Oʻzbekiston rezidentiga chet el valyutasida dividendlar toʻlash mumkinmi

preview

Ilgari valyuta schyotlarida hisobda boʻlgan summalar dividendlar toʻlashga yoʻnaltirilishi mumkin edi . 2020 yil avgustda ushbu qoidalar oʻzgardi . Endi ularda valyuta mablagʻlarini sarflash yoʻnalishlarining yopiq roʻyxati koʻrsatilgan, ularning orasida dividendlar toʻlash mavjud emas.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolni MHXS va boshqaruv hisobi boʻyicha sertifikatlangan mutaxassis, «Profi Training» moliya savodxonligi maktabi biznes-murabbiyi Aleksandra TOLMAChEVA tushuntirdi:


- Korxonaning valyuta mablagʻlarini endi darhol Oʻzbekiston rezidentlari boʻlgan ta’sischilarga dividendlar toʻlashga yoʻnaltirib boʻlmaydi. Dastlab ularni Oʻzbekiston soʻmiga konvertatsiya qilish va shundan keyin dividendlarni toʻlash zarur.

Faraz qilaylik, korxona 2020 yil yakuni boʻyicha 300 000 000 soʻm sof foyda oldi. Yagona ta’sischi - jismoniy shaxs, Oʻzbekiston rezidenti. Korxonaning valyuta schyotida -  $50 000.

2021 yil martda korxona 2020 yil foydasining toʻliq summasini toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Dividendlar toʻlash kunida (09.03.2021 y.):

  • MB kursi: 1 AQSh dollari - 10 497,47 sum;
  • sotishning birja kursi:  1 AQSh dollari -10 440 ,65 soʻm.

Dividendlarning toʻliq summasini toʻlash uchun korxona taxminan $29 000 (300 000 000 : 10 440,65)ni sotishi zarur.

Valyuta soʻmga ayirboshlangandan keyin dividendlarni toʻlash mumkin. Bunda shuni e’tiborga olingki, Oʻzbekiston rezidentlari boʻlgan ta’sischilarning dividendlar tarzidagi daromadlariga toʻlov manbaida 5% stavka boʻyicha dividend soligʻi solinadi.

Buxgalteriya oʻtkazmalari:

Xoʻjalik muomalasining mazmuni

Summa (soʻm)

Schyotlarning bogʻlanishi

Debet

Kredit

AQSh dollarini soʻmga konvertatsiya qilish uchun ariza berish (hisob MB kursi boʻyicha yuritiladi)

304 426 630

($29 000  x 10 497,47)

5530*

5210

AQSh dollarini sotish kursi boʻyicha soʻmga konvertatsiya qilish

302 778 850

($29 000  x 10 440,65)

5110

5530

Valyutani MB kursidan past sotish munosabati bilan kurs farqlari boʻyicha zararni aks ettirish

1 647 780

9620

5530

Tasischi qaroriga muvofiq (qaror qabul qilish kunida) dividendlarni hisoblash

300 000 000

6610

8710

Toʻlov manbaida dividend soligʻini hisoblash

15 000 000

(300 000 000 x 5%)

6610

6410 **

Ta’sischiga dividendlar toʻlash

285 000 000

6610

5110

Dividend soligʻini daromadni toʻlash kunidan kechiktirmay oʻtkazish

15 000 000

6410

5110

* Amaliyotda kompaniyalar oʻzlarining ishchi schyotlar rejasiga chet el valyutasini sotish (masalan, 5530) va uni sotib olish (masalan, 5531) uchun blok-schyotlar kiritishadi.

** Korxona oʻzining ishchi schyotlar rejasiga dividend soligʻini hisobga olish uchun “6400” guruhi schyotlari tarkibida alohida subschyot qoʻshishi mumkin”.

E’tibor bering!

Dividendlarni hisoblash va toʻlash tartibi, shuningdek dividend soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish tartibi haqida bu yerda batafsil oʻqing.

Ushbu masalani moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV va “Norma” eksperti Natalya MEMETOVA qoʻshma tavsiyada tushuntirishgan.

 

Dividendlar va foizlar daromadi soligʻi Oʻzbekistonda: hisoblash, toʻlash dividend soligʻi, foizlar soligʻi, daromad soligʻi, soliq agenti, hisob-kitob Dividendlar va foizlar uchun daromad soligʻi: qanday hisoblanadi, kim toʻlaydi, qanday stavka belgilanadi va soliq agentligi vazifasi nimadan iborat. Jismoniy va yuridik shaxslarga toʻlov, muddatlar, hisobot va soliqdan ozod etish holatlari boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text168235_uzbekiston_rezidentiga_chet_el_valyutasida_dividendlar_tulash_mumkinmi