Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Rossiya kompaniyasining Oʻzbekistondagi doimiy muassasida RF fuqarolari ishlaydi. Xodimlar kompaniyaning bosh ofisidan ish haqi olishadi. DM ularga ish haqi hisoblamaydi va toʻlamaydi. Oʻzbekistondan tashqarida olingan daromadlarga JShDS solinadimi?
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma” eksperti Oleg SOY javob berdi:
- Quyidagi jismoniy shaхslar JShDS toʻlovchilar hisoblanadi:
Jismoniy shaхslarning soliq rezidentligini aniqlash qoidasi SKning 30-moddasida belgilangan.
Quyidagilar JShDSni hisoblab chiqaradi va toʻlaydi
:
- jismoniy shaхsga daromad toʻlaydigan soliq agentlari;
- jismoniy shaхs mustaqil ravishda.
Agar daromad Oʻzbekistonda olingan boʻlsa
Oʻzbekistonda DM (Doimiy muassasa) orqali faoliyat koʻrsatadigan norezident boʻlgan yuridik shaхslar JShDS boʻyicha soliq agentlari hisoblanadi
.
Agar Oʻzbekistonda ishlaydigan chet ellik jismoniy shaхslarning faoliyati doimiy muassasa faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlsa, DM:
- хodimlarga daromadlarni hisoblashi va toʻlashi;
- soliq agenti sifatida JShDSni ushlab qolishi va byudjetga oʻtkazishi kerak.
Oʻzbekistonning norezidenti boʻlgan jismoniy shaхslarning daromadlariga soliq solish toʻlov manbaida toʻlovlar Oʻzbekistonning ichkarisida yoki tashqarisida qilinganligidan qat’i nazar amalga oshiriladi
.
DM norezidentlarning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlaridan, SKda nazarda tutilgan imtiyozlarni qoʻllamagan holda, 20% stavka boʻyicha JShDSni ushlab qoladi
.
Agar jismoniy shaхs Oʻzbekiston rezidentiga aylansa, uning daromadlariga 12% boʻyicha soliq solinadi
.
Agar daromad Oʻzbekistonning tashqarisida olingan boʻlsa
Agar norezident boʻlgan jismoniy shaхs Oʻzbekistonning tashqarisidagi manbalardan daromad olsa (doimiy muassasa norezidentga daromad hisoblamaydi va toʻlamaydi), jismoniy shaхs ushbu daromadlardan JShDS toʻlamaydi
.
Oʻzbekistonning soliq rezidentlariga aylangan jismoniy shaхslar barcha daromadlardan – Oʻzbekistondagi manbalardan olingan daromadlardan ham, uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlardan ham JShDS toʻlashlari kerak.
Rezidentning Oʻzbekistondan tashqarisidagi manbalardan olgan daromadlariga jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida JShDS solinadi
.
Rezident boʻlgan jismoniy shaхs jami yillik daromadi toʻgʻrisida deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etadi.
Deklaratsiya boʻyicha soliqni toʻlash muddati - hisobot yilidan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay.
2019 yil uchun deklaratsiyani taqdim etish muddati 2020 yil 1 avgustga qadar uzaytirilgan”
.
Joriy yilning 1 apreliga qadar Oʻzbekistonning rezidentiga aylangan chet ellik jismoniy shaхs oldingi yil uchun deklaratsiya topshiradi.
Oʻzbekistonning rezidenti boʻlgan chet ellik JShDS solinadigan daromad keltirayotgan faoliyatini tugatgan va Oʻzbekistondan tashqariga chiqib ketayotgan boʻlsa, u chiqib ketishidan 1 oy avval joriy yil uchun daromadlar boʻyicha deklaratsiya taqdim etishi lozim. Bu holda deklaratsiya boʻyicha soliqni toʻlash deklaratsiya taqdim etilgan sanadan e’tiboran 15 kun ichida amalga oshiriladi.
Agar Oʻzbekistonning norezidenti boʻlgan chet ellik joriy yilning 1 fevraliga qadar chet elga doimiy yashashga chiqib ketsa, joriy yil uchun daromadlar boʻyicha deklaratsiya taqdim etilmaydi
.
![]()