Vakillik xarajatlari boʻyicha QQS hisobi qanday yuritiladi?

preview

Deyarli har bir korxonada xoʻjalik faoliyati jarayonida vakillik xarajatlari yuzaga keladi. Ular boʻyicha QQS hisobini qanday toʻgʻri yuritishni buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma” eksperti  Irina AXMETOVA tushuntirdi:

- Tovarlar va xizmatlarni sotib olish va ularni vakillik xarajatlariga kiritishda ular boʻyicha QQS ushbu tovarlar va xizmatlar qiymatiga qoʻshiladi va xarajatlarga kiritiladi . Bunda QQS boʻyicha bunday xarajatlar foyda soligʻi hisob-kitobida chegirib tashlanadi .

Eslatib oʻtamiz
Vakillik xarajatlari jumlasiga korxonaning oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yoki uni qoʻllab-quvvatlash uchun kelgan shaxslarni, shuningdek boshqaruv va nazorat organlari majlislari ishtirokchilarini qabul qilish va xizmat koʻrsatish uchun xarajatlari kiradi. Bu – koʻrsatilgan shaxslarning rasmiy qabulini oʻtkazish, ularning transport ta’minoti, ovqatlantirish va yashashi uchun xarajatlar, qabul qiluvchi korxona shtatida boʻlmagan tarjimonlar xizmatiga haq toʻlash.

Vaziyatni aniq misolda koʻrib chiqamiz.

QQS toʻlovchisi boʻlgan korxona oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun chet el firmalari vakillarini oʻzida qabul qiladi. Shu munosabat bilan u quyidagi chiqimlarni amalga oshirdi:

  • mehmonlarning yashashi va ovqatlanishi mehmonxonaning hisobvaraq-fakturasiga asosan – 5 750 ming soʻm QQS bilan;

transport xizmati koʻrsatish avtotransport korxonasining hisobvaraq-fakturasiga asosan – 1 150 ming soʻm QQS bilan.

Buxgalteriya hisobida vakillik xarajatlari bunday aks ettiriladi:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa,

ming soʻm

Schyotlar korrespondensiyasi

Debet

Kredit

Chet el firmalari vakillarining yashashi, ovqatlanishi va ularga transport xizmati koʻrsatish bilan bogʻliq vakillik xarajatlari aks ettirilgan (5 750 + 1 150)

6 900

9420

6010

6990

QQS boʻyicha hisobotda vakillik xarajatlari bunday aks ettiriladi:

  • EHF ma’lumotlari avtomatik tarzda Xaridlar reyestrida aks ettiriladi . Bunda 6 va 7-ustunlarda koʻrsatilgan summalarni hisobga olinmaydigan sifatida 8 va 9-ustunlarda takrorlash zarur». 

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text165098_vakillik_harajatlari_buyicha_qqs_hisobi_qanday_yuritiladi