DSQ davlat mulkini sotishda QQS qanday hisoblab chiqarilishini tushuntirdi

preview

Oʻzbekistonda davlat mol-mulki sotib olinganda QQS u qoʻllaydigan soliq rejimidan qat’i nazar хaridor tomonidan toʻlanadi. Idora bu holda soliq qanday hisoblab chiqarilishini tushuntirdi:


SKning 256-moddasi 2-qismiga muvofiq Oʻzbekiston hududida davlat mol-mulki realizatsiya qilinganda (berilganda) QQS koʻrsatilgan mol-mulkning хaridori (soliq agenti) tomonidan toʻlanadi.  Soliq bazasi sotib olinayotgan (olinayotgan) davlat mol-mulkining QQS hisobga olinmasdan shartnomada belgilangan qiymati miqdorida aniqlanadi.

Soliq summasi quyidagi formula asosida hisoblanadi: 

Shartnoma boʻyicha narх х 15%

Misol uchun, davlat mulkini auksionga qoʻygan holda sotuvchi uning qiymatini 500 mln soʻm miqdorida belgiladi.

QQS = 500 mln soʻm х 15 % =  75 mln soʻm

Jami, хaridor sotuvchiga 500 mln soʻm va byudjetga – 75 mln soʻm oʻtkazib berishi lozim.

Davlat mulkini sotib oluvchi QQS summasini QQS hisoboti taqdim etilgan va soliq toʻlangandan soʻng hisobga olish huquqiga ega boʻladi.

Agar mol-mulk QQS toʻlovchisi boʻlmagan хaridor tomonidan sotib olingan boʻlsa, QQS summasi sotib olingan

mol-mulkning boshlangʻich qiymatiga kiritiladi.

QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash muddati, davlat mulki sotib olingan oydan keyingi oyning 20-sanasiga qadar belgilangan. 

Manbaga qarang.

E’tibor bering!

Asosiy vositaning boshlangʻich qiymatiga nimani kiritish haqida MF departamenti direktori oʻrinbosari Ibrohim AHMADXONOV va MHXS boʻyicha ekspert Kirill POPADYuKning tavsiyalarida oʻqing.

 

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text169056_dsq_davlat_mulkini_sotishda_qqs_qanday_hisoblab_chiqarilishini_tushuntirdi