EHFni taqdim etish muddatlari uzaytirildi, hisobot topshirish muddatlari nima boʻladi?

preview

Buxgalter.uz ning “Dekabr uchun hisobvaraq-fakturani taqdim etish muddatlarini yana uzaytirishdi. Har doim shunday boʻladimi?” nomli materialiga faol fikrlar bildirildi. Ijtimoiy tarmoqlarda va “Javob beramiz”ning “bevosita muloqoti” orqali oʻquvchilar hisobvaraq-fakturalarni taqdim etish muddatlarini uzaytirgan holda soliq hisobotlarini topshirish muddatlarini ham uzaytirish lozimligi haqida fikr bildirishdi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA ushbu masala boʻyicha oʻz pozitsiyasini ma’lum qildi:


– Oʻquvchilarning materialga sharhlarida bildirilgan tanqidiy fikr-mulohazalari juda muhimdir. Ular soliq organiga - soliq toʻlovchilarning hamkoriga amaliyotda ushbu masalada muammolar mavjudligini koʻrsatadi.

Sotib oluvchida Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning 63-moddasiga muvofiq har qanday holda hisobvaraq-fakturani koʻrib chiqish uchun 10 kun mavjud. Ushbu muddat u kontragent tomonidan joʻnatilgan paytdan e’tiboran hisoblanadi.

Biroq sotib oluvchi faqat hisobvaraq-faktura Nizomda belgilanganidek, hisobot oyidan keyingi oyning 10 sanasiga qadar taqdim etilgan taqdirda undan toʻliq foydalanishi mumkin. Agar ushbu muddat soliq organlarining qaroriga binoan uzaytirilsa, hisobot topshirish muddatlari esa ilgarigidek qoldirilsa (hisobot oyidan keyingi oyning 20 sanasiga qadar) - sotib oluvchiga hisobvaraq-fakturani koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan vaqt jiddiy qisqaradi. Bu bilan soliq toʻlovchining huquqlari cheklanadi.

Bunda shuni inobatga olish lozimki, sotib oluvchi taqdim etilgan hisobvaraq-fakturaga rozi boʻlmasligi va sotuvchi tomonidan хatolar tuzatilgunga qadar uni rad etishi mumkin.

Sotuvchi ham, sotib oluvchi ham hisobvaraq-faktura boʻyicha barcha masalalar hisobot oyidan keyingi oyning 20 sanasiga qadar hal qilinishidan manfaatdorlar. Bu holda hujjat hisob-kitobga qabul  qilinadi va uning asosida QQSni oʻz davrida hisobga olish mumkin.

Binobarin, EHFni taqdim etishning soʻnggi muddatini koʻchirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan holda, hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlarini qayta koʻrib chiqish - ularni kunlarning bir хil soniga koʻchirish maqsadga muvofiqdir. Ya’ni, agar hisobvaraq-fakturani taqdim etish muddatlari 15 sanaga qadar uzaytirilgan boʻlsa, hisobotni taqdim etish muddatlarini ham 25 sanaga qadar uzaytirish zarur.

Umid qilamanki, buni tushunish bilan qabul qiladilar va keyinchalik muddatlarni koʻchirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilishda buni inobatga oladilar. Va normativ hujjatlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.

Shu bilan birga, men ilgarigidek EHFni taqdim etish muddatlarini cheklash teхnik jihatdan notoʻgʻri deb oʻylayman. Kechiktirganlik uchun moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash ancha maqbul variant deb hisoblayman.

Bunda hisobvaraq-fakturani taqdim etish muddati oʻtkazib yuborilgan taqdirda sotuvchi ushbu muddat oʻtkazib yuborilganligi tufayli ikkala taraf koʻradigan хatarlar boʻyicha barcha majburiyatlarni qabul qilishi qoidasini belgilash adolatli boʻladi. Xususan, hisobvaraq-faktura oʻz vaqtida taqdim etilmagan holda sotuvchiga qoplash summasini oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlash majburiyatini yuklash maqsadga muvofiqdir.

     Oleg GAYeVOY tayyorladi

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text166672_ehfni_taqdim_etish_muddatlari_uzaytirildi_hisobot_topshirish_muddatlari_nima_buladi