9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Xaridor yetkazib beruvchidan xaridning muayyan hajmi yoki oʻz vaqtida toʻlov amalga oshirilganligi uchun bonuslar oldi. Ularni qanday hisobga olish va soliq solishni Moliya vazirligi audit va auditorlik faoliyatini tartibga solish metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Sharofitdin HAYDAROV tushuntirdi:
Agar xaridor chegirma olsa
- Bonus yetkazib berish shartnomasi bilan belgilangan TMZni xarid qilish shartlarini bajarganlik uchun xarid qilingan tovarlar qiymatidan chegirma tarzida taqdim etilishi mumkin. Agar chegirma TMZ qabul qilingandan keyin berilsa, u ularning qiymatini kamaytirmaydi, balki moliya-xoʻjalik faoliyati natijalariga, ya’ni - korxonaning daromadlariga kiritiladi
.
Misol. TMZ qabul qilingandan keyin chegirmani aks ettirish
QQS toʻlovchisi boʻlgan xaridor yetkazib beruvchidan umumiy summasi 345 mln soʻmlik tovarlar xarid qildi, shu jumladan QQS - 45 mln soʻm.
Oʻz vaqtida toʻlovni amalga oshirganlik uchun yetkazib beruvchi xaridorga tovarlarni qabul qilgandan keyin 3,45 mln soʻm summada, ya’ni yetkazib berish qiymatining 1%i miqdorida chegirma taqdim etdi.
Xaridorda buxgalteriya hisobi:
|
Xoʻjalik muomalasining mazmuni |
Summa, mln soʻm |
Schyotlarning bogʻlanishi |
|
|
Debet |
Kredit |
||
|
Tovarlar kirim qilindi |
300 |
||
|
QQS aks ettirildi |
45 |
||
|
Tovarlar uchun chegirmani chegirgan holda toʻlov amalga oshirildi (345 – 3,45) |
341,55 |
||
|
TMZ qabul qilingandan keyin olingan chegirma aks ettirildi |
3,45 |
||
E’tibor bering!
Agar xaridor pul mablagʻlari olsa
Yetkazib berish shartnomasi xaridor tomonidan yetkazib beruvchidan xarid qilingan TMZ qiymatidan ortiq pul mablagʻlari tarzida bonus olinishini nazarda tutishi mumki. Bunday bonus - xaridorning boshqa operatsion daromadi.
Misol. Pul mablagʻlari tarzidagi bonusni aks ettirish
QQS toʻlovchisi boʻlgan xaridor yetkazib beruvchidan umumiy summasi 345 mln soʻmlik tovarlar xarid qildi, shu jumladan QQS - 45 mln soʻm.
Yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan xarid hajmiga erishilgani uchun xaridor yetkazib beruvchidan 6,9 mln soʻm summada, ya’ni yetkazib berish qiymatining 2%i miqdorida pul mablagʻlari tarzida bonus oldi.
Xaridorda buxgalteriya hisobi:
|
Xoʻjalik muomalasining mazmuni |
Summa, mln soʻm |
Schyotlarning bogʻlanishi |
|
|
Debet |
Kredit |
||
|
Tovarlar kirim qilindi |
300 |
||
|
QQS aks ettirildi |
45 |
||
|
Tovarlarning qiymati uchun haq toʻlandi |
345 |
||
|
Yetkazib beruvchidan olinishi lozim boʻlgan bonus aks ettirildi |
6,9 |
||
|
Hisobraqamga bonus summasi olindi |
6,9 |
||
Soliq oqibatlari
TMZ qabul qilingandan keyin olingan chegirma yoki pul mablagʻlari tarzidagi bonus xaridorda quyidagilarni hisoblab chiqarishda jami daromad tarkibiga kiritiladi:
yoki
![]()