9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Siz JShDS toʻlash tartibini tanlash huquqiga egamisiz
? 25 yanvardan kechiktirmay doimiy yashash joyi boʻyicha soliq organlariga xabarnoma joʻnatib, unda 2021 yil uchun siz tomondan tanlangan tartibni koʻrsatishni unutmang: deklaratsiya asosida yoki qat’iy belgilangan miqdorda. Aks holda yil yakuniga qadar siz qat’iy belgilangan miqdorda JShDS toʻlaysiz.
Eslatib oʻtamiz, quyidagilar JShDS toʻlash tartibini tanlash huquqiga ega
:
1) Tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan daromadi kalendar yilida 100 mln soʻmdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar. Agar kalendar yilida tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan daromadi belgilangan miqdordan oshsa, YaTT aylanmadan soliq yoxud - QQS va foyda soligʻi toʻlashga oʻtadi;
2) yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslar;
3) yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshirayotgan oila a’zolari;
4) "Hunarmand" uyushmasi a’zolari, hunarmandlar.
Qat’iy belgilangan miqdorda JShDS toʻlovchilar
:
- soliqni har oyda tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 15 sanasidan kechiktirmay toʻlaydilar;
- har bir faoliyat turi boʻyicha soliqni alohida, shu faoliyat turi uchun belgilangan miqdorda toʻlaydilar;
- Turli tartibda JShDS solinadigan daromad turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritadilar;
- daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlarida daromadlarni olish bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishlari shart (tadbirkorlik sub’yekti soliq hisobida turgan joy boʻyicha roʻyxatga olingan daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish kitobi (tovar cheklari kitobi);
- yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik sub’yekti) hisobotlarni soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga hisobot choragidan keyingi oyning 10 kunidan kechiktirmay topshiradi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy belgilangan miqdorda JShDS toʻlash toʻgʻrisida bu yerda batafsil oʻqing.
JShDS toʻlovchilar jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida
:
1) joriy yilning 1 fevralidan kechiktirmay doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromad toʻgʻrisidagi dastlabki deklaratsiyani topshirishlari;
2) hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etishlari;
3) soliqni taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya yoki soliq organining xabarnomasi asosida, daromad olingan oydan keyingi oyning 15 kunigacha har oyda toʻlashlari kerak.
Oleg GAYeVOY