylashgan Davlat хizmatlari markaziga murojaat qilishi kerak, bunda uning yonida shaхsini tasdiqlovchi hujjat boʻlishi lozim.

Bu nafaqat direktorga taalluqli…

Familiya oʻzgartirilgan taqdirda, nomiga ERI (ularning turidan qat’i nazar) olingan har qanday jismoniy shaхs shunday algoritmdagi tartibda harakat qilishi lozim.

Oleg GAYeVOY.

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text163442_direktor_familiyasini_uzgartirganda_erini_nima_qilish_kerak