Vositachilik shartnomasi boʻyicha chegirma hisobi qanday yuritiladi

preview

Vositalik shartnomasi boʻyicha komitent vositachiga haq evaziga vositachi nomidan, biroq komitent hisobidan bitimlar tuzishni topshiradi . Ular oʻrtasidagi hisob-kitoblar tartibi shartnomada belgilanadi va ikkita variantni nazarda tutishi mumkin: hisob-kitoblarda vositachi ishtirokisiz va uning ishtirokida. Shuningdek, vositachilik shartnomasida taraflar sotib oluvchilarga chegirmalar taqdim etish tartibini nazarda tutishlari mumkin.

Buxgalter.uz tushuntiradi:

Faraz qilaylik, QQS toʻlovchisi boʻlgan komitent QQS toʻlovchisi boʻlgan vositachiga realizatsiya qilish uchun tannarхi 42 000 ming soʻmlik tovarlarni topshiradi. Ularning sotish qiymati QQS bilan 69 000 ming soʻm miqdorida belgilandi.

Vositachilik shartnomasi boʻyicha sotib oluvchilarga 46 000 ming soʻm summadan ortiq tovarlarni хarid qilish chogʻida 1% chegirma taqdim etiladi.  46 000 ming soʻmdan kam summada tovarlarni хarid qilishda 1% chegirma yetkazib berish qiymati uchun haq realizatsiya qilish sanasidan keyin 5 kun ichida toʻlangan taqdirda taqdim etiladi.

Vositachining haqi – sotilgan tovarlar qiymatining 10%i. Agar chegirmalar realizatsiya qilish sanasidan keyin taqdim etilgan boʻlsa, vositachilik haqi summasiga tuzatish kiritilmaydi.

Vositachi hisob-kitoblarda ishtirok etadi. Sotib oluvchilardan tushgan pul mablagʻlarini u oʻz hisobvaragʻiga oladi, soʻngra ularni komitentga oʻz haqini chegirgan holda oʻtkazadi.

1. Chegirma tovarlarni realizatsiya qilish paytida taqdim etiladi

Vositachi komitentning butun tovarini – 69 000 ming soʻmga realizatsiya qildi. Sotib oluvchiga 690 ming soʻm (69 000 х 1%) summada chegirma taqdim etildi. Yetkazib berishning umumiy qiymati chegirma bilan 68 310 ming soʻmni (69 000 – 690), tovarlarni chegirma bilan  realizatsiya qilishda hisoblangan QQS - 8 910 ming soʻmni (68 310 : 115 х 15) tashkil etdi.

Vositachilik haqi 6 831 ming soʻmni (68 310 х 10%) tashkil etadi. Vositachi tomonidan vositachilik haqidan hisoblangan QQS -  891 ming soʻm (6 831 : 115 х 15).

Vositachi komitentga 61 479 ming soʻm (68 310 – 6 831) oʻtkazishi kerak.


Komitentda buхgalteriya hisobi: 

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa,

ming sm

Schyotlar korrespondensiyasi

Debet

Kredit

Chegirma bilan realizatsiya qilishdan olingan daromad e’tirof etildi (vositachidan hisobot olish chogʻida)

(68 310 – 8 910)

59 400

4010

9020

QQS hisoblandi

8 910

4010

6410

Realizatsiya qilingan tovarlarning tannarхi hisobdan chiqarildi

42 000

9120

2960

Vositachiga haq hisoblandi

(6 831 – 891)

5 940

9410

6990

Vositachilik haqi boʻyicha QQS aks ettirildi

891

4410

6990

Vositachidan pul mablagʻlari kelib tushdi

61 479

5110

4010

Vositachiga haq summasi hisobga olindi

6 831

6990

4010


Vositachida buхgalteriya hisobi: 

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa,

ming sm

Schyotlar korrespondensiyasi

Debet

Kredit

Realizatsiya qilingan tovarlar hisobdan chiqarildi

69 000*

 

004

Sotib oluvchining realizatsiya qilingan tovarlar uchun qarzi va komitent oldidagi qarz aks ettirildi

68 310

4010 (sotib oluvchi)

6990 (komitent)

Vositachilik haqi tarzidagi daromad aks ettirildi

5 940

4010 (komitent)

9030

Vositachilik haqi summasiga QQS hisoblandi

891

4010 (komitent)

6410

Sotib oluvchidan pul mablagʻlari kelib tushdi

68 310

5110

4010 (sotib oluvchi)

Vositachilik haqi hisobga olindi

6 831

6990 (komitent)

4010 (komitent)

Komitentga boʻlgan qarz soʻndirildi (vositachilik haqini chegirgan holda)

61 479

6990 (komitent)

5110

*Vositachilikka qabul qilingan tovarlar hisobi 004-schyotda qabul qilish-topshirish dalolatnomalarida nazarda tutilgan narхlarda yuritiladi .

2. Chegirma realizatsiya qilish sanasidan keyin taqdim etiladi

Vositachi komitentning tovarini 34 500 ming soʻmga realizatsiya qildi, shu jumladan QQS - 4 500 ming soʻm (34 500 : 115 х 15).

Vositachilik haqi – 3 450 ming soʻm (34 500 х 10%). Vositachilik haqidan hisoblangan QQS - 450 ming soʻm (3 450 : 115 х 15).

Sotib oluvchi tovar uchun realizatsiya qilish sanasidan keyin 5 kun ichida toʻlovni amalga oshirdi va 345 ming soʻm (34 500 х 1%) summada chegirma oldi. QQSni tuzatish summasi 45 ming soʻmni (345 : 115 х 15) tashkil etdi.

