Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
“Korxona respublika "Mahalla" xayriya fondidan kambagʻal pensionerlarga yordam berish - ular uchun oziq-ovqat mahsulotlari va santexnikani tuzatish uchun qurilish materiallari xarid qilish soʻralgan xatni oldi. Biz bunday yordamga oʻtgan yildagi kabi soliqlar solmadik. Endi oʻylanib qoldik, balki soliq solish zarur boʻlgandir? Va bunday yordamga aynan qanday soliqlar solinadi?”.
Savollarga buxgalter.uz eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:
- Soliq kodeksi metsenatlik faoliyati uchun imtiyozlarni nazarda tutadi. Moddiy qimmatliklarni “Mahalla” jamgʻarmasiga oʻtkazish metsenatlikka kirmaydi.
Metsenatlik (metsenatlik faoliyati) - madaniyat va san’at, shuningdek ilm-fan, ta’lim, ma’rifat hamda madaniyat va san’atni rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa faoliyat sohasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan homiylik faoliyati.
Metsenatlik koʻmagi - metsenatlik faoliyati doirasida metsenatlar tomonidan begʻaraz yoki imtiyozli shartlar asosida metsenatlik koʻmagini oluvchilarga beriladigan mol-mulk, shuningdek ular uchun bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan xizmatlar va qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlari
.
2020 yilda karantin davrida koʻp xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar "Mahalla", "Saxovat va koʻmak", "Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik" jamoat fondlariga pul mablagʻlari va tovarlarni (xizmatlar koʻrsatish) begʻaraz berishdi. 2020 yil 1 apreldan 2020 yil 31 dekabrga qadar ushbu maqsadlarda berilgan pul mablagʻlari va tovarlar (xizmatlar)ga foyda soligʻini hisoblashda chegiriladigan xarajatlar sifatida qaralgan. Tovarlar (xizmatlar) QQSdan ozod qilingan va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq solish ob’yektiga kiritilmagan. Shuningdek, bunday begʻaraz yordam mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaxslar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolarning daromadi sifatida qaralmagan
. Biz bu yerda bu haqda batafsil yozganmiz.
Ushbu preferensiyalar 2020 yil uchun Prezidentning farmonlari bilan nazarda tutilgan, 2021 yilda esa SK normalari amal qilmoqda.
Agar korxona "Mahalla" fondiga pul mablagʻlari bilan yordam koʻrsatgan boʻlsa, unda JShDS boʻyicha soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi. Misol uchun, siz fondning hisobvaragʻiga mablagʻlar oʻtkazdingiz, ya’ni xayriya yordami koʻrsatdingiz. Bu yordam - maqsadli ekanligi bois (kam ta’minlangan oilalarga yordam), fond sizning oldingizda mablagʻlar shartlashilgan maqsadlar uchun sarf etilganligi toʻgʻrisida hisobot berdi.
Bunda jismoniy shaxslar baribir daromad olishdi
. Bunday daromad jismoniy shaxslarning jami daromadiga kiritilmaydi
. Bunda SK bunday yordamning imtiyozli mezonini belgilaydi: “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya va ekologiya jamgʻarmalari tomonidan soliq toʻlovchilarga beriladigan nafaqalar, shuningdek pul mablagʻlari tarzidagi yordamning boshqa turlariga JShDS solinmaydi, biroq soliq davri mobaynida 15 mln soʻmdan oshmagan holda
.
Agarda siz zarur oziq-ovqatlar va qurilish materiallarini oʻzingiz xarid qilib, ularni toʻgʻridan-toʻgʻri kambagʻal oilalarga bergan boʻlsangiz, bu yerda barchasi murakkabroq...
SK nuqtai nazaridan ushbu vaziyatda siz - soliq agenti, jismoniy shaxslar (pensionarlar) esa sizdan moddiy naf tarzidagi daromad olishgan
. Tegishincha, JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobiga 6-ilovani toʻldirish uchun siz ularga xayriya yordamini berish chogʻida ulardan ularning STIR, ShJBPH (JShShIR)ni soʻrab olib, JShDS ushlab qolishingiz kerak boʻlgan.
Bunday yordamga ijtimoiy soliq solinmaydi, sababi mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadga kirmaydi
.
Biroq bu hali hammasi emas. Bunday vaziyatda sizda aylanmadan olinadigan soliq va QQS boʻyicha soliq oqibatlari yuzaga keladi
. QQS boʻyicha soliq bazasi berilayotgan tovarlarning bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi
. QQS boʻyicha soliq bazasini tovarlarning bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlash tartibi maxsus Nizom bilan belgilangan.
Bunday mahsulotlar va qurilish materiallarini xarid qilishda siz “kiruvchi” QQSni hisobga olishga haqlisiz
. Bu holda tovarlardan shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanilmaydi, ularga boʻlgan mulk huquqi oluvchilarga oʻtkaziladi. Bunda ularni oʻtkazish - bu QQS solish maqsadlarida realizatsiya qilish boʻyicha aylanma.
Shu tariqa, kelgusi uchun: qachon sizning korxonangiz turli xayriya fondlaridan shunga oʻxshash xatlarni olsa, agar bu metsenatlik faoliyatiga kirmasa, yuqorida sanab oʻtilgan SK normalarini hisobga olish zarur.
Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olgan holda:
- JShDS va ijtimoiy soliq, foyda soligʻi, QQS boʻyicha soliq hisobotlarini qayta topshiring;
- ushbu soliqlarni qoʻshimcha hisoblang va penyani hisobga olgan holda toʻlang. Agar siz qoʻshimcha hisoblangan soliqlar summalarini toʻlashda penyani hisobga olmasangiz, u sizda chegirilmaydigan xarajatlarga tushadi
”.
![]()