2021 yilda soliq solishda nimalar oʻzgaradi

preview

Moliya vazirligi "Soliq siyosatining 2021 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlarini qabul qilish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonun loyihasiga press-relizni e’lon qildi. Batafsil – buxgalter.uz sharhida.

Soliq stavkalari

2021 yilda quyidagi asosiy soliq stavkalarini saqlab qolish nazarda tutilmoqda:

  • QQS - 15%;
  • foyda soligʻi - 15%, soliq toʻlovchilarning alohida toifalari uchun - 20%;
  • JShDS - 12%;
  • yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi - 2%;
  • qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun yer soligʻi - 0,95%;
  • ijtimoiy soliq: xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar - 12%, byudjet tashkilotlari - 25%;
  • aylanmadan olinadigan soliq, bazaviy stavka - 4%.

SK tarkibiga aksiz soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va qat’iy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining stavkalarini, shuningdek ushbu stavkalarni qoʻllash bilan bogʻliq ayrim normalar kiritiladi.

Aksiz soligʻi

Aksiz boʻyicha import va ishlab chiqarish uchun aksiz soligʻi aksariyat stavkalarini tenglashtirish nazarda tutiladi. Faqat alkogolli mahsulotlar, tamaki mahsulotlari va tayyor shakarni  import va ishlab chiqarish uchun turli stavkalar saqlab qolinadi.

Mutlaq miqdorda belgilangan soliq stavkalari 1 fevraldan boshlab indeksatsiya qilinadi:

  • alkogolli mahsulotlar, shu jumladan pivoga, shuningdek tamaki mahsulotlari uchun 2 bosqichda: 2021 yil 1 fevraldan boshlab - 2020 yilda ularni indeksatsiya qilinishi rad etilganligini hisobga olgan holda, hamda 2021 yil 1 sentyabrdan - oʻrtacha 7,5%ga;
  • AI-80 markali benzin – oktan sonidan qat’i nazar 2022 yilda aksiz soligʻi stavkalarini tenglashtirish uchun 20%ga (jadal sur’atlarda);
  • dizel yoqilgʻisi, EKO, dizel yoqilgʻisi va dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi – 20%ga.

Import boʻyicha 73 ta tovar pozitsiyasiga aksiz soligʻini bekor qilish taklif etilmoqda. Ular orasida - oziq-ovqat mahsulotlari (20 turdagi tovarlar -sharbatlar, pishloq, tvorog, margarin, unli qandolat mahsulotlari, kolbasa va shunga oʻxshash goʻsht mahsulotlari va h.k.), elektrotexnika tovarlari boʻyicha (35 turdagi tovarlar - muzlatgichlar, televizorlar, gaz plitalari, changyutgichlar, kir yuvish mashinalari va h.k.) va boshqa tovar pozitsilari.

Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar uchun mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz soligʻi stavkasi 20%dan 15%gacha pasaytirilmoqda.

Hushboʻylashtiruvchi yoki rang beruvchi qoʻshimchalarsiz oq shakarni Oʻzbekiston hududiga olib kirishga 20% stavka boʻyicha soliq solish taklif qilinmoqda. Bunda, shakar hom ashyosini olib kirishga aksiz soligʻi solinmaydi.

QQS

Qonun loyihasi bilan tushum hajmidan qati nazar QQS toʻlaydigan korxonalar doirasini kengaytirish nazarda tutilgan. Ular jumlasiga quyidagilar kiritilishi kerak:

  • alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish boʻyicha turgʻun savdo shoxobchalari;
  • bozorlar va savdo komplekslari.

Amaldagi qoidalarga binoan 2020 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar boʻlgan davrda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga 1 mlrd soʻmdan oshmaydigan va EHFni qoʻllaydigan QQS toʻlovchilar QQSni har choraklik asosida hisoblash va toʻlashga haqli . Ushbu normani kelgusida ham saqlab qolish va uni Soliq kodeksida doimiy ravishda nazarda tutish taklif etiladi.

Qonun loyihasida valyuta tushumi summasi tushishidan qat’iy nazar haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanadigan) QQSni hisobga olish imkoniyati nazarda tutilmoqda. Bu konsignatsiya (toʻlovni kechiktirish) shartlari bilan eksportga tovarlarni joʻnatishni amalga oshiruvchi eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlashga va aylanma mablagʻlarini band qilishni oldini olishga imkon beradi. Bugungi kunda tovarlarni eksport qilishda nol darajali stavkani qoʻllash eksport qilinayotgan tovarlar uchun haq toʻlanganligini tasdiqlovchi bank koʻchirmasi mavjudligi bilan shartlangan .

