9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Qonun hujjatlariga turli sohalarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni soddalashtiruvchi tuzatishlar kiritildi. Batafsil – norma.uz portali sharhida.
1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar-hunarmandlar koʻpi bilan 5 nafar shogirdni jalb qilishlari mumkin boʻlgan shart bekor qilindi. Ularning soni endi cheklanmaydi (“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun).
2. Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkalari, jumladan sochma oltin konlarining eng yuqori oʻlchamlari 1 gektardan 5 gektargacha oshirildi ( “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonun).
3. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tugatilayotganda oʻzlarining arxiv hujjatlarini endi davlat yoki nodavlat arxivlariga topshirishga haqlidirlar (“Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonun). Ilgari qonun bunday tanlov imkoniyatini taqdim etmagan – hujjatlar faqat davlat arxiviga topshirilgan.
Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 4.12.2020 yildan kuchga kirdi.
Norma.uz materiallari asosida.