Nima uchun soliqchilar YaTTdan yuridik shaxs tashkil etishni talab qilishmoqda

preview

Dekabrda ba’zi yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq organlaridan keyinchalik biznesni amalga oshirish uchun yuridik shaxs tashkil etish zarurligi toʻgʻrisida xabarnoma olishdi. Qanday hollarda soliq organi tashkiliy-huquqiy shaklni va soliq rejimini almashtirishni talab qilishi mumkinligini buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ Soliq solish boʻyicha maslahat boshqarmasi boʻlim boshligʻi Ulugʻbek DADAXONOV tushuntirdi:

- DSI tadbirkorlarga bunday xabarnomalarni buning uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda yoʻllashadi.

Jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor boʻlishi mumkin, agar:

  • faoliyat turi Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga toʻgʻri kelsa;
  • yollangan xodimlarning chegaralangan soni normasi buzilmagan boʻlsa .

Agar yakka tartibdagi tadbirkor ushbu mezonlarga toʻgʻri kelmasa, u yuridik shaxs tashkil etishi shart. Bu - har qanday muvaffaqiyatli tadbirkorning muqarrar oqibatidir. Unga YaTT uchun oʻrnatilgan doira torlik qiladi. Keyinchalik rivojlanish, toʻxtab qolmaslik uchun yuridik shaxs tashkil etishiga toʻgʻri keladi.

Aslida tadbirkor oʻz biznesini qayta tashkil etish haqida qaygʻurish payti kelganini oʻzi sezishi kerak. Biroq juda koʻp hollarda kundalik mehnat kunlari ular ushbu jihatni e’tibordan qochiradilar. Ana shunda soliq organlari qonunchilik normalari ijrosini ta’minlash uchun xabarnoma yoʻllab, bu haqda eslatishadi.

Agar tadbirkor soliq organlarining xulosasiga rozi boʻlmasa, unga oʻz nuqtai nazarini asoslashi va tasdiqlovchi hujjatlarni (agar javob soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali joʻnatilsa, skani yoki elektron versiyasi) ilova qilishi yetarli boʻladi.

Tadbirkorlar oʻzlarini oqlagan holda, koʻpincha qat’iy belgilangan summada JShDSdan allaqachon aylanmadan olinadigan  soliqqa oʻtishgani, hatto QQS toʻlashayotganligini yozishadi. Biroq soliq solish tizimini tashkiliy-huquqiy shakl bilan chalkashtirmaslik zarur. Yakka tartibdagi tadbirkor qat’iy belgilangan summada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq, umumbelgilangan soliqlar toʻlovchisi boʻlishi mumkin. Biroq bularning barchasi  uni  07.01.2011 yildagi 6-son VMQ va 31.07.2015 yildagi 219-son VMQ talablariga rioya qilish zaruratidan ozod etmaydi.

Shuni ta’kidlab oʻtishni xohlaymanki, soliq organi faqat yuridik shaxs tashkil etish zarurligini ma’lum qiladi. Barcha qolgan masalalar va bu boradagi qarorlarni tadbirkorning oʻzi mustaqil ravishda qabul qiladi, xususan - tashkiliy-huquqiy shaklni oʻzi tanlaydi. Agar u ilgarigidek oʻz biznesining egasi va rahbari boʻlib qolishni istasa, xususiy korxonani tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Agar hamkorlarni jalb qilish varianti koʻrib chiqilayotgan boʻlsa - bu MChJ yoki AJ boʻlishi mumkin”.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti /oz/publish/doc/text165992_nima_uchun_soliqchilar_yattdan_yuridik_shahs_tashkil_etishni_talab_qilishmoqda