Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Alkogolli mahsulotlarni chakana sotish uchun yigʻim kamaytiriladi (Toshkent shahridan tashqari)
2021 yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonun alkogolli mahsulotlarni chakana sotish huquqi uchun yigʻim stavkalarini belgilaydi. Batafsil – buxgalter.uz sharhida:
Poytaхtda 2021 yil uchun yigʻim stavkalari oʻzgarmadi, Nukus shahri va viloyat markazlaridagi shaharlarda ular 16%ga kamaydi, boshqa shaharlarda – 25%ga, boshqa aholi punktlarida – 50%ga kamaydi:
|
№ |
Yigʻimlarning turlari
|
Bir oyga chegaralangan stavkalar (soʻmda) |
|||
|
|
Yigʻim turi |
Toshkent shahri |
Nukus shahri, shaharlar - viloyat markazlari |
boshqa shaharlar |
boshqa aholi punktlari |
|
1 |
Alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun undiriladigan yigʻim |
1 200 000 |
840 000 |
600 000 |
300 000 |
|
2 |
Umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun undiriladigan yigʻim
|
600 000 |
420 000 |
300 000 |
150 000 |
Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar boʻlgan davrda umumiy ovqatlanish korхonalari alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun yigʻim toʻlashdan ozod qilingan
. 2021 yil 1 yanvardan boshlab imtiyozning amal qilishi toʻхtatiladi
.
Saida JONIZOQOVA