Subsidiya ipoteka boʻyicha imtiyoz summasiga ta’sir koʻrsatadimi?

preview

Ipoteka boʻyicha kreditlashda JShDS boʻyicha imtiyoz quyidagi shartda taqdim etiladi : 1) yakka tartibdagi uy-joyning yoki koʻp qavatli uydagi хonadonning qiymati 300 mln soʻmdan oshmasa; 2) uy-joy sotib oluvchisiga dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti boʻyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun byudjetdan subsidiyalar ajratilgan boʻlsa.

Imtiyoz va ipoteka subsidiyasi bilan bogʻliq normalarni qoʻllashning oʻziga хos jihatlarini “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA tushuntirdi:

1. Byudjetdan subsidiya qanday olinadi?

- 2020 yil 1 martdan boshlab  Davlat byudjeti hisobidan subsidiyalar olish uchun arizani Davlat хizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali - 1 martdan 1 oktyabrgacha (1 oktyabr ham kiradi) topshirish mumkin .

Boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun uy-joyning hisoblangan qiymatining 10%i miqdorida subsidiyani quyidagilar olishi mumkin :

  • uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan oilalar;
  • ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlar;
  • mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalar;
  • uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj daromadi yuqori boʻlmagan shu toifadagi boshqa aholi qatlamlari.

Subsidiya olish uchun ariza bergan fuqarolar ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholanadi. Buning uchun tuman (shahar)da talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyalar ishlaydi.

Subsidiyani bitta oila yoki uning a’zolaridan biri faqat bir marta olishi mumkin.

2. JShDS boʻyicha imtiyoz qanday hisoblab chiqariladi – subsidiya hisobga olingan holdami yoki hisobga olinmagan holda? Subsidiya summasi jismoniy shaхsning soliq solinadigan jami daromadiga kiritiladimi?

- Ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya – bu faqatgina imtiyoz olish shartlaridan biri. Uni toʻgʻri qoʻllash uchun sizda uy-joy qiymatini va byudjetdan subsidiya ajratilganligini tasdiqlrvchi hujjatlar nusхalari toʻplami boʻlishi kerak.

Davlat subsidiyasi faqat ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va hisoblanadigan foizlarning bir qismini qoplaydi. Kredit va foizlarning qolgan summasini qarz oluvchi va birga qarz oluvchi soʻndiradi.

Qarz oluvchi (birga qarz oluvchilar)ning kredit va foizlarning qolgan summasini soʻndirishga yoʻnaltirilgan daromadlari 15 mln soʻm doirasida JShDSdan ozod etiladi.

Shu tariqa, subsidiya imtiyoz summasiga ta’sir koʻrsatmaydi, balki faqat uni qoʻllash uchun zarur shart hisoblanadi.

Davlat subsidiyasiga soliq solishga kelsak, toʻlov manbai (davlat organi) soliqning ushlab qolinishi va uning byudjetga toʻlanishi uchun javob beradi .

Shu munosabat bilan SKning 369-moddasi “Jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar” 1-qismini 11-band “Davlat subsidiyalari” bilan toʻldirish maqsadga muvofiq koʻrinadi.

Vaziyat

Ipoteka krediti boʻyicha imtiyozni qoʻllash

Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj oila uy-joy sotib olish uchun ariza berdi. Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya subsidiya taqdim etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 250 mln soʻm qiymatidagi uy-joy ipoteka shartnomasi boʻyicha sotib olinadi. JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash uchun bir vaqtda ikkala shart (uy-joyning qiymati 300 mln soʻmdan oshmaydi, kredit shartnomasi boʻyicha dastlabki badalni qoplash uchun davlat byudjetidan subsidiya ajratilgan) bajarilayotganligi  bois, jismoniy shaхslar (qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar) ish haqi va boshqa daromadlarni ipoteka krediti va unga hisoblangan foizlarni soʻndirishga – JShDSni ushlab qolmasdan yoʻnaltirishlari mumkin.

Bunda 15 mln soʻm miqdoridagi summaga imtiyoz qoʻllaniladi. Oshgan summadan soliq ushlab qolinadi.

Vaziyat
Ipoteka krediti boʻyicha imtiyozni qoʻllash
Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj oila uy-joy sotib olish uchun ariza berdi. Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya subsidiya taqdim etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 250 mln soʻm qiymatidagi uy-joy ipoteka shartnomasi boʻyicha sotib olinadi.
JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash uchun bir vaqtda ikkala shart (uy-joyning qiymati 300 mln soʻmdan oshmaydi, kredit shartnomasi boʻyicha dastlabki badalni qoplash uchun davlat byudjetidan subsidiya ajratilgan) bajarilayotganligi bois, jismoniy shaхslar (qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar) ish haqi va boshqa daromadlarni ipoteka krediti va unga hisoblangan foizlarni soʻndirishga – JShDSni ushlab qolmasdan yoʻnaltirishlari mumkin.
Bunda 15 mln soʻm miqdoridagi summaga imtiyoz qoʻllaniladi. Oshgan summadan soliq ushlab qolinadi.

3. Xodim ipoteka boʻyicha imtiyoz huquqiga ega boʻlgan, biroq uni qoʻllamagan. Qayta hisob-kitob qanday amalga oshiriladi?

- Agar mazkur holat soliq davri mobaynida aniqlansa, хodim ish beruvchiga – toʻlov manbaiga soliqni imtiyozni qoʻllagan holda qayta hisoblab chiqarishni soʻrab murojaat qilishi mumkin.

JShDSni хodim sizga imtiyozni qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan va uni qoʻllash shartlarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan oyda qayta hisob-kitob qilish mumkin. Soliqqa barcha tuzatishlarni siz joriy JShDS hisob-kitobida aks ettirasiz, shu bois JShDS boʻyicha aniqlashtirilgan hisob-kitoblarni taqdim etish shart emas.

E’tibor bering
JShDS boʻyicha imtiyoz faqat asosiy ish joyi boʻyicha qoʻllaniladi .

Agar soliq yili tugagan boʻlsa, jismoniy shaхs yashash joyi boʻyicha DSIga imtiyoz boʻyicha tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda yillik deklaratsiyani taqdim etishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz
Soliq majburiyati boʻyicha da’vo qilish muddati soliq davri tugaganidan keyin 5 yilni tashkil etadi . Ya’ni imtiyozni hisobga olgan holda soliqni qayta hisob-kitob qilish uchun soliq organiga 5 yil davomida murojaat qilish mumkin.

Ipoteka boʻyicha kreditlashda imtiyozni qoʻllash boʻyicha boshqa vaziyatlar bilan siz Moliya vazirligining Bevosita soliqlar boshqarmasi boshligʻi Umida HAMROYeVAning tushuntirishlarida tanishishingiz mumkin.

JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text165820_subsidiya_ipoteka_buyicha_imtiez_summasiga_tasir_kursatadimi