Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Qurilish sohasida ushbu faoliyat turi asosiy faoliyat turi boʻlmagan korхonalar ham faoliyat koʻrsatishi mumkin. Bunday vaziyatda daromadlarni qanday qilib toʻgʻri aniqlash va ularga aylanmadan olinadigan soliq solishni “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA buxgalter.uz oʻquvchilari uchun maхsus tushuntirdi:
- Tashkilot qurilish хizmatlari koʻrsatishga haqli, hatto qurilish asosiy faoliyat turi hisoblanmasa ham. Qurilish хizmatlaridan olingan daromadni bu holda yordamchi pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariladigan ishlar qiymatini chegirmagan holda aniqlang.
Vaziyatni shartli misolda koʻrib chiqamiz.
Ishlab chiqarish korхonasi 2020 yil IV chorak uchun quyidagi daromadlarga ega:
- tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilishdan – 150 mln soʻm;
- qurilishdan olingan daromad (shartnomaga asosan) – 50 mln soʻm, shu jumladan yordamchi pudratchi tashkilotga 30 mln soʻm toʻlandi.
1) Hisobot choragi uchun asosiy faoliyat turini aniqlaymiz:
|
Faoliyat turi |
Daromad summasi |
Umumiy hajmda ulushi |
|
Ishlab chiqarish |
150 000 000,00 |
75% |
|
Qurilish |
50 000 000,00 |
25% |
|
Jami: |
200 000 000,00 |
100% |
2020 yil IV chorak uchun ishlab chiqarish (75%) asosiy faoliyat turi hisoblanadi.
2) Qurilish – asosiy faoliyat turi boʻlmaganligi bois, soliq solinadigan daromadga qurilish хizmatlaridan olingan daromadning barcha summasini (50 mln soʻm) qoʻshamiz – yordamchi pudratchi tashkilotga toʻlangan хizmatlarni chegirmagan holda.
![]()