Jismoniy shaxs UFdagi ulushni norezidentdan sotib olsa

preview

Vaziyat: Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan jismoniy shaxs Oʻzbekistonda doimiy muassasaga ega boʻlmagan norezident yuridik shaxsdan Oʻzbekiston MChJ ustav fondidagi ulushini sotib oladi.

Qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?

Buxgalter.uz tushuntiradi:

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Faraz qilaylik, jismoniy shaxs norezident kompaniyadan Oʻzbekiston MChJ ustav fondidagi ulushini 10 000 AQSh dollariga sotib oladi. Oʻzbekiston norezidenti MChJ roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran uning muassisi hisoblanadi. Ulushning nominal qiymati – 5 000 AQSh dollari.

Jismoniy shaxs soliq agenti sifatida:

1) norezidentning daromadidan 20 foiz stavka boʻyicha foyda soligʻini toʻlashi kerak;

2) UFdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi roʻyxatdan oʻtkazilgunga (rasmiylashtirilgunga) qadar norezidentning daromadlari boʻyicha soliq Hisob-kitobini MChJ roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi soliq organiga taqdim etishi shart.

Soliq summasini qanday hisoblash, hisobotni qaysi valyutada tuzish va mol-mulkni sotib olish qiymati soliq hisobotini tuzish valyutasida ifodalanmagan taqdirda nima qilish kerakligini tavsiyada batafsil tushuntiramiz:

 

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaxslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan xatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text168960_ustav_fondidagi_ulushni_norezidentdan_sotib_olishda_soliq_oqibatlari