9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Agar sotuvchi salbiy tuzatish kiritilayotgan hisobvaraq-fakturani taqdim etish imkoniyatidan foydalansa yoki 29–30 aprelda «yoddan chikkan» EHFni takdim etsa, ilgari taqdim etilgan soliq hisobotiga tuzatish kiritishi kerakligi haqida DSQ eslatib oʻtadi. Bu nimani anglatishini buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirdi:
– Har qanday taqdim etilgan hisobvaraq-faktura sotuvchining ham, xaridorning ham soliq hisob-kitoblariga ta’sir qiladi. Keling, xaridor ham, sotuvchi ham QQS toʻlovchisi boʻlgan vaziyatni misolda koʻrib chiqaylik.
Agar salbiy qiymati koʻrsatilgan tuzatilgan yoki qoʻshimcha hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilsa, sotuvchining tushumi (soliq solinadigan bazasi), xaridorda esa – hisobga olingan summasi kamayadi. Bu holda, byudjetga ortiqcha hisobga olish uchun qabul qilingan summalarni toʻlashi kerak boʻlgan xaridor e’tiborli boʻlishi kerak.
29-30 aprel kunlari EHF tizimida oʻz vaqtida taqdim etilmagan hisobvaraq-fakturalar kiritilgandan keyin, sotuvchilarda tushum koʻpayadi. Binobarin, ular toʻlashlari kerak boʻlgan soliq solinadigan bazaga ega boʻladilar. Ayni paytda, ularning xaridorlari yangi summalarni hisobga olish huquqiga ega boʻladilar.
Hisob-kitoblar joriy soliq davriga emas, balki oxirgi 12 oydan biriga taalluqli boʻlgan vaziyatda buxgalterga qiyinroq boʻladi. Ular nafaqat hisobvaraq-faktura chiqarilgan oy uchun, balki keyingi barcha oylar uchun hisob-kitoblarni qayta tiklashlari kerak boʻladi.
Moliya vazirligining yetakchi mutaxassislari va «Norma» ekspertlarining kuyidagi mavzular boʻyicha tavsiyalarini Buxgalter.uz tavsiya qiladi:
- QQS boʻyicha soliq bazasiga qachon tuzatish kiritish mumkin;
- Hisobga kiritilgan QQSga qanday tuzatish kiritish mumkin;
- Qachon jami daromadga tuzatish kiritish zarur;
- Foyda soligʻini hisob-kitobi qanday tuziladi.
Oleg GAYeVOY tayyorladi