JShDS va ijtimoiy soliq

Pensiyalarni hisoblash tartibini soddalashtirish maqsadida jismoniy shaxslarning ayrim toifasi uchun ijtimoiy soliq stavkalarini unifikatsiya qilish taklif etiladi. Xususan, oʻzini-oʻzi band qilgan jismoniy shaxslar, “Usta-shogird” maktablari oʻquvchilari - ular 25 yoshga toʻlguniga qadar ishlagan davri, dehqon xoʻjaliklari, shuningdek mehnat shartnomasi asosida chet elda yollanib ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolari, shuningdek savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) tashkilotlarda ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolariga mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun yiliga kamida 1 BHM miqdorida ijtimoiy soliq toʻlaydilar. Toʻlochilarning ushbu toifasi uchun qonun loyihasida ijtimoiy soliqni toʻlash muddatlari aniqlashtiriladi.

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yer soligʻi

Qonun loyihasida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha kamaytirilgan stavkaning 0,2%dan 0,4%gacha va alohida ob’yektlar va yer uchastkalariga nisbatan yuridik shaxslarning yer soligʻi stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi koyeffitsiyentning 0,1%dan 0,25%gacha oshirilishi nazarda tutilmoqda. Bu ularni mol-mulk soligʻi va yer soligʻining bazaviy stavkaga bosqichma-bosqich yetkazish imkonini beradi.

Eslatib oʻtamiz: mol-mulk soligʻi boʻyicha kamaytirilgan stavka va yer soligʻi stavkalariga kamaytiruvchi koeffitsiyent avval soliq imtiyozlari berilgan ob’yektlarga nisbatan 2020 yil 1 yanvardan kiritildi.

Yer soligʻi boʻyicha qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun, respublika hududlari kesimida mutlaq kattalikda, ularni 15% indeksatsiya qilinishini hisobga olgan holda, bazaviy soliq stavkasi belgilanmoqda. Soliq stavkalarining aniq miqdori mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ularning nufuzli tuman va iqtisodiy rivojlanishiga qarab oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda belgilangan stavkalar asosida aniqlanadi.

Meva-sabzavotchilik qishloq xoʻjaligi korxonalarini 2021 yildan boshlab qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatidan kelib chiqib, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar kabi yer soligʻi stavkasini belgilagan holda, yer soligʻini hisoblab chiqarishga qaytish nazarda tutilmoqda. Bu mazkur toifadagi yerlarga soliq solishning yaggona tartibini belgilash imkonini beradi.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq stavkasi soliq toʻlovchilarning toifalari kesimida, shuningdek belgilangan maqsadlarda ishlatiladigan suv hajmi qismida belgilanmoqda. Bu soliqni hisoblab chiqarish maqsadida har xil maqsadlar uchun ishlatiladigan suv resurslari hajmining hisobini alohida yuritishni taqozo etadi.

Soliq stavkalari 15%ga, iqtisodiyotning alohida tarmoqlari uchun 30%ga indeksatsiya qilinmoqda. Indeksatsiya qilish maqsadi - stavkalarni sanoat korxonalari uchun belgilangan yagona soliq stavkasiga bosqichma-bosqich yetkazish.

Kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari uchun suv resusrlaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020 yil darajasida saqlab qolinmoqda.

Qishloq xoʻjalik yerlarini sugʻorish uchun ishlatiladigan suv hajmi va baliqlarni oʻstirish (yetishtirish), shu jumladan dehqon xoʻjaliklari uchun foydalaniladigan suv hajmi boʻyicha 1 kub metri uchun 40 soʻm yagona soliq stavkasi belgilanmoqda.

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha alohida qurilish foydali qazilmalari boʻyicha stavkalar unifikatsiya qilinmoqda. Bu noruda foydali qazilma konlarini oʻzlashtirish va ularni, ayniqsa daryo oʻzanlaridan, samarali qazib olishini ta’minlashga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratadi.

Yangi tahrirdagi SK normalarining amaliy ta’siri va samaradorligini monitoring va tahlil qilish doirasida mutaxassislar, tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek soliq maslahatchilari va ekspertlarning takliflaridan kelib chiqib SKga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha alohida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text165106_2021_yilda_soliq_solishda_nimalar_uzgaradi