Agar kontragent tuzatilgan hisobvaraq-fakturani imzolamasa

preview

Rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturada хato aniqlandi. Tuzatilgan hisobvaraq-faktura taqdim etildi, biroq kontragent uni imzolamyapti. Tuzatilgan hisobvaraq-fakturalarga nisbatan 10 kun davomida imzolanmagan hujjat avtomatik tarzda qabul qilinadigan va Hisob-kitobda hisobga olinadigan qoida amal qiladimi?

Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ huzuridagi “Yangi teхnologiyalar” IAM EHF boʻlimi boshligʻi Nodir MUHAMMADOV tushuntirdi:

 

- Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning 63-bandida: agar EHF 10 kun ichida tasdiqlanmasa yoki rad etilmasa, u tasdiqlangan hisoblanadi, deyilgan.

Amaliyotda bu hisobvaraq-faktura joʻnatilgan paytdan e’tiboran sotuvchida sotishlar reyestrida aks ettirilishini anglatadi. Biroq u sotib oluvchida u uni tasdiqlamagunga qadar aks ettirilmaydi. Bundan tashqari, 10 kun oʻtgandan keyin sotib oluvchi bunday hisobvaraq-fakturani faqat tasdiqlashi mumkin boʻladi, unda uni rad etish imkoniyati mavjud boʻlmaydi.

Ushbu qoida tuzatilgan hisobvaraq-fakturalarga nisbatan ham amal qiladi. Biroq tuzatilgan hisobvaraq-fakturani uni rasmiylashtirish uchun oʻzaro rozilik boʻlganda va sotib oluvchi uni taqdim etilgan paytdan e’tiboran 10 kunlik muddatda koʻrib chiqishga tayyor boʻlganda rasmiylashtirgan ma’qul.

Agar tuzatilgan hujjat 10 kun davomida imzolanmay qolsa, u ham qabul qilingan hisoblanadi va Hisob-kitobda hisobga olinadi. Biroq bu holda sotuvchida soliq boʻyicha hisob-kitobning sotishlar reyestrida ayni bir realizatsiya ikki marta aks ettiriladi. Va bu sotishlar hajmining sun’iy ravishda oshirilishiga olib keladi.

Sotib oluvchida imzolanmagan tuzatilgan hisobvaraq-faktura hisob-kitoblarda aks ettirilmaydi. Va 10 kun oʻtgandan keyin unda ushbu hujjatni rad etish imkoniyati boʻlmaydi.

Ushbu anglashilmovchiliklarni oldini olish uchun tuzatilgan ikki tomonlama hisobvaraq-faktura tomonlarning oʻzaro roziligi bilan rasmiylashtirilishi kerak, uni rasmiylashtirishning barcha tartib-taomili qat’iy belgilangan muddatlarda oʻtkazilishi kerak.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text170560_agar_kontragent_tuzatilgan_hisobvaraq-fakturani_imzolamasa