Xom ashyo qarzga berilsa...

preview

“Bizda - uzluksiz siklli ishlab chiqarishga ega yirik korxona. Xom ashyo zaxirasi har doim mavjud boʻlishi kerak. Agar u yetarli boʻlmasa, qarzga soʻrashimizga toʻgʻri keladi. Koʻpincha shunday boʻladiki, tovarning qarzini bitta narx boʻyicha olamiz, tovarni esa narx oʻsganligini hisobga olgan holda 10-20% yuqori narx boʻyicha qaytarishga toʻgʻri keladi. Ushbu vaziyat buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi? Biz va bizga qarz beruvchi - QQS toʻlovchisi”.

Savolga buxgalter.uz eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:


- QQSni hisoblab chiqarishda TMZni qarz shartnomasi boʻyicha oʻtkazish tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma hisoblanadi . Sizning holda qarz beruvchi ham (TMZni qarzga oʻtkazishda), qarz oluvchi ham (TMZni qarz beruvchiga qaytarishda) bir-biriga QQSni koʻrsatgan holda hisobvaraq-fakturalar taqdim etishi shart. Ushbu QQSni:

  • qabul qiluvchi tomon hisobga olishi kerak ;
  • oʻtkazuvchi tomon - byudjetga toʻlanishi uchun hisoblashi kerak.

Tovarning qarz shartnomasiga asosan qarz oluvchi qarz beruvchiga qarzga olingan TMZning xili, sifati va miqdoriga baravar TMZni (qarz summasini) qaytarib berishi kerak .

Shuni inobatga olish joizki, QQS hisob-kitobida qaytariladigan TMZning bozor qiymati hisobga olinishi kerak .

Shu tariqa, agar siz qaytarish uchun xom ashyoni ancha yuqori narxda sotib olgan boʻlsangiz, qarzni qaytarishda taqdim etiladigan hisobvaraq-fakturada siz shunga qaramay qaytarilayotgan xom ashyoning narxini va QQS summasini qarz shartnomasi shartlariga muvofiq koʻrsatasiz. QQS boʻyicha hisobotda esa siz bozor qiymatini hisobga olishingiz kerak, sizning holda - qaytariladigan xom ashyoning sotib olish tannarxi.

Misol

Sotib olishning ancha yuqori qiymatida qarzga olingan TMZni qaytarish

 

QQS toʻlovchisi boʻlgan qarz beruvchi QQS toʻlovchisi boʻlgan qarz oluvchiga qisqa muddatli qarz shartnomasi boʻyicha QQS bilan 1 150 000 soʻmlik materiallarni oʻtkazdi.

Qarz shartnomasida belgilangan muddatlarda qarz oluvchi QQS bilan 1 150 000 soʻmlik xuddi shu materiallarni qaytardi. Materiallar qarz oluvchiga QQS bilan 1 380 000 soʻmga tushdi.

Qarz beruvchining buxgalteriya oʻtkazmalari va hisob-kitoblari 1-jadvalda keltirilgan, qarz oluvchiniki esa - 2-jadvalda.

Koʻrish mumkinki, qarz beruvchida mazkur muomala boʻyicha daromadlar ham, xarajatlar ham yuzaga kelmaydi - faqat QQS toʻlash boʻyicha vaqtincha tafovut: dastlab u byudjetga toʻlanadi (hisoblanadi), qarz qaytarilgandan keyin esa hisobga olish yoʻli bilan qaytariladi.

Qarz oluvchida 230 ming soʻm (200 + 30) zarar yuzaga keladi.

1-jadval

Bosqichlar

Xoʻjalik muomalasining nomi

Schyotlarning bogʻlanishi

Summa

QQS boʻyicha elektron hisobotda aks ettirish

Debet

Kredit

Qarz oʻtkazildi

TMZni oʻtkazish aks ettirildi

5830

9220

1 000 000

QQS hisob-kitobiga 1-ilovada: 0108 (01081, 010811)-satrda:

–3-ustunda – 1 000 000 soʻm;

–4-ustunda – 150 000 soʻm.

QQS hisob-kitobiga 5-ilovada:

–6-ustunda – 1 000 000 soʻm;

–7-ustunda – 150 000 soʻm;

– 8-ustunda – 1 150 000 soʻm.

QQS hisoblandi

(1 000 000 soʻm x 15%)

5830

6410

150 000

Oʻtkazilgan TMZning tannarxi hisobdan chiqarildi

9220

1010 (1090)

1 000 000

Qarz qaytarildi

Ilgari qarzga berilgan TMZning qaytarilishi aks ettirildi

1010

(1090)

5830

1 000 000

QQS hisob-kitobiga 4-ilovada:

–6-ustunda – 1 000 000 soʻm;

–7-ustunda – 150 000 soʻm.

Qaytarilgan TMZ boʻyicha QQS aks ettirildi

4410

5830

150 000

2-jadval

Bosqichlar

Xoʻjalik muomalasining nomi

Schyotlarning bogʻlanishi

Summa

QQS boʻyicha elektron hisobotda aks ettirish

Debet

Kredit

Qarz olindi

TMZ olindi va kirim qilindi

1010 (1090)

6820

1 000 000

QQS hisob-kitobiga 4-ilovada:

– 6-ustunda – 1 000 000 soʻm;

– 7-ustunda – 150 000 soʻm.

Olingan TMZ boʻyicha QQS summasi aks ettirildi

4410

6820

150 000

Qarz qaytarildi

Qarz shartnomasi boʻyicha TMZning qaytarilishi aks ettirildi

6820

9220

1 000 000

QQS hisob-kitobiga 1-ilovada:
0108 (01081, 010811)-satrda:

– 3-ustunda – 1 000 000 soʻm;

– 4-ustunda – 150 000 soʻm;

0103-satrda:

– 3-ustunda – 200 000 soʻm;

– 4-ustunda – 30 000 soʻm.

QQS hisob-kitobiga 5-ilovada:

– 6-ustunda – 1 000 000 soʻm;

– 7-ustunda – 150 000 soʻm;

–8-ustunda – 1 150 000 soʻm.

Hisobvaraq-fakturaga asosan QQS hisoblandi

6820

6410

150 000

Qaytarilayotgan TMZning tannarxi hisobdan chiqarildi

9220

1010 (1090)

1 200 000

TMZning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar aks ettirildi

9430

9220

200 000

Qaytarilayotgan TMZ tannarxi va ularning qarz shartnomasiga asosan qiymati oʻrtasidagi farq summasiga QQS hisoblandi

(200 000 soʻm x 15%)

9430

6410

30 000

 

 

TMZ TMZ TMZ /oz/publish/doc/text169567_hom_ashe_qarzga_berilsa