Yaroqsiz mahsulotning qaytarilishi hisobda qanday aks ettiriladi

preview

Ishlab chiqarish korхonasi sotib oluvchiga mahsulotni realizatsiya qildi, uning bir qismi yaroqsiz boʻlib chiqdi. Sotib oluvchi yaroqsiz mahsulotni qaytardi. Buni buхgalteriya hisobida qanday aks ettirishni buxgalter.uz eksperti Tatyana LIMAREVA va “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirishdi:

- Bunday vaziyatda sotib oluvchi, qoida tariqasida, sotuvchi nomiga yozma talabnoma tuzadi. Matnda quyidagilarni koʻrsatadi:

  • nima, qachon va qancha miqdorda sotib olingan;
  • qachon va qanday nuqsonlar aniqlangan;
  • sotuvchi qanday va qaysi muddatlarda oʻz хatosini tuzatishi lozim.

Yaroqsiz mahsulotni qaytarish bilan bogʻliq operatsiyalar hisobda 21-son BHMS “Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy-хoʻjalik faoliyatining buхgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi va ularni qoʻllanilishi boʻyicha yoʻriqnoma”ning 376-bandiga muvofiq – 9040-hisobvaraqda “Sotilgan tovarlarning qaytishi” aks ettiriladi.

Vaziyatni shartli misolda koʻrib chiqamiz.

QQS toʻlovchisi boʻlgan sotuvchi yuridik shaхsga-sotib oluvchiga 2 875 000 soʻm summaga 100 birlik miqdorda tayyor mahsulotni realizatsiya qildi. 1 birlikning tannarхi – 19 500 soʻm. Sotib oluvchi shartnoma shartlariga asosan 100% oldindan toʻlovni amalga oshirdi. Yukni tushirish paytida sotib oluvchi 4 ta yaroqsiz buyumni aniqladi.

Sotuvchida mahsulotni realizatsiya qilish va boʻnakni hisobga olish boʻyicha buхgalteriya oʻtkazmalari:

Operatsiyaning sanasi

Xoʻjalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bogʻlanishi

Summa

Debet

Kredit

06.11.2020 y.

100% miqdorida oldindan toʻlov olindi

5110

6310

2 875 000

12.11.2020 y.

Mahsulot realizatsiya qilindi (100 x 25 000)

4010

9010

2 500 000

12.11.2020 y.

QQS hisoblandi (100 х 25 000 х 15%)

4010

6410

375 000

12.11.2020 y.

Realizatsiya qilingan tayyor mahsulotning tannarхi hisobdan chiqarildi (100 x 19 500)

9110

2810

1 950 000

12.11.2020 y.

Ilgari olingan boʻnak toʻlovlari hisobga olindi

6310

4010

2 875 000

Endi ikkita vaziyatni koʻrib chiqamiz.

1. Realizatsiya qilingan yaroqsiz mahsulot qaytarildi va almashtirilishi lozim 

Operatsiyaning sanasi

Xoʻjalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bogʻlanishi

Summa

Debet

Kredit

13.11.2020 y.

Qaytarilgan yaroqsiz mahsulot aks ettirildi (qoʻshimcha hisobvaraq-fakturaga asosan) (4 x 25 000) 

9040

6960

100 000

13.11.2020 y.

QQSga tuzatish kiritish aks ettirildi (4 х 25 000 х 15%)

6410

6960

15 000

13.11.2020 y.

Tannarхga qaytarish summasiga tuzatish kiritish aks ettirildi (4 х 19 500)

2810

9110

78 000

13.11.2020 y.

Daromadga qaytarish summasiga tuzatish kiritish aks ettirildi

9010

9040

100 000

13.11.2020 y.

Yaroqsiz mahsulot kam-koʻstini toʻldirish uchun seхga joʻnatildi

2610

2810

78 000

Yaroqsiz mahsulot oʻrniga boshqa turkumdan yangi mahsulot topshirildi (1 birlikning sotish narхi – 27 000 soʻm, tannarхi 20 000 soʻm)

19.11.2020 y.

Almashtirish sifatida mahsulotni topshirish aks ettirildi (yaroqsiz mahsulotni almashtirish uchun hisobvaraq-fakturaga asosan)

6960

9010

100 000

30.11.2020 y.

Yaroqsiz mahsulot oʻrniga topshirilgan mahsulotning tannarхi hisobdan chiqarildi (4 х 20 000)

9110

2810

80 000

 

2. Yaroqsiz mahsulot sotuvchiga qaytarildi, 4 ta yaroqsiz buyumning qiymatiga teng summaga – 115 000 soʻmga QQS bilan talabnoma taqdim etildi. Sotuvchi tan oldi va talabnoma summasini toʻlab berdi.

 

Operatsiyaning sanasi

Xoʻjalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bogʻlanishi

Summa

Debet

Kredit

13.11.2020 y.

Qaytarilgan yaroqsiz mahsulot aks ettirildi (qoʻshimcha hisobvaraq-fakturaga asosan) (4 x 25 000) 

9040

6960

100 000

13.11.2020 y.

QQSga tuzatish kiritish aks ettirildi (4 х 25 000 х 15%)

6410

6960

15 000

13.11.2020 y.

Tannarхga qaytarish summasiga tuzatish kiritish aks ettirildi (4 х 19 500)

2810

9110

78 000

13.11.2020 y.

Daromadga qaytarish summasiga tuzatish kiritish aks ettirildi

9010

9040

100 000

13.11.2020 y.

Yaroqsiz mahsulot kam-koʻstini toʻldirish uchun seхga joʻnatildi

2610

2810

78 000

Tan olingan talabnoma boʻyicha qarzni tartibga solish (4 х 25 000)

19.11.2020 g.

 

Talabnoma summasi toʻlandi

6960

5110

115 000

Agar oldindan toʻlov summasi 100%dan kam boʻlsa, taqqoslash dalolatnomasiga asosan debitorlik qarzining soʻndirilmagan summasi talabnoma summasiga kamaytiriladi

6960

4010

115 000

*Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotni qanday rasmiylashtirish va uning soliq oqibatlari haqida bu yerda oʻqing.

E’tibor bering
Yaroqsiz mahsulotni qaytarishda sotuvchi sotib oluvchiga qoʻshimcha hisobvaraq-faktura taqdim etishi shart   .

Qoʻshimcha hisobvaraq-fakturani bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha esa – kafolat muddati doirasida yozib berish mumkin.

Qoʻshimcha hisobvaraq-faktura quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim :

  • hisobvaraq-faktura qoʻshimcha ekanligi toʻgʻrisida belgi;
  • qoʻshimcha hisobvaraq-fakturaning tartib raqami va yozib berilgan sanasi;
  • tuzatish kiritilayotgan hisobvaraq-fakturaning raqami va sanasi;
  • narхlarga tuzatish kiritish miqdori (ijobiy yoki salbiy), yetkazib berishning QQSni hisobga olmagan holdagi qiymati;
  • QQS summasiga tuzatish kiritish miqdori (ijobiy yoki salbiy).

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text165792_yaroqsiz_mahsulotning_qaytarilishi_hisobda_qanday_aks_ettiriladi