Xizmat safariga - turistik yoʻllanma boʻyicha

preview

Tashkilot xodimni konferensiyada ishtirok etish uchun xorijiy xizmat safariga joʻnatdi. Konferensiya mavzusi tashkilot faoliyati sohasiga toʻgʻri keladi. Shu maqsadda tashkilot turistik firma bilan shartnoma tuzdi. Shartnoma shartlariga binoan safarni turistik firma tashkil etishi belgilangan. U parvoz, turar joy ijarasi, sugʻurta boʻyicha xarajatlarni amalga oshiradi, tashkilot esa ushbu xarajatlarni qoplaydi. Turoperator bilan shartnomada xarajatlar moddalar boʻyicha ajratilmagan, ya’ni parvoz yoki yashash uchun aniq summalarni aniqlashning imkoni yoʻq. Tashkilot soliq solish maqsadlari uchun koʻrsatilgan xarajatlarni xizmat safariga xarajatlar tarkibiga kiritishi mumkinmi?


Xizmat safari - bu shtatdagi ishchini tashkilot rahbarini farmoyishi boʻyicha, oʻzining doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirigʻini bajarish uchun boshqa joyga, ma’lum bir muddatga yuborilishi .

Xizmat safariga xarajatlarni foyda soligʻi hisob-kitobida chegiriladigan xarajatlarga kiritish uchun ular iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlagan boʻlishi kerak . Aynan:

  • daromad olishga qaratilgan faoliyat bilan bogʻliq boʻlsa. Masalan, xizmat safari muzokaralar yoki yetkazib beruvchilar bilan kontrakt tuzish maqsadida qilingan;
  • tadbirkorlik faoliyatini saqlab turish yoki rivojlantirish uchun zarur boʻlsa va ushbu faoliyat bilan aloqasi aniq asoslangan boʻlsa. Misol uchun, xizmat safari - ishlab chiqarilayotgan mahsulotni taqdimot qilish, tarmoq koʻrgazmasida ishtirok etish uchun va h.k.

Xizmat safari xarajatlari hujjat bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Buning uchun tashkilot rahbari tomonidan buyruq chiqariladi va xizmat safari reja-topshirigʻi tasdiqlanadi . Borgandan keyin xizmat safariga yuborilgan xodim boʻnak hisobotini va  vakillik xarajatlari boʻyicha alohida hisobot tuzadi. Xizmat safari xarajatlari me’yorlari (shu jumladan - 2730-son Nizomga 1-ilovada belgilangan eng yuqori me’yordan oshigʻi tasdiqlangan  va lokal hujjalarga (masalan, jamoa shartnomasiga) kiritilgan boʻlishi kerak.

Xodimni xorijga xizmat safariga yuborishda quyidagi xarajatlar xizmat safari xarajatlari deb e’tirof etiladi va qoplab beriladi:

  • sutkalik xarajatlar;
  • yashash uchun (turar joy ijarasi boʻyicha) xarajatlar;
  • transport xarajatlari;
  • vakillik xarajatlari;
  • koʻzda tutilmagan xarajatlar;
  • 2730-son Nizomga muvofiq qoplanishi lozim boʻlgan xizmat safarining boshqa xarajatlari.

Agar tashkilot oʻz xodimini xorijiy xizmat safariga joʻnatgan holda ushbu maqsadlar uchun turistik yoʻllanma xarid qilsa, taqdim etilgan hujjatlarda alohida xizmatlar batafsil sanab oʻtilishi kerak. Aynan: transfert, yashash qiymati, sugʻurta xarajatlari (boriladigan mamlakatga kirish uchun majburiy boʻlgan). Bu holda xizmat safari xarajatlariga kiritiladigan amalga oshirilgan xarajatlarni tashkilotning chegiriladigan xarajatlariga kiritish mumkin.

Tashkilot turoperatordan xarajatlar yoyilmasini soʻrab olishi mumkin. U boʻlmaganda turistik yoʻllanma xodim uchun moddiy naf tarzidagi daromad boʻladi, korxona uchun esa turistik yoʻllanma uchun xarajatlar foyda soligʻi hisob-kitobida chegirilmaydigan xarajatlar boʻladi .


Agar turoperator yoyilmani bergan boʻlsa

Transfert haqiqiy xarajatlar boʻyicha ular tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi sharti bilan toʻlanadi . Agar turistik yoʻllanmaga  yoyilmada aviachipta (t/y chiptasi) qiymati koʻrsatilgan boʻlsa, xorijiy davlat hududida aeroport (vokzal, pristan), agar ular aholi punktidan tashqarida yoki boshqa aholi punktida joylashgan boʻlsa, yashash joyigacha borish va orqaga qaytish boʻyicha yoʻl xarajatlari - ularni tashkilotning xarajatlariga kiritish mumkin. Xizmat safari iqtisodiy jihatdan oʻzina oqlasa, bunday xarajatlarni foyda soligʻi hisob-kitobida chegiriladigan xarajatlarga kiritish mumkin.

Yashash uchun xarajatlarning eng yuqori me’yorlari 2730-son Nizomga 1-ilovada belgilangan. Lokal hujjatlar bilan eng yuqori me’yorlarga qoʻshimcha toʻlovlar belgilanishi mumkin, agar korxonada majburiyatlardan ozod boʻlgan oʻzining valyuta mablagʻlari mavjud boʻlsa . Yashash uchun xarajatlarni korxonada tasdiqlangan me’yorlar doirasida chegiriladigan xarajatlarga kiritish mumkin. Korxonada belgilangan me’yorlardan oshadigan summa chegirilmaydigan xarajatlarga kiradi va xodim uchun moddiy naf tarzidagi daromad hisoblanadi  .

Turoperator tomonidan hujjat bilan tasdiqlangan sugʻurta xarajatlarini toʻliq hajmda korxonaning chegiriladigan xarajatlariga kiritish mumkin  .  


Agar turistik yoʻllanma tarkibiga ovqatlanish kirsa?

Xizmat safarida boʻlishning har bir kuni uchun, jumladan borish va qaytish kunlari uchun xizmat safariga yuborilgan xodim uchun sutkalik toʻlanadi. Sutkalikning eng yuqori miqdorlari 2730-son Nizomga 1-ilovada belgilangan. Bunda korxona majburiyatlardan ozod boʻlgan oʻzining valyuta mablagʻlari mavjud boʻlsa, sutkalikni katta miqdorda belgilashga haqli. Ovqatlanish va boshqa shaxsiy xizmatlar (mini-bar, kabel televideniyasi, kiyimlarni yuvdirish va dazmollatish va boshqalar) uchun xarajatlar summasi, shu jumladan yashash uchun toʻlov schyotlariga kiritilgan xarajatlar xizmat safariga yuborilgan shaxs tomonidan sutkalik xarajatlar hisobidan toʻlanadi . 

Odatda turistik yoʻllanma, kamida, mehmonxonada nonushta, ayrim hollarda esa - kompleks ovqatlanishni oʻz ichiga oladi. Agar ushbu xarajatlarni ajratish mumkin boʻlsa, ularni sutkalik xarajatlar tarkibiga kiriting.

Turistik yoʻllanmaning qolgan qiymatini, transfer, yashash, sugʻurta xarajatlari va ovqatlanish (sutkalik xarajatlar tarkibida) xizmat safariga yuborilgan xodimning moddiy naf tarzidagi daromadi hisoblanadi va foyda soligʻi hisob-kitobida chegirilmaydi  .

Viktoriya BEZGINA,

 “Norma” eksperti

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaxslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan xatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text170598_hizmat_safariga_-_turistik_yullanma_buyicha