9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Ishlab chiqarish korxonasi mahsulot ishlab chiqarish uchun xom ashyo va materiallarni import qiladi va ularni tovar sifatida olib sotmaydi. Import qilingan tovarlarni realizatsiya qilishda QQS boʻyicha soliq bazasini aniqlash normasi bunday korxonaga nisbatan tatbiq etiladimi?
Moliya vazirligining bilvosita soliqlar va bojxona toʻlovlari metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Bahodir BOYQABILOV buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga javob berdi:
- Import qilingan tovarlarni realizatsiya qilish chogʻida QQS boʻyicha soliq bazasi ushbu tovarlarni import qilish chogʻida byudjetga haqiqatda toʻlangan soliq hisoblab chiqarilgan qiymatdan past boʻlishi mumkin emas
. Mazkur norma faqat import qilingan tovarlarni realizatsiya qilish chogʻida qoʻllaniladi.
Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida import qilingan xom ashyodan foydalanadigan ishlab chiqarish korxonasi mazkur normani qoʻllamaydi, sababi ushbu xom ashyoni realizatsiya qilmaydi, balki uni ishlab chiqarishga sarflaydi.
Agar korxona qandaydir sabablarga binoan import qilingan xom ashyoni sotishga qaror qilsa, bu holda QQS boʻyicha byudjet bilan hisob-kitoblarda u import qilishda toʻlangan soliq summasini hisobga olishi kerak. Xaridorlar bilan hisob-kitoblarda bitim taraflari tomonidan qoʻllanilgan narxdan kelib chiqqan holda QQS summasi hisobga olinishi kerak
. Biroq, agar xom ashyo bojxona organlari tomonidan “import” QQS hisob-kitobi uchun qabul qilingan qiymatdan past qiymatda realizatsiya qilinsa, byudjet bilan hisob-kitoblarda qoʻshimcha soliq hisoblashga toʻgʻri keladi.
QQS
boʻyicha hisobotda bojxona organlari tomonidan tovarlarni import qilish chogʻida QQSni hisoblab chiqarish va toʻlash uchun aniqlanadigan qiymat va import qilingan tovarlarni QQSsiz realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi ijobiy farq QQS hisob-kitobiga 1-ilovaning 0104-satrida aks ettiriladi. Bunda ushbu hisobot shakliga izohlarda 0104-satr import qilingan tovarlarni sotish boʻyicha savdo faoliyatini yurituvchi import bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan toʻldirilishi koʻrsatilgan.
Qoʻshimcha hisoblangan QQS summasi davr xarajatlariga kiritiladi (9430-schyot) va foyda soligʻi hisob-kitobida chegiriladi.
![]()