Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
1 maydan boshlab QQS toʻlovchilar ular foydalanadigan QQS boʻyicha imtiyozlarni koʻrsatadilar. Shuningdek, bir tomonlama EHFning yangi turlari joriy etiladi. Buxgalter.uz qanday sozlashlarni amalga oshirish va yangiliklar bilan qanday ishlashni DSQda aniqlashtirdi:
1. Imtiyozga ega boʻlganlar hisobvaraq-fakturalarni shakllantirishda EHFning har bir satrida “QQSsiz” va “0 stavka”ni tanlagan holda imtiyozni koʻrsatishlari kerak:

Bu imtiyozlar soliq hisobotini shakllantirishda avtomatik tarzda aks ettirilishi uchun zarur.
Zarur sozlashlarni qanday amalga oshirish haqida biz bu yerda batafsil yozganmiz.
2. Bir tomonlama EHFning yangi turlari joriy etilmoqda:
- хizmatlar eksporti (Oʻzbekiston Respublikasi hududida);
- хizmatlar eksporti (Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida);
- bozor narхidan past narхda realizatsiya qilish;
- bojхona narхidan past narхda realizatsiya qilish.
Bir tomonlama EHFni shakllantirishda hisobvaraq-fakturaning tegishli turini tanlash zarur. Bir tomonlama EHFni shakllantirishning qolgan barcha bosqichlari ilgarigidek qoldi.

Manbaga bu yerda va bu yerda qarang.
Oleg GAYeVOY tayyorladi