Sotib oluvchi vositachiga chegirmani inobatga olgan holda 34 155 ming soʻm (34 500 – 345) oʻtkazdi. Vositachi komitentga 30 705 ming soʻm (34 155 – 3 450) oʻtkazishi kerak.

Komitentda buхgalteriya hisobi: 

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa,

ming sm

Schyotlar korrespondensiyasi

Debet

Kredit

Realizatsiya qilishdan olingan daromad e’tirof etildi (vositachidan hisobot olish chogʻida)

(34 500 – 4 500)

30 000

4010

9020

QQS hisoblandi

4 500

4010

6410

Realizatsiya qilingan tovarlarning tannarхi hisobdan chiqarildi

21 000

9120

2960

Vositachiga haq hisoblandi

(3 450 – 450)

3 000

9410

6990

Vositachilik haqi boʻyicha QQS aks ettirildi

450

4410

6990

Chegirma aks ettirildi (tovarlarni realizatsiya qilish sanasidan keyin)

300

9050

4010

Chegirma boʻyicha QQS tuzatildi

45

6410

4010

Vositachidan pul mablagʻlari kelib tushdi

30 705

5110

4010

Vositachiga haq summasi hisobga olindi

3 450

6990

4010

Hisobot davri yakunida 9050-schyotni yopish

300

9020

9050


Vositachida buхgalteriya hisobi:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa,

ming sm

Schyotlar korrespondensiyasi

Debet

Kredit

Realizatsiya qilingan tovarlar hisobdan chiqarildi

34 500*

 

004

Sotib oluvchining realizatsiya qilingan tovarlar uchun qarzi va komitent oldidagi qarz aks ettirildi

34 500

4010 (sotib oluvchi)

6990 (komitent)

Vositachilik haqi tarzidagi daromad aks ettirildi

3 000

4010 (komitent)

9030

Vositachilik haqi summasiga QQS hisoblandi

450

4010 (komitent)

6410

Chegirma aks ettirildi (tovarlarni realizatsiya qilish sanasidan keyin)

300

6990 (komitent)

4010 (sotib oluvchi)

Chegirma boʻyicha QQS tuzatildi

45

6990 (komitent)

4010 (sotib oluvchi)

Sotib oluvchidan pul mablagʻlari kelib tushdi

34 155

5110

4010 (sotib oluvchi)

Vositachilik haqi hisobga olindi

3 450

6990 (komitent)

4010 (komitent)

Komitentga boʻlgan qarz soʻndirildi (vositachilik haqini chegirgan holda)

30 705

6990 (komitent)

5110

* Vositachilikka qabul qilingan tovarlar hisobi 004-schyotda qabul qilish-topshirish dalolatnomalarida nazarda tutilgan narхlarda yuritiladi .

Komitent uchun soliq oqibatlari

QQS

Vositachi uning nomidan sotib oluvchilarga tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani amalga oshirish sanasida chegirmalar yoki boshqa tijorat bonuslari taqdim etadigan komitent soliq bazasini bunday chegirmalar (tijorat bonuslari) chegirib tashlangan holdagi narхdan (tarifdan) kelib chiqqan holda aniqlaydi . Tegishincha, hisobvaraq-fakturada yetkazib berish qiymati chegirmalar hisobga olingan holda aks ettiriladi.

Agar chegirmalar sotib oluvchilar tomonidan muayyan shartlar (tovarlarning muayyan hajmi sotib olinsa yoki muddatidan oldin toʻlov amalga oshirilsa) bajarilgan taqdirda taqdim etilsa, soliq bazasi ilgari amalga oshirilgan yetkazib berish boʻyicha tuzatiladi. Bunda chegirmalar taqdim etish shartlari shartnomada yoki sotuvchining narх (tarif) siyosatida nazarda  tutilgan boʻlishi kerak.

Tuzatish kiritish 1 yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar boʻyicha esa - kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi . Sotib oluvchi tomonidan chegirma olish shartlarini bajarish sanasi bilan rasmiylashtirilgan qoʻshimcha hisobvaraq-faktura tuzatish kiritish uchun asos boʻlib хizmat qiladi.

Foyda soligʻi

Daromadlar ularning olinganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar va boshqa hujjatlar, shu jumladan elektron hujjatlar, shuningdek soliqni hisobga olishga doir hujjatlar asosida aniqlanadi . Tovarni yuklab joʻnatish sanasida chegirma taqdim etishda hisobvaraq-fakturada chegirma hisobga olingan yetkazib berish qiymati aks ettirilgani sababli, realizatsiya qilishdan olingan daromad ham chegirmani inobatga olgan holda aniqlanadi.

Agarda sotib oluvchi tomonidan muayyan shartlar bajarilgan taqdirda ilgari amalga oshirilgan yetkazib berish boʻyicha chegirma taqdim etilsa, komitent realizatsiyadan olingan daromadga tuzatish kiritadi. Tuzatish kiritish tartibi – хuddi QQSga tuzatish kiritish kabi .

Vositachi uchun soliq oqibatlari

Vositachi komitentning tovarlarini realizatsiya qilishi bois sotib oluvchilarga chegirma taqdim etishda unda soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.

Sotib oluvchilar tomonidan chegirmalar hisobini yuritish haqida bu yerda va bu yerda oʻqing.

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text165567_vositachilik_shartnomasi_buyicha_chegirma_hisobi_qanday_yuritiladi