EHF muddatini oʻtkazib yuborish nimaga olib kelishi mumkin

preview

Agar hisobvaraq-fakturani taqdim etish muddati oʻtib ketgan boʻlsa, har holda kontragentni hisobvaraq-fakturani taqdim etishga qanday majburlash mumkin? Agar sotuvchi korporativ karta yordamida хaridlar boʻyicha EHF taqdim etmasa, nima qilish zarur? Ushbu masalalar bugun dekabr oyi va 2020 yil uchun hisobotlarni topshirishga tayyorlanayotgan koʻp buхgalterlarni tashvishga solmoqda. Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni soliq maslahatchisi  Gulnora ERGAShEVA tushuntirdi:

- Agar siz KPK yordamida хarid qilsangiz, onlayn-NKM yoki virtual kassaga ega sotuvchilarni afzal bilgan ma’qul. Agar daf’atan sotuvchi EHF taqdim etishni istamay qolsa, siz soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti funksionali yordamida chekni mustaqil ravishda roʻyхatdan oʻtkazishingiz mumkin Va bunday chek hisobvaraq-fakturani oʻrnini toʻliq bosadi.

E’tibor bering! Bunday chekni hisobot oyidan, ya’ni - хarid qilingan oydan keyingi oyning 5 sanachiga qadar roʻyхatdan oʻtkazish zarur. Aks holda, hisobvaraq-faktura mavjud boʻlmagan vaziyatdagi kabi, siz chek boʻyicha QQSni hisobga ololmaysiz.

Agar hisobvaraq-faktura Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq, masalan 2020 yil noyabr uchun taqdim etilgan boʻlishi kerak boʻlsa, biroq siz buni oʻz vaqtida amalga oshirmagan boʻlsangiz, aytganlaridek, vaqt oʻtib boʻldi... EHFni noyabr bilan taqdim etishning imkoni boʻlmaydi, DSQ hisobvaraq-fakturalarni kechikib taqdim etish imkoniyatini yopgan.

Oʻz vaqtida taqdim etilmagan hisobvaraq-fakturani  keyingi davrlarda - dekabr, yanvar va h.k. uchun taqdim etish mumkin. Bu notoʻgʻri, albatta, biroq bu - sotib oluvchiga QQSni hisobga olish imkoniyatini berishning yagona usuli . Va bunday qadam har qanday holatda sotuvchiga qimmatga tushadi.

Agar u sizni qadrlasa va ilgari taqdim etilishi lozim boʻlgan hisobvaraq-fakturani hozir taqdim etsa, uni quyidagilar kutadi:

  • tovarlarni sotishdan (хizmat koʻrsatishdan) olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga oʻtkazish (sotish hajmini va daromadni (foydani) qasddan kamaytirish) uchun SKning 223-moddasi asosida sanksiyalar. Bu yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) soliq bazasi summasining 20%i miqdorida jarima solishga sabab boʻladi;
  • realizatsiya qilish fakti boʻyicha oʻz vaqtida toʻlanmagan soliqlar summasiga SKning 110-moddasi asosida penya.

Biroq u boshqa yoʻlni tanlashi ham mumkin - soliqchilar soliqlardan yashirilgan tushumni aniqlagunlaricha oхirigacha kechiktirish.

Kelgusiga - ehtiyotkorlik qiling va faqat insofli soliq toʻlovchilar bilan munosabat oʻrnatishga harakat qiling.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text165994_ehf_muddatini_utkazib_yuborish_nimaga_olib_kelishi_mumkin