MTB ishtirokchilariga tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish chogʻida QQS

preview

Yuridik shaxslar - Oʻzbekistonning rezidentlari va norezidentlari mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiladilar.   Moliya vazirligi va DSQning ushbu holatlarda  QQS solish tartibi toʻgʻrisidagi Tushuntirish xaqida Moliya vazirligining bilvosita soliqlar va bojxona toʻlovlari metodologiyasi boʻlimi boshligʻi  Bahodir BOYQABILOV maxsus buxgalter.uz  uchun quyidagilarni soʻzlab berdi:


– Mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilari (MTB) – bitimda koʻrsatilgan yer qa’ri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni qazib olish  uchun mutlaq  huquqlarga ega boʻlgan chet el korxonalari.

MTB ishtirokchilariga tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmalariga  QQS solinadimi? Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining qabul qilinishi bilan bu masalada nimalar oʻzgardi?


1.
MTB ishtirokchilariga Oʻzbekiston rezidentlari tomonidan taqdim etiladigan tovarlar (xizmatlar)

  • 2020 yilgacha investorlarga va (yoki) mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan operatorlarga yuridik shaxslar - Oʻzbekistonning rezidentlari tomonidan beriladigan tovarlarga (bajariladigan ishlarga, koʻrsatiladigan xizmatlarga) nol darajali stavka boʻyicha QQS solingan edi .
  • 2020 yildan boshlab mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida agar u nol darajali stavka qoʻllanilishi nazarda tutilgan boʻlsa. . 


2.
 Oʻzbekistonning norezidentlari tomonidan DMga bogʻliq boʻlmagan MTB ishtirokchilariga koʻrsatiladigan xizmatlar

  • 2020 yilgacha Oʻzbekiston norezidenti tomonidan taqdim etilgan ishlar, xizmatlar, agar  realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston boʻlsa, ularni oluvchiga soliq solingan

Shunday qilib, ushbu vaziyatda QQS yuzaga kelmadi, chunki xizmatlarni yetkazib berish boʻyicha bitimlarning ikkala tomoni ham QQS toʻlovchi boʻlmagan hisoblanadi  

  • 2020 yildan boshlab tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar-norezidentlar QQS toʻlovchilari deb hisoblanadi .

Agar yuridik shaxslar-norezidentlar soliq toʻlovchilar sifatida soliq organlarida hisobda turmagan boʻlsa, QQS boʻyicha soliq bazasi soliq agentlari tomonidan aniqlanadi SK 255-m. 1-q..  Bunday holda bu – MTB ishtirokchilari.

MTB ishtirokchilari uchun 2020 yilgacha nazarda tutilgan soliq solish tartibi 2020 yilning 31 dekabrgacha saqlab qolindi. Shu sababli norezidentlardan xizmatlarni xarid qilib oladigan MTB ishtirokchisi QQS toʻlamaydi  


3. DM orqali ish olib boruvchi Oʻzbekistonning norezidentlari tomonidan
MTB ishtirokchilariga taqdim etiladigan tovarlar (xizmatlar)

  • 2020 yilgacha DM QQS toʻlovchisi boʻlmagan, tegishincha, DM orqali faoliyat yuritayotgan  norezidentlarning tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasiga QQSga solinmagan.
  • 2020 yildan boshlab doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi norezidentlar – QQS  toʻlovchilari. Shu bilan birga, 2020 yilgacha amal qiluvchi MTB ishtirokchilari uchun soliqqa tortish tartibini saqlashni hisobga olgan holda, DM orqali ishlaydigan norezidentlar tomonidan ularga tovarlarni (xizmatlarni) topshirishga ham QQSga solinmaydi.

Yuqoridagi  vaziyatlarni koʻrgazmali jadval shaklida taqdim etamiz:

 

 2020 yilgacha

 2020 yildan boshlab

QQS

Asos

QQS

Asos

MTB ishtirokchilariga Oʻzbekiston rezidentlari tomonidan taqdim etiladigan tovarlar (xizmatlar)

nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadi

2007 yil tahriridagi SK 256-m. 3-q., 4-b

nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadi 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

MVning 17.09.2020 yildagi  06/04-01-02-32/2197-son tushuntirish xati.

Oʻzbekistonning norezidentlari tomonidan DMga bogʻliq boʻlmagan MTB ishtirokchilariga koʻrsatiladigan xizmatlar

Solinmaydi

2007 yil tahriridagi SK 207-m. 1-q. , 2007 yil tahriridagi SK 256-m. 1-q.

Solinmaydi

DM orqali ish olib boruvchi Oʻzbekistonning norezidentlari tomonidan MTB ishtirokchilariga taqdim etiladigan tovarlar (xizmatlar)

Solinmaydi

2007 yil tahriridagi NK

Solinmaydi

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text169401_mtb_ishtirokchilariga_tovarlarni_hizmatlarni_realizaciya_qilish_chogida_qqs1