Onlayn-kassalar bilan ishlash qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi

preview

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn nazorat-kassa  mashinalari  va virtual kassa tizimini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga tuzatishlar kiritildi . Ular 2021 yil 1 martdan e’tiboran kuchga kiradi. Eng dolzarb jihatlari – buxgalter.uz sharhida.

1. «Z-hisobot» tushunchasiga tuzatish kiritildi

Endi ushbu atama ostida fiskal modulning operativ xotirasidagi cheklarning asosiy fiskal ma’lumotlarini boʻshatib, ularni modulning fiskal xotirasiga joylashtirgan holda shakllanadigan hisobot shakli. Bunda Z-hisobotning ochilish va yopilish vaqtlari qayd etiladi. Va u korxonaning ixtiyoriga koʻra oʻrnatilishi mumkin.

2. Onlayn-NKM va virtual kassalar cheklari ma’lumotlar bilan toʻldiriladi

Ularda chekdan toʻlanadigan QQSni (bugungi kunda faqat tovardan toʻlanadigan stavkalar va summalarni yozish zarur), shuningdek – Tovarlarning (xizmatlarning, ishlarning) yagona elektron klassifikatori kodini topish mumkin boʻladi.

Bundan tashqari, ilgarigidek cheklarda quyidagilarni topish mumkin:

  • chekning tartib raqami;
  • onlayn-NKMning zavod raqami yoki virtual kassaning seriya raqami;
  • tadbirkorlik sub’yektining nomi;
  • uning STIRi;
  • pulli hisob-kitoblar amalga oshiriladigan manzil (xaridorga yetkazib berish xizmati amalga oshirilgan taqdirda yetkazib beruvchi tadbirkorlik sub’yektining yuridik manzili);
  • tovar/xizmat nomi;
  • markirovka qilinadigan tovarlar uchun - markirovka kodi;
  • tovar/xizmat miqdori;
  • tovar/xizmat narxi (qiymati);
  • tovar/xizmatning QQS stavkasi;
  • tovar/xizmatning QQS summasi;
  • toʻlov shakli: naqd, plastik karta yoki aralash;
  • toʻlovning jami summasi;
  • toʻlov sanasi va vaqti;
  • fiskal modulning takrorlanmaydigan raqami;
  • fiskal belgi;
  • berilgan kassa chekining haqiqiyligini tekshirish uchun kamida 30x30 millimetr oʻlchamdagi QR-kod;
  • xaridor tomonidan koʻrsatiladigan boshqa rekvizitlar.

3. Koʻchma savdo bilan shugʻullanadigan tadbirkorlar uchun qoidalar belgilandi

Nizomga qoʻshimcha kiritildi, u bilan koʻchma savdo sub’yektlari uchun onlayn-NKM va virtual kassani roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari belgilanadi. Ular oʻz kassa qurilmalarini tadbirkorlik sub’yekti roʻyxatdan oʻtgan joy boʻyicha tuman (shahar) DSIdan roʻyxatdan oʻtkazishlari kerak.

Onlayn-NKM yoki virtual kassani DSXOda roʻyxatdan oʻtkazish uchun tadbirkorlik sub’yektlari aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishni boshlashdan oldin belgilangan shakl boʻyicha tuzilgan elektron yoki yozma ariza bilan Davlat reyestriga kiritilgan TXKM yoki uning hududiy filialiga murojaat qiladi.

Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilish zarur:

  • turgʻun shoxobcha (ofis, bosh doʻkon) mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning nusxalari (bino, inshootning yoki uning qismining ijara shartnomasi yoki kadastr hujjatlari);
  • onlayn-NKM va (yoki) virtual kassaga texnik xizmat koʻrsatish va ta’mirlash toʻgʻrisida TXKM bilan shartnoma nusxasi;
  • turgʻun savdo (xizmat koʻrsatish) shoxobchasi manzilining xaritadagi koordinatasi.

4. Soliqchilar uchun onlayn-NKM va virtual kassalarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalarin koʻrib chiqish muddatlari cheklandi

Bugungi kunda Nizomda faqat TXKM xodimiga tadbirkorlik sub’yekti tomonidan ariza taqdim etilgan paytdan e’tiboran 4 soat ichida  onlayn-NKM yoki virtual kassani roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlarni soliq organlariga berish majburiyatini yuklaydigan norma mavjud.

Endi esa Nizom norma bilan toʻldirilmoqda, unga asosan davlat soliq xizmati organlari hujjatlarni maxsus axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazilgan (TXKMdan joʻnatilgan paytdan e’tiboran) sanadan e’tiboran 8 ish soatida koʻrib chiqishlari shart.

5. Kvitansiyalar bergan holda sotuvlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni onlayn-NKM yoki virtual kassaga kiritilishi zarur

Onlayn-NKM yoki virtual kassa buzilgan holda zaxiradagi qurilmani oʻrnatgunga qadar Nizom tadbirkorlik sub’yektlariga belgilangan namunadagi kvitansiyani berishga ruxsat beradi. Hujjat tadbirkorlarga ushbu kvitansiyalar boʻyicha ma’lumotlarni zaxiradagi qurilma oʻrnatilgandan soʻng yoki ta’mirlash tugagandan keyin onlayn-NKM yoki virtual kassalar tizimiga kiritish majburiyatini yuklaydigan norma bilan toʻldirildi. Mohiyatiga koʻra, bu shuni anglatadiki, kvitansiyalarda mavjud ma’lumotlarga oʻxshash ma’lumotlar bilan cheklar urilishi kerak.

6. Ekspertiza uchun muddatlar oshirildi

Agar tekshiruvchilar va nazorat qiluvchi organlarda onlayn-NKM yoki virtual kassaning sozligi yuzasidan shubha paydo boʻlsa, ular uni ekspertiza uchun olishlari mumkin. Amaldagi normalarga binoan bunday ekspertiza olib qoʻyilgan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida oʻtkazilishi kerak. Tuzatishlar kuchga kirgandan keyin ushbu muddatning davomiyligi 10 kunga qadar uzaytiriladi.

7. Fiskal modul uchun qanday haq toʻlash aniqlashtirildi

Nizomning 55-bandiga asosan tadbirkorlik sub’yektlarini fiskal modul bilan ta’minlash va operator tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun yilda bir marta BHMning 1 baravari miqdorida toʻlov undiriladi. Aniqlashtirilishicha, ushbu toʻlov ham naqd, ham naqdsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin.

Oleg GAYeVOY

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text165268_onlayn-kassalar_bilan_ishlash_qoidalariga_uzgartirishlar_kiritildi