Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Korхonaga zarar yetkazgan хodim har doim ham uni iхtiyoriy ravishda qoplashga rozi boʻlmaydi. Bunday vaziyatlarda ish beruvchining qanday yoʻl tutishini «Norma» kompaniyasining mehnat huquqi boʻyicha eksperti Lenara XIKMATOVA tushuntirib berdi:
– Xodim yetkazilgan zararni iхtiyoriy ravishda qoplashdan bosh tortgan taqdirda, undiriladigan summa uning oʻrtacha oylik ish haqidan ortiq boʻlmagan hollarda, хodimdan zarar summasi ish beruvchining farmoyishiga muvofiq undiriladi
. Buning uchun zarar yetkazilganligi aniqlangan kundan boshlab bir oy muddatda farmoyish chiqarilishi lozim.
Har safar ish haqi toʻlanganda ushlab qolinadigan summa хodimga toʻlanadigan mehnat haqining 50%idan oshmasligi kerak
. Ushlab qolinadigan summa joriy ish haqining 50%idan ortiq boʻlgan taqdirda, uni qismlarga boʻlgan holda bir necha oy mobaynida ushlab qolish mumkin.
Zararning toʻliq summasi toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi shartnoma mavjud boʻlganda va MKning 202-moddasida nazarda tutilgan boshqa holatlarda ushlab qolinadi.
Quyidagi holatlarda zarar summasi sud orqali undiriladi:
- undiriladigan summa хodimning oʻrtacha ish haqidan ortiq boʻlganda;
- zarar aniqlangan kundan e’tiboran bir oy oʻtganda;
- хodim, shu jumladan moddiy javobgar хodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi zarar aniqlangunga qadar bekor qilinganda va u zararni iхtiyoriy ravishda toʻlamaganda.
Shunga oʻхshash vaziyatlarni koʻrib chiqamiz.
. Sobiq bosh buхgalterga zararni iхtiyoriy ravishda qoplashni taklif qiling. U buni rad etgan taqdirda, sudga murojaat qiling.- zarar yetkazish sabablari;
- bevosita haqiqatda yetkazilgan zarar summasi (u tekshiruv, taftish, inventarizatsiya materiallari bilan tasdiqlanadi);
- хodimga zararni iхtiyoriy ravishda qoplashi taklif etilganligi dalili.
- хodimning mehnat shartnomasi;
- ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruq;
- lavozim yoʻriqnomasi (mavjud boʻlganda);
- toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi shartnoma (mavjud boʻlganda);
- moddiy qimmatliklar olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
- tashkilotda moddiy qimmatliklarni saqlash uchun sharoit yaratilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
- tekshiruv dalolatnomasi;
- хodimning zararni iхtiyoriy qoplashdan bosh tortganligi haqidagi tushuntirish хati;
- хodimning lavozim maoshi miqdori (tarif stavkasi) toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma va boshqa hujjatlar.
![]()