9 oyni xatolarsiz yopamiz:
EHF tizimida realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) hajmini 100 dan ortiq oʻlchov birliklari nazarda tutilgan. Biroq ushbu roʻyxatda dasturiy mahsulotlardan foydalanish huquqini taqdim etish toʻgʻrisidagi bitim uchun mos keladigan atama mavjud emas edi. Vaziyat tuzatildi! Bu haqda buxgalter.uz ga «Yangi texnologiyalar» IAMda ma’lum qilishdi.
Endi dasturiy mahsulotlarning barcha huquq egalari ular qaysi EHF operatori xizmatlaridan foydalanishlaridan qat’i nazar, EHFni rasmiylashtirgan holda mahsulotning oʻlchov birligi sifatida “nusxa” atamasidan foydalanishlari mumkin.
Ayni paytga qadar dasturiy mahsulotlardan foydalanish huquqini taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnomalarni rasmiylashtirish chogʻida huquq egalari “dona” oʻlchov birligidan foydalanib kelishgan. Masalan, sotib oluvchiga dasturiy mahsulotning 5 ta nusxasidan foydalanish huquqi berilgan vaqtda, sotuvchi “5 dona” deb yozgan.
“Dona” atamasi voqelikni aks ettirmaydi, axir dastur – bitta va huquq egasi uning egasi hisoblanadi, mijozlar esa nusxalardan foydalanadilar.
«Norma» MChJ - «Norma» axborot-qidiruv tizimlari ishlab chiquvchisi va huquq egasi roʻyxatni toʻldirish tashabbusi bilan chiqdi. «Yangi texnologiyalar» IAM taklifni koʻrib chiqdi va uni tasdiqladi.
Agar roʻyxatda sizning bitimlaringiz xususiyatlarini aks ettiradigan oʻlchov birligi mavjud boʻlmasa, «Yangi texnologiyalar» IAMga murojaat qiling. Batafsil asoslash keltirilgan xatni info@yt.uz elektron pochtasi orqali yoʻllash zarur. Ushbu manzil boʻyicha elektron hisobvaraq-fakturalar tizimini takomillashtirish borasidagi boshqa takliflarni ham yoʻllash mumkin.
Unutmang, hujjatlar, shu jumladan – elektron hujjatlar bitimning mohiyatini buzib koʻrsatmaydigan atamalardan foydalangan holda tuzilishi kerak. Siz bunga koʻmaklashishga qodirsiz!
Oleg GAYeVOY