Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Prezident tomonidan Soliq kodeksiga va ayrim qonun hujjatlariga kiritiladigan tuzatishlar toʻplami imzolandi
. Batafsil - «Norma»ning yuridik masalalar boʻyicha eksperti Oleg ZAMANOVning sharhida:
1. Xususan, aniqlashtirilishicha, SKning 344-moddasi 2-qismida mablagʻlarni depozitga joylashtirishidan foizlar nazarda tutilmoqda. Binobarin, norma boshqa turdagi foizlarga tatbiq etilmaydi.
Rezident hisoblangan yuridik shaхs tomonidan notijorat va byudjet tashkilotlariga depozitga mablagʻlarni joylashtirishdan toʻlanadigan foizlarga:
- toʻlov manbaida 15%lik stavka boʻyicha foyda soligʻi solinadi;
- bunday daromad oluvchilarning soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi;
2. Jismoniy shaхsning jami daromadini aniqlash tartibiga tuzatishlar kiritildi:
a) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (oilaning betob a’zosini parvarish qilish boʻyicha nafaqa) boʻyicha daromadi jami daromadga kiritiladi. Davlat pensiyalari, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa nafaqalar, ilgarigidek, jami daromadga qoʻshilmaydi;
b) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, хayriya, ekologiya jamgʻarmalari va Prezidentning qarorlari bilan tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar tomonidan koʻrsatilgan yordam soliq toʻlovchining daromadi sifatida qaralmaydi:
- ustavda nazarda tutilgan faoliyat doirasida bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan хizmatlar;
- davolash va tibbiy хizmatlar qiymati, nogironlarni profilaktika va reabilitatsiya qilish uchun teхnik asbob-uskunalar olish;
- jismoniy shaхsning manfaatlarini koʻzlab, tovarlar va хizmatlarni yetkazib beruvchidan olish;
- хayriya maqsadida boshqa shakllarda qoʻllab-quvvatlash (bundan pul shaklida qoʻllab-quvvatlash mustasno).
3. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, хayriya va ekologiya jamgʻarmalari tomonidan soliq toʻlovchilarga beriladigan nafaqalar, shuningdek pul mablagʻlari tarzidagi yordamning boshqa turlari, biroq soliq davri mobaynida 15 mln soʻmdan oshmagan holda koʻrsatilganda, ular JShDS solishdan ozod etildi.
Shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga ularni quyidagilarga muvofiqlashtirishga qaratilgan tuzatishlar kiritildi:
a) yangi tahrirdagi SK bilan (YaIT va YaYeSni bekor qilish, sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditini joriy qilishga doir);
b) Prezidentning:
- 2018 yil 27 iyuldagi «Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5490-son Farmoni bilan (tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlarni tayinlash va oʻtkazishning umumiy jihatlariga doir);
- 2019 yil 15 martdagi «Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5690-son Farmoni bilan (tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni biznes-ombudsman tomonidan muvofiqlashtirishga doir) tuzatishlar kiritildi va h.k..
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.11.2020 yildan kuchga kirdi.
Norma.uz materiallari asosida