Qanday oila koʻp bolali hisoblanadi

preview

5.10.2020 yildagi OʻRQ-640-son Qonun bilan “koʻp bolali oila” atamasining yagona tushunchasi kiritildi, ayrim imtiyozlar va kafolatlar aniqlashtirildi.

Tafsilotlar –  “Norma”ning yuridik masalalar boʻyicha eksperti Oleg ZAMANOVning sharhida:

- Hozirgi vaqtga qadar “koʻp bolali oila” atamasi turli normativ hujjatlarda turlicha talqin qilinardi. Shu tufayli huquqni qoʻllash amaliyotida birхillik mavjud emasdi, ijtimoiy adolat tamoyili buzilardi.

Nihoyat, Oila kodeksida yagona tushuncha berildi: 4 nafar va undan ortiq 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan oila koʻp bolali oila hisoblanadi. Bunda, agar ulardan bir nafari yoki undan koʻprogʻi ta’limning kunduzgi shaklida oʻrta maхsus va kasb-hunar yoki oliy ta’lim olsa, oila koʻp oilali maqomni talaba bolalar 22 yoshga toʻlgunga qadar saqlab qoladi. Yangi norma 2021 yil 1 yanvardan qoʻllana boshlaydi.

Davlat koʻp bolali oilalarga turli imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini ta’minlaydi. Xususan:

  • koʻp bolali oilalarning ota-onalariga ishga joylashishda kafolatlar nazarda tutilgan , sababi ular mehnat bozorida qolganlar bilan raqobatlashishga qodir emaslar;
  • boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar (ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan, tahr.) jismoniy shaхslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod etiladi .

E’tibor bering

Hozirgi vaqtda soliq solish maqsadida 16 yoshga toʻlmagan 5 va undan ortiq bolalari boʻlgan oila koʻp bolali oila deb e’tirof etiladi. Va ushbu norma yil yakuniga qadar amal qiladi.

2021 yildan boshlab koʻp oilalik maqomi Oila kodeksida belgilangan yangi mezonlar boʻyicha aniqlanadi. Imtiyozlarni ilgarigidek Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining ma’lumotnomasi asosida olish mumkin.

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 6.10.2020 yildan kuchga kirdi.

Norma.uz materiallari asosida

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text163742_qanday_oila_kup_bolali_hisoblanadi